Umarov Umedjon Nuriddinovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda allergik rinitning klinik kechish xususiyatlari va davolashni takomillashtirish”, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  №B2025.1.PhD/Tib5387.
Ilmiy rahbar: Nurov Ubaydullo Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Voxidov Ulugbek Nuriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda allergik rinitni majmuaviy tashxislash va davolashni optimallashtirishga asoslangan holda ularni hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda allergik rinitning rivojlanishida  keltirib chiqaruvchi  tibbiy va ijtimoiy omillar to‘plami aniqlanishi kasallikning oldini olishga imkon bergan;
ilk bor bolalarda allergik rinitning turli shakllaridagi klinik  farqlar aniqlanib, mavsumiy allergik rinitning doimiy allergik rinitga o‘tish xavfini hamda tashqi nafas olish funksiyasidagi obstruktiv o‘zgarishlar bronxial astmaning rivojlanishini bashorat qilish imkonini berishi isbotlangan;  
allergik rinitda allergo-spesifik immunoterapiyaning uch bosqichli davolash kursining programmasi ishlab chiqilib,  allergenni yuborishning barcha usullari bolalik davrida eng maqbulligini klinik va laborator, funksional ko‘rsatkichlar orqali bemor bolalar hayot sifatining ijobiy dinamikasi  isbotlangan; 
bolalarda allergik rinitning davolash  dasturi teri osti, intranazal va sublingval ASIT (allergo-spesifik immunoterapiya) usullari turli nozologik shakllardagi allergik rinitga chalingan bolalarda 3 yil davomida qo‘llanilganda hayot sifatining va davolanishdan qoniqish darajasining barqaror yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 2-iyundagi №09/52 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda allergik rinitning rivojlanishida  keltirib chiqaruvchi  tibbiy va ijtimoiy omillar to‘plami aniqlanishi kasallikning oldini olishga imkon bergan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: allergik rinit bilan og‘rigan bolalar uchun belgilangan xavf omillari majmuasi homilador ayollar va erta yoshdagi bolalar o‘rtasida kuzatuv guruhlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib, individual profilaktik dasturlardan foydalanish allergik patologiyaga moyillik ehtimoli yuqori bo‘lgan bolalarning tug‘ilish chastotasini kamaytiradi.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2025 y.; №2876-2-208-TV/2025-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.10.2025 y.; №1774-2-42-TV/2025-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda allergik rinitning rivojlanishini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemor bolalarda otorinolaringologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda allergik rinitning  klinik kechish xususiyatlari  va davolashni takomillashtirishda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy immunologik usulida organizmdagi assimilyasiya jarayonlarini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi laborator tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 580000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa  mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: bolalarda allergik rinitning turli shakllarini  aniqlash va klinik-funksional xususiyatlari hamda ularning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ma’lumotlar,   bu sohada yanada tadqiqotlar rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, klinik va davolash  natijalarini qiyosiy tahlil qilish, bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga hissa qo‘shgani bilan izohlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda allergik rinitning turli shakllaridagi klinik  farqlar aniqlanib, mavsumiy allergik rinitning doimiy allergik rinitga o‘tish xavfini hamda tashqi nafas olish funksiyasidagi obstruktiv o‘zgarishlar bronxial astmaning rivojlanishini bashorat qilish imkonini berishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda allergik rinitning turli shakllarini erta aniqlash va tashxislash maqsadida tibbiyotning birinchi zveno shifokorlari va keyingi bosqichlar uchun differensial diagnostika jadvali, shu jumladan klinik simptomlar to‘plami, klinik-laborator va allergik rinitning har bir shakliga xos bo‘lgan funksional ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2025 y.; №2876-2-208-TV/2025-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.10.2025 y.; №1774-2-42-TV/2025-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda allergik rinitning rivojlanishini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemor bolalarda otorinolaringologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda allergik rinitning  klinik kechish xususiyatlari  va davolashni takomillashtirishda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy immunologik usulida organizmdagi assimilyasiya jarayonlarini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi laborator tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 580000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa  mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: allergik rinitning turli shakllarida tashxislash va davolashning  bosqichma-bosqich  usuli sog‘liqni saqlash tizimida tashkiliy, davolash va profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun aniq takliflar berish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: allergik rinitda allergo-spesifik immunoterapiyaning uch bosqichli davolash kursining programmasi ishlab chiqilib,  allergenni yuborishning barcha usullari bolalik davrida eng maqbulligini klinik va laborator, funksional ko‘rsatkichlar orqali bemor bolalar hayot sifatining ijobiy dinamikasi  isbotlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: allergik rinitni teri osti, intranazal va sublingval ravishda ketma-ket immunoterapiyaning uch bosqichi shaklida davolash algoritmi taklif etilgan bo‘lib, uning samaradorligi ushbu tadqiqot jarayonida tasdiqlangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2025 y.; №2876-2-208-TV/2025-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.10.2025 y.; №1774-2-42-TV/2025-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda allergik rinitning rivojlanishini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemor bolalarda otorinolaringologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda allergik rinitning  klinik kechish xususiyatlari  va davolashni takomillashtirishda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy immunologik usulida organizmdagi assimilyasiya jarayonlarini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi laborator tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 580000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa  mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: olingan natijalar va nazariy usullar qo‘llanilishi, o‘tkazilgan tadqiqotlarning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi, tekshirilgan bemorlarning etarli miqdori, chet el va mahalliy tadqiqotchilarning natijalari bilan solishtirilishi, shuningdek olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan berilgan xulosalari bilan tasdiqlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda allergik rinitning davolash  dasturi teri osti, intranazal va sublingval ASIT (allergo-spesifik immunoterapiya) usullari turli nozologik shakllardagi allergik rinitga chalingan bolalarda 3 yil davomida qo‘llanilganda hayot sifatining va davolanishdan qoniqish darajasining barqaror yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: davolash samaradorligini ob’ektiv va sub’ektiv baholash uchun nafaqat allergik rinitning klinik ko‘rinishining dinamikasini, balki bolalik yoshiga moslashtirilgan so‘rovnomalar bo‘yicha hayot sifatini baholashni qo‘llash tavsiya etilgan, bu esa davolash va reabilitatsiya tadbirlarini individual ravishda kiritish ketma-ketligini aniqlashga to‘liq hajmda imkon bergan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2025 y.; №2876-2-208-TV/2025-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.10.2025 y.; №1774-2-42-TV/2025-son) klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda allergik rinitning rivojlanishini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemor bolalarda otorinolaringologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda allergik rinitning  klinik kechish xususiyatlari  va davolashni takomillashtirishda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy immunologik usulida organizmdagi assimilyasiya jarayonlarini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi laborator tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 580000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa  mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: allergik rinit klinikasini shakllantirishda ishtirok etadigan organizm tizimlarining turli xil ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi  etiologik tavsiflar, patologik munosabatlar, immunoterapiyaning ta’siri va allergik rinit bilan kasallangan bolalarning hayot sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shifokorlarni malakasini oshirish dasturlariga kiritilishi lozim.

Yangiliklarga obuna bo‘lish