Sadiev Umidjon Abdusamadovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslarini ishonchli va samarali boshqarishning ilmiy-texnologik asoslari” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/T490
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Savet Ishankulovich–texnika fanlari doktori, professor, Samiev Luqmon Nayimovich–texnika fanlari doktori, dotsent, Ibragimov Ilhom Ahrorovich-kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslarini ishonchli va samarali boshqarishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Raqamli texnologiyalar asosida Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining suv balansini hisoblash usuli va geofazoviy holatining simulyasiya modeli takomillashtirilgan.
Pontryagin usuli asosida yirik magistral kanallarda suv taqsimotini samarali boshqarishning gidravlik modeli  ishlab chiqilgan;
Fur`e usuli asosida suv oqimining gidravlik parametrlarini stoxastik funksiyalar orqali hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
Bussinesk tenglamasi asosida kanal o‘zani holatiga bog‘liq holda irrigatsiya kanallardagi fil`tratsiya sarfini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
Yirik magistral kanallaridagi suv resurslarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida samarali va ishonchli boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
tabiiy va antropogen omillar ta’sirida vujudga keladigan suv taqchilligi sharoitida suv resurslarini kanal bo‘ylab transportirovka qilish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi suvdan foydalanuvchi va iste’molchilarga ishonchli yetkazishning sun’iy intellektning texnologik asosi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslarini ishonchli va samarali  boshqarishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish asosida:
Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining ishonchli va samarali ishlash holatining eksperimental parametrlari, Fur`e usuli asosida suv oqimining gidravlik parametrlarini stoxastik funksiyalar orqali hisoblash usuli, kanal o‘zani holatiga bog‘liq holda irrigatsiya kanallardagi fil`tratsiya sarfini hisoblash usuli Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 8 avgustdagi 04/29-4187 son ma’lumotnomasi). Natijada kanaldagi suv resurlarini innovatsion hamda raqamli texnologiyalar asosida taqsimlash orqali Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali suv resurslaridan foydalanish samaradorligi 8-10 foizga yaxshilanishiga erishilgan.
raqamli texnologiyalar asosida Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali suv resurslarini ishonchli va samarali boshqarishning hamda Bussinesk tenglamasi asosida irrigatsiya kanallarida fil`tratsiya hisobiga sodir bo‘ladigan solishtirma fil`tratsiya sarfini hisoblashning takomillashtirilgan usullari hamda yirik magistral kanallarda suv resurslaridan foydalanishni ishonchli va samarali boshqarish uslubi hamda sun’iy intellekt asosida Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslaridan samarali va ishonchli boshqarish texnologiyasi Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 8 avgustdagi 04/29-4187 son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga o‘rtacha 40-45 mln.m3 suv resurslarini tejalish imkoniyati yaratilgan.
“Sun’iy intellekt yordamida Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslarini samarali boshqarish (DGU63589-raqamli) dasturi, kanalning foydali ish koeffisientini aniqlash (DGU64576-raqamli) dasturi, suv balansini hisoblash (DGU63587-raqamli) dasturi va GAT texnologiyalari orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish  (DGU 64576 raqamli) dasturi Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 8 avgustdagi 04/29-4187 son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilinishi natijasida suvdan foydalanish samaradorligi oshirildi. Sun’iy intellekt asosida Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidagi suv resurslaridan samarali va ishonchli boshqarishning texnologiyasini amaliyotda joriy etilishi natijasida magistral kanalda 6-8 % suv resurslari iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish