Ravshanov Shohjaxon Akmaljon o‘g‘lining
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv bilan isitish tarmoqlarida issiqlik va massa ko‘chishi jarayonlarini matematik modellashtirish”, 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/FM1150.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Muzaffar Muhiddinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.05/2025.27.12.T/FM.10.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Jamol fizika – matematika fanlari doktori, professor.
Hojiev Safar fizika – matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt markazi” ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quvurlar va isitish tizimlarida kechuvchi gidrotermik jarayonlarni tavsiflovchi matematik modellar va sonli usullarni yaratish va ularni turli oqim rejimlarida issiqlik va massa va issiqlik almashinuvi qonuniyatlarini tadqiq etishga qo‘llashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
diametri o‘zgaruvchan quvurlarda suyuqlikning oqim tezligi, bosimi va haroratining yo‘l-yo‘lakay o‘zgarishini tavsiflovchi kvazi bir o‘lchovli statsionar model ishlab chiqilgan va sonli natijalar olingan;
o‘qqa nisbatan simmetrik quvurning boshlang‘ich qismi uchun suyuqlik dinamik yopishqoqligi, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti va solishtirma issiqlik sig‘imining haroratga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan hollari uchun laminar oqim rejimiga mos matematik modellar hamda ularni echish uchun SIMPLE usuli asosidagi sonli algoritm ishlab chiqilgan;
turbulentlikning zamonaviy modeli asosida quvurning boshlang‘ish noizotermik qismida turbulentlikning kinetik energiyasi va dissipatsiyasining dinamikasi tadqiq etildi hamda turbulent diffuziya hisobiga Nusselt sonining laminar rejimga nisbatan jadal barqarorlashishi isbotlangan;
yaratilgan suv bilan isitish tizimi zamonaviy radiatorining 3D-modeli suyuqlik oqimlarining seksiyalar bo‘ylab notekis taqsimlanishi va tizimning samarasiz sohalarini aniqlash uchun qo‘llanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Suv bilan isitish tarmoqlaridagi issiqlik va massa ko‘chishi jarayonlarini matematik modellashtirish” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
quvur tarmoqlarida issiqlik va massa ko‘chishini ifodalovchi takomillashtirilgan matematik model va hisoblash algoritmlari “Buxoro suv ta’minoti” AJ ob’ektlariga joriy etilgan (“Buxoro suv ta’minoti” AJning 06.03.2026 yildagi №383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada markaziy suv ta’minoti quvurlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni (avariya holatlarini) oldindan bashorat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, tizimdagi bosim yo‘qotishlarini 3–4 %, issiqlik yo‘qotishlarini 4–5 % kamaytirishga hamda tizimning umumiy samaradorligini 4–5 % oshirishga erishilgan;
o‘zgaruvchan kesimli quvurlarda issiqlik-massa ko‘chishi jarayonlarini hisoblash uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot “Buxoro suv ta’minoti” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Buxoro suv ta’minoti” AJning 06.03.2026 yildagi №383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zgaruvchan diametrli va murakkab relefli quvur tizimlarini loyihalashda gidravlik va issiqlik parametrlarini aniqlash jarayoni avtomatlashtirilgan hamda taklif etilgan kvazi bir o‘lchovli yondashuv hisobiga hisoblash vaqtini 5-10 foizga qisqartirish imkoniyati yaratilgan.