Maxmudova Shaxnozaxon Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Talabalarda multimedia  vositalari asosida nutqiy mobilligini rivojlantirish mexanizmlari  (nofilologik yo‘nalish talabalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9847.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar:  Xamidova Nilufar Djumavaevna,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xafizova Mashhura Aminovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi multimedia vositalari asosida nofilologik yo‘nalish talabalarining nutqiy mobilligini rivojlantirish mexanizmlarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda nutqiy mobillikni multimedia resurslari vositasida rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari kommunikativ vaziyatni tezkor idrok etishdan strategik nutqiy qarorni tanlash va uni moslashuvchan nutqiy harakatda namoyon etishgacha bo‘lgan ichki bog‘lanish mexanizmini multimedia resurslarining kommunikativ-didaktik imkoniyatlari vositasida ochib berish hamda kommunikativ, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini integratsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari multimedia muhitini talabalarning individual kommunikativ imkoniyatlariga moslashtirish va kasbiy muloqotga yaqin faoliyatni tashkil etish orqali aniqlashtirilgan, metodik ta’minoti differensial kommunikativ topshiriqlar hamda operativ qayta aloqa vositalarini nutqiy mobillikning kognitiv, kommunikativ-strategik, adaptiv-faoliyatli va refleksiv komponentlari bilan funksional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda nutqiy mobillikni rivojlantirishning pedagogik modeli kommunikativ vaziyatni anglashdan tezkor nutqiy qaror qabul qilish va erishilgan natijani refleksiv baholashgacha bo‘lgan rivojlanish traektoriyasini bosqichli kommunikativ faoliyat mexanizmi vositasida tashkil etish hamda maqsadli, mazmuniy, jarayonli-faoliyatli, diagnostik-baholash va natijaviy bloklarning strukturaviy-funksional aloqadorligi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda nutqiy mobillikni rivojlantiruvchi interaktiv metod va pedagogik texnologiyalar tizimi o‘zgaruvchan kommunikativ vaziyatlarda tezkor nutqiy qaror qabul qilish hamda spontan muloqot tajribasini shakllantirishni multimedia asosidagi muammoli kommunikativ vaziyatlar va refleksiv qayta aloqa vositasida tashkil etish, interaktiv faoliyat usullarini ularning didaktik vazifalariga muvofiq bosqichli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni multimedia vositalari asosida nutqiy mobilligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik mexanizmlari (nofilologik yo‘nalish talabalari misolida) mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida: 
talabalarda nutqiy mobillikni multimedia resurslari vositasida rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari kommunikativ vaziyatni tezkor idrok etishdan strategik nutqiy qarorni tanlash va uni moslashuvchan nutqiy harakatda namoyon etishgacha bo‘lgan ichki bog‘lanish mexanizmini multimedia resurslarining kommunikativ-didaktik imkoniyatlari vositasida ochib berish hamda kommunikativ, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar “Introduction to the course Of Roman-Germanic Philology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, № 488127). Natijada, multimedia vositalari asosida talabalarning nutqiy mobilligini rivojlantirishga oid nazariy-metodologik yondashuvlar takomillashtirilib, “nutqiy mobillik” tushunchasining kommunikativ moslashuvchanlik, nutqiy kompetensiya va kognitiv faollik bilan bog‘liqligini ifodalovchi ilmiy qarashlar tizimlashtirilgan;
oliy ta’lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini integratsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari multimedia muhitini talabalarning individual kommunikativ imkoniyatlariga moslashtirish va kasbiy muloqotga yaqin faoliyatni tashkil etish orqali aniqlashtirilgan, metodik ta’minoti differensial kommunikativ topshiriqlar hamda operativ qayta aloqa vositalarini nutqiy mobillikning kognitiv, kommunikativ-strategik, adaptiv-faoliyatli va refleksiv komponentlari bilan funksional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tatbiq etilgan “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi 2025-yil 2-dekabrdagi 04-13/923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, multimedia vositalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalashning pedagogik va metodik asoslariga oid taklif hamda tavsiyalar yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlarida amaliyotga joriy etilgan;
talabalarda nutqiy mobillikni rivojlantirishning pedagogik modeli kommunikativ vaziyatni anglashdan tezkor nutqiy qaror qabul qilish va erishilgan natijani refleksiv baholashgacha bo‘lgan rivojlanish traektoriyasini bosqichli kommunikativ faoliyat mexanizmi vositasida tashkil etish hamda maqsadli, mazmuniy, jarayonli-faoliyatli, diagnostik-baholash va natijaviy bloklarning strukturaviy-funksional aloqadorligi asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Introduction to the course Of Roman-Germanic Philology”  o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, № 488127). Natijada, multimedia vositalari asosida nutqiy mobillikni rivojlantirishning pedagogik modeli raqamli kommunikativ muhitda diskursiv faollikni oshirishga xizmat qiluvchi yaxlit metodik tizim sifatida takomillashtirilgan;
talabalarda nutqiy mobillikni rivojlantiruvchi interaktiv metod va pedagogik texnologiyalar tizimi o‘zgaruvchan kommunikativ vaziyatlarda tezkor nutqiy qaror qabul qilish hamda spontan muloqot tajribasini shakllantirishni multimedia asosidagi muammoli kommunikativ vaziyatlar va refleksiv qayta aloqa vositasida tashkil etish, interaktiv faoliyat usullarini ularning didaktik vazifalariga muvofiq bosqichli qo‘llash asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 23-iyundagi 01-33/466-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, multimedia vositalari bilan integratsiyalashgan interaktiv metod va texnologiyalar tizimi asosida nutqiy moslashuvchanlik va kommunikativ strategiyalarni rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ommaviy axborot va media loyihalar faoliyatiga tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish