Baqoev Olim Atoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak  mutaxassislarning  malakaviy amaliyotlarini  tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirish, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5315.
Ilmiy rahbar: Avliyaqulov Abdurashit Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01.  
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xolmuhamedov Murodullo Mahmudovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazishning shaxsga yo‘naltirilgan, amaliy yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy metodologik yondashuv va ko‘rgazmalilik, uzviylik va uzlyuksizlik, integrativ tamoyillar asosida pedagogik va didaktik shart sharoitlari aniqlangan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislarning  malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish  modeli maqsadli, tashkiliy, mazmunli, tahliliy va baholash bloklari tizimlashtirilgan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarda “case study”, 3 “W”, “Mentoring” va “Problem-Based Learning” ta’limiy metodlar asosida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish darajasi aniqlangan va uning baholash mezonlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini  tashkil etish va o‘tkazishning shaxsga yo‘naltirilgan, amaliy yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy metodologik yondashuv va ko‘rgazmalilik, uzviylik va uzlyuksizlik, integrativ tamoyillar asosida pedagogik va didaktik shart-sharoitlari aniqlashga doir takliflar “Malakaviy amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish” yo‘riqnomasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 29-dekabrdagi 02/02-01-637-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur, takliflar kasbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish va o‘tkazishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish modeli maqsadli, tashkiliy, mazmunli, tahliliy va baholash bloklari tizimlashtirilgan holda takomillashtish bo‘yicha tavsiyalar “Malakaviy amaliyot” qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 29-dekabrdagi 02/02-01-637-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifati oshishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarda “case study”, 3 “W”, “Mentoring” va “Problem-Based Learning”  ta’limiy metodlar asosida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi 2023-2025 yillarda amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaning 2025-yil 29-dekabrdagi 02/02-01-637-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha didaktik ta’minoti  takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish  darajasi va uning baholash mezonlari “Malakaviy amaliyot” kundaligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaning 2025-yil 29-dekabrdagi 02/02-01-637-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish