Qosimov A’zam Azimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qayta sinishlar osteoreparatsiya jarayonlarining patogenezini xususiyatlari va ularni davolash tamoyillari (klinik-eksperimental tadqiqot)», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1400.
Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01
Rasmiy opponentlar: Kenis Vladimir Markovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Doroxin Aleksandr Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osteoreparativ jarayonning uzilish vaqtiga qarab suyak ko‘migi kanalidagi endostal qadoq holatini inobatga olgan holda, bolalarda qayta sinishlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bolalarda birlamchi sinishni bitishi bosqichli kechishi, har bir bosqichdagi refrakturalarda endostal qadoqning turlicha bo‘lishi, ayniqsa kechki bitish bosqichlarida yuzaga kelgan qayta sinishlarda, suyak ko‘migi kanalida zich endostal qadoq bilan yopilishi natijasida kanal va atrofdagi to‘qimalarda qon aylanishni cheklanishi, qayta singan sohaga qon va suyak ko‘migi quyilmasligi kabi holatlar - qayta osteoreparatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, retrospektiv tahlildagi bemorlarda qoniqarsiz natijalar, jumladan suyak bo‘laklarining bitmasligi va soxta bo‘g‘imlarning yuzaga kelishiga moyillikni oshirishi isbotlangan;
bolalarda birlamchi sinishning turli bosqichlarida yuzaga kelgan diafizar qayta sinishlarni davolashning taktikasini tanlash mezonlari ishlab chiqilgan, bunda rentgenogrammada suyak ko‘migi kanali ochiq holatda bo‘lgan MSKTda suyak ko‘migi kanalidagi endostal qadoq zichligi 130dan 560 HU oralig‘ida bo‘lishi - konservativ, suyak ko‘migi kanali yopilgan holatida zichlik 561dan 1200 HU birlik oralig‘ida bo‘lishi - jarrohlik usullarini tanlashga ko‘rsatma ekanligi isbotlangan;
kalamushlarda o‘tkazilgan tajriba yordamida qayta sinishlardagi osteoreparativ jarayonlarining kechishi endostal kanaldagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi - birlamchi sinishning 14-kundagi refrakturalarda, ya’ni erta davrdagi qayta sinishlar rentgenografiyasida periostal, paraossal qadoqlarning yaxshi rivojlanganligi, suyak ko‘migi kanali ochiqligi aniqlangan, bunda reovazografiya orqali qon aylanishi 1 oy mobaynida tiklanishi, qon tomirlarning qon bilan to‘lish tezligi 2–3 barobardan ko‘proqqa ortishi; morfologiya orqali osteoblast, osteotsit, fibroblast hujayralarning ko‘p miqdorda aniqlanishi; spektroskopiyada suyak tarkibidagi O2, S, Sa, R va Mg mikroelementlar miqdori 70%gacha oshishi; oltingugurtning bu davrda aniqlanmasligi kabi holatlar qayta osteoregeneratsiya jarayonining me’yorida kechishiga yordam berishi isbotlangan;
kalamushlarda birlamchi sinishning 28-kunida - kechki qayta sinish holatida rentgenografiyada periostal, paraossal qadoqlar so‘rilayotganligi, suyak ko‘migi kanali endostal qadoq bilan yopilganligi; reovazografiyada venoz qon aylanish va qon tomirlarda qon bilan to‘lishining normaga nisbatan susayishi, morfologiyada osteoklastlar, xondroblast hujayralarning ko‘payishi, spektroskopiyada S, miqdorini oshishi, O2, Sa, R va Mg mikroelementlar miqdorining 1,2%gacha kamayishi, oltingugurtning aniqlanishi, qayta osteoreparativ jarayonlarning sezilarli darajada sekinlashishiga, kuchsiz suyak qadog‘i hosil bo‘lishiga, ayrim hollarda bitmaslikga olib kelishi isbotlangan;
bolalarda suyak bo‘laklari siljishi bo‘lgan diafizar kechki refrakturalar - rentgenografiyasida suyak ko‘migi kanali endostal qadoq bilan yopiqligi, MSKTda qadoq zichligining 561-770HU oralig‘ida bo‘lganda six yordamida siniqning yuqori yoki pastki qismidan kanalning ichki qismiga endostal qadoqni mexanik ta’sirlash hisobiga rekanalizatsiya qilish ochilgan suyak ko‘migi kanalida qon aylanishni me’yorlashishiga, ikkilamchi qadoqlar hosil bo‘lishiga, osteoreparatsiya jarayoni normada kechishishiga sharoit yaratilishi isbotlangan;
bolalarda suyak bo‘laklari siljishi bo‘lgan diafizar kechki refrakturalarda suyak ko‘migi kanali yopiq va endostal qadoq zichligi MSKTda 771- 1200 HU oralig‘ida bo‘lganda, proksimal va distal bo‘lakning diafiz boshlanishidan kanalga six kiritib, suyak ko‘migi kanalini mexanik ta’sirlash, suyak iligi va qon elementlari bilan aralashgan gematoma hosil bo‘lishi aniqlangan, bu holat osteoregeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirishi, suyak ko‘migi kanalida qon aylanishni me’yorlashtirishi va qayta singan sohada ikkilamchi suyak qadog‘i shakllanishi uchun qulay sharoit yaratilishi isbotlangan;
bolalar o‘mrov suyagi qayta sinishlarida ochiq rekanalizatsiya va fiksatsiya usuli ishlab chiiqilgan, bunda kanaldan o‘tkazilgan intramedullyar sixning bir uchini proksimal bo‘lakdan chiqarilib, 90°ga bukiladi, repozisiya muolajasidan so‘ng ikkinchi uchini distal bo‘lakdan chiqariladi, suyak o‘qi bo‘ylab tortiladi va mos ravishda Z-simon shaklda bukiladi; ushbu usul suyak bo‘laklari orasidagi ikkilamchi siljishlarni va diastazni bartaraf etishi, osteoreparatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir qilishi hamda ikkilamchi bitish jarayonining o‘z vaqtida kechishini ta’minlashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2026 yil “20” avgustdagi X67-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2026 yil 27 iyuldagi 03-08/1127-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda birlamchi sinishni bitishi bosqichli kechishi, har bir bosqichdagi refrakturalarda endostal qadoqning turlicha bo‘lishi, ayniqsa kechki bitish bosqichlarida yuzaga kelgan qayta sinishlarda, suyak ko‘migi kanalida zich endostal qadoq bilan yopilishi natijasida kanal va atrofdagi to‘qimalarda qon aylanishni cheklanishi, qayta singan sohaga qon va suyak ko‘migi quyilmasligi kabi holatlar - qayta osteoreparatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, retrospektiv tahlildagi bemorlarda qoniqarsiz natijalar, jumladan suyak bo‘laklarining bitmasligi va soxta bo‘g‘imlarning yuzaga kelishiga moyillikni oshirishi isbotlangan. Joriy etishda olingan natijalar Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 yildagi 82-1-son buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.02.2026 yildagi 24-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (19.02.2026 yildagi 01/12-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (19.02.2026 yildagi 85-1-son buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 yildagi 8-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar suyaklari kechki qayta sinishlarida, suyak ko‘migi kanalidagi endostal qadoqning zichligi yuqori bo‘lganda, retrospektiv tahlilning uzoq natijalarida asoratlar 15,3%dan 16,7%gacha kuzatilishi davolashda shu jarayonlarni inobatga olishga asos bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar suyaklari qayta sinishlarini uzoq natijalardagi asoratlarni erta aniqlab bartaraf qilish imkonini berdi; asoratlarni davolash jarayonlari va reabilitatsiya uchun sarf xarajatlarni tejash har bir bemorga 14 700 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Bolalar suyaklari qayta sinishlarini retrospektiv tahlildan olingan natijalar davolashdan keyin erta asoratlarning kamayishi va uzoq muddatlardagi turli xildagi asoratlarni minimalligini ta’minladi va har bir bemorga nisbatan o‘rtacha 14700000 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda birlamchi sinishning turli bosqichlarida yuzaga kelgan diafizar qayta sinishlarni davolashning taktikasini tanlash mezonlari ishlab chiqilgan, bunda rentgenogrammada suyak ko‘migi kanali ochiq holat bo‘lganda MSKTda suyak ko‘migi kanalidagi endostal qadoq zichligi 130dan 560 HU oralig‘ida bo‘lishi - konservativ, suyak ko‘migi kanali yopilgan holatida zichlik 561dan 1200 HU birlik oralig‘ida bo‘lishi - jarrohlik usullarini tanlashga ko‘rsatma ekanligi isbotlangan. Joriy etish jarayonida olingan natijalar Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 yildagi 82-1-son buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.02.2026 yildagi 24-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (19.02.2026 yildagi 01/12-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (19.02.2026 yildagi 85-1-son buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 yildagi 8-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bolalar suyaklari qayta sinishlarini retgenografiya orqali suyak ko‘migi kanali ochiq yoki yopiqligi va MSKT tekshiruvi orqali o‘z vaqtida qayta singan sohada suyak ko‘migi kanalidagi endostal qadoqning zichligini aniqlash orqali davolash usullarni amalga oshirish, yaqin va uzoq natijalarda asoratlarni erta bartaraf qilish imkonini berdi; davolashdan keyingi davrda qayta davolash jarayonlari va reabilitatsiya uchun sarf xarajatlarni tejash har bir bemorga 7500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Bolalar suyaklari qayta sinishlarini rentgenografiya va MSKT tekshiruvlarini qo‘llash orqali, davolashdan keyingi uzoq muddatlardagi turli xildagi asoratlarni minimalligini ta’minladi. Umumiy iqtisodiy natijadorlik bir bemorga nisbatan o‘rtacha 7500000 so‘mni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: kalamushlarda o‘tkazilgan tajriba yordamida qayta sinishlardagi osteoreparativ jarayonlarining kechishi endostal kanaldagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi - birlamchi sinishning 14-kundagi refrakturalarda, ya’ni erta davrdagi qayta sinishlar rentgenografiyasida periostal, paraossal qadoqlarning yaxshi rivojlanganligi, suyak ko‘migi kanali ochiqligi aniqlangan, bunda reovazografiya orqali qon aylanishi 1 oy mobaynida tiklanishi, qon tomirlarning qon bilan to‘lish tezligi 2–3 barobardan ko‘proqqa ortishi; morfologiya orqali osteoblast, osteotsit, fibroblast hujayralarning ko‘p miqdorda aniqlanishi; spektroskopiyada suyak tarkibidagi O2, S, Sa, R va Mg mikroelementlar miqdori 70%gacha oshishi; oltingugurtning bu davrda aniqlanmasligi kabi holatlar qayta osteoregeneratsiya jarayonining me’yorida kechishiga yordam berishi isbotlangan. Amaliyotga joriy etishdagi kuzatilgan natijalar Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 y., №82-1 - buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.02.2026 y., №24 - buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (09.02.2026 y., №01/12- buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (09.02.2026 y., №85-1 - buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 y., №8 - buyruq) amaliyotlariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kalamushlar eksperimentida birlamchi sinishning erta davrida yuzaga kelgan qayta sinishlarda tekshirish usularining natijalari bizga suyak hujayralaridan osteoblast, xondrotsit, xondroblastlarni kuzatilishini inobatga olib, bolalar suyaklari qayta sinishlarni ishonchli erta tashxislash va konservativ davolash bilan yondashishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentdagi morfologik, bioximik va qon aylanishlardagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, davolangan bolalarning sog‘lomlashganlik sonining oshishiga olib keldi. Qayta davolangan bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlar o‘rtacha 5600000 so‘mgachani tashkil etdi. Xulosa: eksperimentdagi ma’lumotlarni inobatga olib, davolashdan keyingi davrda qo‘l yoki oyoq funksiyalarini erta tiklanishi natijasida, sog‘lomlashgan bemorlar soni oshdi va Respublikamiz uchun qayta davolanish mavjud bo‘lgan bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlar 5600000 so‘mga tejashga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kalamushlarda birlamchi sinishning 28-kunida - kechki qayta sinish xolatida rentgenografiyada periostal, paraossal qadoqlar rezorbsiyasi, suyak ko‘migi kanali endostal qadoq bilan yopilganligi; reovazografiyada venoz qon aylanish va qon tomirlarda qon bilan to‘lishining normaga nisbatan susayishi, morfologiyada osteoklastlar, xondroblast hujayralarning ko‘payishi, spektroskopiyada S, ko‘payishi, O2, Sa, R va Mg mikroelementlar miqdori 1,7%gacha kamayishi, oltingugurtning aniqlanishi, qayta osteoreparativ jarayonlarning sezilarli darajada sekinlashishiga, kuchsiz suyak qadog‘i hosil bo‘lishiga, ayrim hollarda bitmaslikga olib kelishi isbotlangan. Amaliyotga joriy etishdagi kuzatilgan natijalar Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 y., №82-1 - buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.02.2026 y., №24 - buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (09.02.2026 y., №01/12- buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (09.02.2026 y., №85-1 - buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 y., №8 - buyruq) amaliyotlariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kalamushlar eksperimentida kechki davrida yuzaga kelgan qayta sinishlarda suyak vaskulyarizatsiyasini kamayishi, O2, Sa, R va Mg mikroelementlar miqdorini kamayishi, S, Sning oshishi va osteoklastlarni o‘rin almashishini kuzatilishini inobatga olgan holda, ishonchli erta tashxislash va davolash taktikasini tanlash, individual yondashishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentdagi morfologik, bioximik va qon aylanishlardagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, davolangan bolalarning sog‘lomlashganlik sonining oshishiga olib keldi. Davlat uchun qayta davolangan bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlar tejami o‘rtacha 5600000 so‘mgachani tashkil etdi. Xulosa: eksperimentdagi ma’lumotlarini inobatga olib, operativ davolashdan keyingi davrda mucha funksiyalarini erta tiklanishi, sog‘lomlashgan bemorlar sonini oshishiga imkon berdi va qayta davolanishga mavjud bemorlarni ta’minlash uchun xarajatlarni 5600000 so‘mga tejashga olib keldi.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda suyak bo‘laklari siljishi bo‘lgan diafizar kechki refrakturalarning - rentgenografiyasida suyak ko‘migi kanali endostal qadoq bilan yopiqligi, MSKTda qadoq zichligining 561-770HU oralig‘ida bo‘lishi aniqlanganda six yordamida siniqning yuqori yoki pastki qismidan kanalning ichki qismiga endostal qadoqni mexanik ta’sirlash hisobiga rekanalizatsiya qilish ochilgan suyak ko‘migi kanalida qon aylanishni me’yorlashishiga, ikkilamchi qadoqlar hosil bo‘lishiga, osteoreparatsiya jarayoni normada kechishishiga sharoit yaratilishi isbotlangan. Amaliyotga joriy etishdagi kuzatilgan natijalar Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 y., №82-1 - buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.02.2026 y., №24 - buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (09.02.2026 y., №01/12- buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (09.02.2026 y., №85-1 - buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 y., №8 - buyruq) amaliyotlariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kechki refrakturalar rentgenografiyasida, MSKTda qadoq zichligining 561-770HU oralig‘ida bo‘lishi aniqlanganda six yordamida endostal qadoqni mexanik ta’sirlash hisobiga rekanalizatsiyasi, osteoreparatsiya jarayoni normada kechishishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kechki bosqichidagi qayta sinishlarda esa qoniqarsiz natijalarning 19,2%gacha kamayishi har bir bemor uchun 8400000 so‘m mablag‘ tejalishi bilan asoslanadi. Xulosa: kechki bosqichida kuzatilgan qayta sinishlarda rekanalizatsiya hamda gemostimulyasiya ishlab chiqilishi 1 nafar bemor uchun 8400000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: bolalarda suyak bo‘laklari siljishi bo‘lgan diafizar kechki refrakturalarda suyak ko‘migi kanali yopiq va endostal qadoq zichligi MSKTda 771- 1200 HU oralig‘ida bo‘lganda, proksimal va distal bo‘lakning diafiz boshlanishidan kanalga six kiritib, suyak ko‘migi kanalini mexanik ta’sirlash, suyak iligi va qon elementlari bilan aralashgan gematoma hosil bo‘lishi aniqlangan, bu holat osteoregeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirishi, suyak ko‘migi kanalida qon aylanishni me’yorlashtirishi va qayta singan sohada ikkilamchi suyak qadog‘i shakllanishi uchun qulay sharoit yaratilishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 y., №82-1 - buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.02.2026 y., №24 - buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (09.02.2026 y., №01/12- buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (09.02.2026 y., №85-1 - buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 y., №8 - buyruq) klinik amaliyotlariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi bolalar suyaklari qayta sinishlarining kechki davrida rekanalizatsiya, gemostimulyasiya qilinishi, muchalarni anatomik, klinik, funksioanal 98,4% o‘z holatigacha tiklanishiga imkon berishi, bolalar hayot sifatini yaxshilash va asoratlar oldini olish natijasida nogironlik sonining kamayishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi davolashdan keyingi asoratlar kuzatilmasligi va nogironlik bo‘lmasligi hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 8400000 so‘m mablag‘ tejalishi isbotlandi. Xulosa: Bolalarda birlamchi sinishning kechki davridagi qayta sinishlarda rekanalizatsiya, gemostimulyasiyani e`tiborga olish, har bir bemor uchun o‘rtacha 8400000 so‘m mablag‘ tejalishiga imkon bergan.
ettinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘mrov suyagi qayta sinishlarida ochiq rekanalizatsiya va fiksatsiya usuli ishlab chiiqilgan, bunda kanaldan intramedullyar o‘tkazilgan sixning bir uchini proksimal bo‘lakdan chiqarilib 90°ga bukiladi, repozisiya muolajasidan so‘ng ikkinchi uchini distal bo‘lakdan chiqariladi, suyak o‘qi bo‘ylab tortiladi va mos ravishda Z-simon shaklda bukiladi; ushbu usul suyak bo‘laklari orasidagi ikkilamchi siljishlarni va diastazni bartaraf etishi, osteoreparatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir qilishi hamda ikkilamchi bitish jarayonining o‘z vaqtida kechishini ta’minlashi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.02.2026 y., №82-1 - buyruq), Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.02.2026 y., №24 - buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali (09.02.2026 y., №01/12- buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (09.02.2026 y., №85-1 - buyruq) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.02.2026 y., №8 - buyruq) klinik amaliyotlariga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi o‘mrov suyagi qayta sinishlarida “Z”-simon stabil fiksatsiya qilinishi va suyak bo‘laklari orasida diastaz yo‘qolishi, elka kamari funksiyasini saqlab qolinishi, jarohatlangan bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyati yaxshilanishi bilan oshirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi asoratlar va nogironlik darajasining kamayishi hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 5200000 so‘m mablag‘ tejalishi bilan isbotlandi. Xulosa. O‘mrov suyagi qayta sinishlarini intramedullyar six oxirlarini “Z”-simon fiksatsiya qilishni e’tiborga olinishi, har bir bemor uchun o‘rtacha miqdorda 5200000 sum iqtisod qilinishiga imkon bergan.