Barotov Iftixor Mustaqimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olinmaydigan ortodontik apparatlar foydalanilganda tish-jag‘ tizimidagi o‘zgarishlarga zamonaviy yondashuv»; 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5192.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimova Feruza Ikromovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Eshiev Abdirakman Moldalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlar va minivintlarni qiyosiy tahlil qilish orqali ortodontik davolash samaradorligini takomillashtirish, ularning afzalliklarini aniqlash hamda klinik amaliyot uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish-jag‘ tizimining klinik-morfologik va funksional ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilinib, fiziologik me’yorning reprezentativ qiymatlari tizimlashtirilgan hamda ko‘p omilli rentgeno-morfometrik mezonlarga asoslangan differensial tashxislash sxemasi ishlab chiqilgan;
olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlar yordamida tish qatorlarini remodellashtirish jarayonida morfologik o‘zgarishlar va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliqlar isbotlangan;
minivintlarni qo‘llashning tish-jag‘ tizimidagi adaptatsiya jarayonlariga va mexanik bosimga moslashish xususiyatlariga ta’siri ilmiy asoslanib, davolash muddatlarini maqbullashtirish va natijalarning klinik barqarorligini ta’minlovchi biomexanik mexanizmlar aniqlangan;
an’anaviy va innovatsion (minivintlar yordamidagi) ortodontik korreksiya usullarining qiyosiy monitoringi asosida natijalarning morfofunksional barqarorligi isbotlanib, muayyan klinik holatlardan kelib chiqib, eng maqbul davolash taktikasini tanlash imkonini beruvchi mezonlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 16 fevraldagi 03/31-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tish-jag‘ tizimining klinik-morfologik va funksional ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilinib, fiziologik me’yorning reprezentativ qiymatlari tizimlashtirilgan hamda ko‘p omilli rentgeno-morfometrik mezonlarga asoslangan differensial tashxislash sxemasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tish-jag‘ tizimining klinik-morfologik va rentgenologik nazorat ko‘rsatkichlari bazasi amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, bu ortodontik davolashga muhtoj bemorlarda patologiya darajasini aniq baholash va fiziologik me’yorga nisbatan individual davo rejasini tuzish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi (kattalar bo‘limi bilan) bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; 37-T-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; №68-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli bolalarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlik asoratlarning oldini olish, ortodontik davolanish davomiyligini qisqartirish (anomaliyalarni ortodontik davolashning 1 kuni 86100 so‘m), xarajatlarni tejash (davolash muddatini 4 kungacha qisqartirish orqali 344400 so‘m tejaladi) va mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini 10 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali erishildi. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, bolalarda stomatologik davolash - profilaktika kompleksini joriy etish bolalarda stomatologik salomatlik darajasini oshirish imkonini beradi, anomaliyalarda yuzaga keluvchi asoratlarning oldini oladi va bolalar hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlar yordamida tish qatorlarini remodellashtirish jarayonida morfologik o‘zgarishlar va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliqlar isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olib qo‘yilmaydigan ortodontik apparatlardan foydalanishda tish qatorlarining dinamik o‘zgarishlarini nazorat qilish usuli ishlab chiqilib, davolash samaradorligini cheklovchi omillarning aniqlanishi residiv (qaytalanish) xavfini oldindan aytib berish va korreksiya jarayoniga vaqtida tuzatish kiritishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi (kattalar bo‘limi bilan) bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; 37-T-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; №68-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli bolalarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlik asoratlarning oldini olish, ortodontik davolanish davomiyligini qisqartirish (anomaliyalarni ortodontik davolashning 1 kuni 86100 so‘m), xarajatlarni tejash (davolash muddatini 4 kungacha qisqartirish orqali 344400 so‘m tejaladi) va mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini 10 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali erishildi. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, bolalarda stomatologik davolash - profilaktika kompleksini joriy etish bolalarda stomatologik salomatlik darajasini oshirish imkonini beradi, anomaliyalarda yuzaga keluvchi asoratlarning oldini oladi va bolalar hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Uchinchi ilmiy yangilik: minivintlarni qo‘llashning tish-jag‘ tizimidagi adaptatsiya jarayonlariga va mexanik bosimga moslashish xususiyatlariga ta’siri ilmiy asoslanib, davolash muddatlarini maqbullashtirish va natijalarning klinik barqarorligini ta’minlovchi biomexanik mexanizmlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ortodontik amaliyotda minivintlardan foydalanishning klinik protokoli taklif etilib, ushbu natija tish-jag‘ tizimining mexanik bosimga moslashish xususiyatlarini inobatga olgan holda, davolash muddatini qisqartirish va olingan natijalarning maksimal barqarorligini ta’minlashga sharoit yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi (kattalar bo‘limi bilan) bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; 37-T-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; №68-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli bolalarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlik asoratlarning oldini olish, ortodontik davolanish davomiyligini qisqartirish (anomaliyalarni ortodontik davolashning 1 kuni 86100 so‘m), xarajatlarni tejash (davolash muddatini 4 kungacha qisqartirish orqali 344400 so‘m tejaladi) va mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini 10 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali erishildi. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, bolalarda stomatologik davolash - profilaktika kompleksini joriy etish bolalarda stomatologik salomatlik darajasini oshirish imkonini beradi, anomaliyalarda yuzaga keluvchi asoratlarning oldini oladi va bolalar hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy va innovatsion (minivintlar yordamidagi) ortodontik korreksiya usullarining qiyosiy monitoringi asosida natijalarning morfofunksional barqarorligi isbotlanib, muayyan klinik holatlardan kelib chiqib, eng maqbul davolash taktikasini tanlash imkonini beruvchi mezonlar takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: an’anaviy apparatlar va innovatsion minivintlarni qo‘llashning qiyosiy tahlili asosida klinik ko‘rsatmalar tizimi shakllantirib, ushbu muayyan klinik vaziyatdan kelib chiqib, eng samarali va kam shikast etkazadigan (invaziv bo‘lmagan) davolash taktikasini tanlash sxemasini amaliyotga taqdim etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Surxondaryo viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi (kattalar bo‘limi bilan) bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; 37-T-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2025 y.; №68-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli bolalarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlik asoratlarning oldini olish, ortodontik davolanish davomiyligini qisqartirish (anomaliyalarni ortodontik davolashning 1 kuni 86100 so‘m), xarajatlarni tejash (davolash muddatini 4 kungacha qisqartirish orqali 344400 so‘m tejaladi) va mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini 10 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali erishildi. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, bolalarda stomatologik davolash - profilaktika kompleksini joriy etish bolalarda stomatologik salomatlik darajasini oshirish imkonini beradi, anomaliyalarda yuzaga keluvchi asoratlarning oldini oladi va bolalar hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.