Musaev Shaxobiddin Sharofiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosida ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy prinsiplari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2013. 
Ilmiy rahbar: Saidov Halim Omonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistikasi va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston   jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Isomiddinov Zuhriddin, filologiya fanlari nomzodi; Olimov Farruxbek Sultonmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini yoritishda ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning til siyosatini amalga oshirishdagi o‘rni va kommunikativ imkoniyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish, shuningdek, OAVda davlat tiliga oid axborotni yoritishning samarali mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
empirik-diskursiv va statistik tahlil natijasida zamonaviy medianing tildagi leksik-semantik, funksional-uslubiy yangilanishlarni, jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlarini aks ettiruvchi normativ-kommunikativ modeli ekanligi aniqlangan;
til siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining maqolalar, polemik munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi deliberativ muloqotning faollashishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi ijtimoiy rezonans mexanizmi isbotlangan;
“Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta’minlashda ijtimoiy fikrni konstruksiyalash, davlat institutlarini amaliy-huquqiy choralar ko‘rishga motivatsiyalash samaradorligi mediakontentda janrlar diversifikatsiyasi, gibridlashuvi va raqamli transformatsiyasi aspektlariga bog‘liqligi isbotlangan;
o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy maqomini mustahkamlash bilan bog‘liq mediadiskursning milliy birlikka tahdid nuqtalarini g‘oyaviy-konseptual o‘rganish asosida davlat tili siyosatini yoritish bo‘yicha xolislik, internatsionalizm, ijtimoiy-kommunikativ mas’uliyat prinsiplariga tayanuvchi axborot konsepsiyasi zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosida ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy prinsiplarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar asosida:
empirik-diskursiv va statistik tahlil natijasida aniqlangan zamonaviy medianing tildagi leksik-semantik, funksional-uslubiy yangilanishlarni, jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlarini aks ettiruvchi normativ-kommunikativ model ekanligi haqidagi fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2026-yil 3-martdagi 24-23-04-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirish choralarini ko‘rish, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish kabi vazifalarni bajarishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish strategiyasi nazariy xulosalar bilan muvofiqlashtirilgan;
til siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining maqolalar, polemik munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi deliberativ muloqotning faollashishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi ijtimoiy rezonans mexanizmiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan ishonchli va sifatli axborot makonini shakllantirish ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining 2026-yil 3-martdagi 01-01-16-130-son ma’lumotnomasi). Natijada tilga oid mavzular bo‘yicha kontent-strategiya ishlab chiqish, tahliliy va multimediaviy materiallar tayyorlash amaliyotini takomillashtirish, davlat organlari va mediakanallar o‘rtasida axborot hamkorligi mexanizmini yoʻlga qo‘yish hamda jamoatchilik bilan tizimli va ochiq kommunikatsiyani taʼminlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishga erishilgan;
“Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta’minlashda ijtimoiy fikrni konstruksiyalash, shuningdek, davlat institutlarini amaliy-huquqiy choralar ko‘rishga motivatsiyalash samaradorligi mediakontentda janrlar diversifikatsiyasi, gibridlashuvi va raqamli transformatsiyasi aspektlariga bog‘liqligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “Ma’rifat” gazetasi va saytida til mavzusiga oid materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 4-martdagi 04-37-731-son ma’lumotnomasi). Natijada til siyosatini amalga oshirish doirasida e’lon qilingan maqolalarning janr nuqtayi nazaridan rang-barangligi, axborotni yangi multimediaviy echimlarda berish intensivligi, an’anaviy formatlarni yangi platformalarga transformatsiyasi ta’minlangan;
o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy maqomini mustahkamlash bilan bog‘liq mediadiskursning milliy birlikka tahdid nuqtalarini g‘oyaviy-konseptual o‘rganish asosida dalillangan davlat tili siyosatini yoritish bo‘yicha xolislik, internatsionalizm, ijtimoiy-kommunikativ mas’uliyat kabi prinsiplarga tayanuvchi axborot konsepsiyasi zarurati to‘g‘risidagi muhim fikr-mulohazalardan “Yangi O‘zbekiston” gazetasida “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan maqolalarni tayyorlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 24-13-04-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat tili masalalarini yoritish ishlari biryoqlama yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, tahliliy va muvozanatli diskursni shakllantirish, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi konstruktiv mediamuhit yaratish nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi, mavzuga oid maqolalar mazmuni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish