Xodjieva Zumrad Maxmudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mezonlarga asoslangan baholashning chet tilini o‘qitishdagi xususiyatlari (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3674.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupova Gulrux Nabievna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet tilini o‘qitishda mezonlarga asoslangan baholash tizimining samaradorligini oshirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chet tilini o‘qitishda lingvodidaktik, psixolingvistik va kommunikativ yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan uch qatlamli baholash modeli ishlab chiqilib, unda til kompetensiyalari autentik topshiriqlar asosida darajaviy-faoliyat deskriptorlari tizimi orqali baholanishi asoslangan;
CEFR deskriptorlari, kredit-modul baholash indikatorlari, real vaqt monitoringi va analitik teskari aloqani integratsiyalash asosida “Evaluation” mobil ilovasi ishlab chiqilib, talabalarning nutqiy kompetensiyasini kompleks diagnostika qilishning raqamli algoritmi nutqiy ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va natijani real vaqtda taqdim etish bosqichlaridan iborat holda ishlab chiqilgan;
chet tili nutq ko‘nikmalarini baholashning kommunikativ, lingvistik va pragmatik tavsifiy mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida nutq kompetensiyalarini kompleks baholashning indikatorlar, darajalashtirilgan deskriptorlar va baholash shkalalari integratsiyalashgan analitik rubrikalari sinergetik-multikriterial tarzda takomillashtirilgan;
professor-o‘qituvchilarning baholash kompetensiyasini CEFR deskriptorlari, analitik rubrikalar, formativ va summativ baholashni integratsiyalash asosida rivojlantirish metodikasi takomillashtirilib, baholashning validligi, ishonchliligi va standartlashtirilishini ta’minlovchi rubrikaviy baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida mezonlarga asoslangan baholashning chet tilini o‘qitishdagi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet tilini o‘qitishda lingvodidaktik, psixolingvistik va kommunikativ yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan uch qatlamli baholash modeli ishlab chiqilib, unda til kompetensiyalari autentik topshiriqlar asosida darajaviy-faoliyat deskriptorlari tizimi orqali baholanishi asoslanganligi amaliy-nazariy jihatdan ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturiga mo‘ljallangan Tempus Project 544161– TEMPUS–1–2013–1–UK–TEMPUS–JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida keng foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 6–iyun 2024–yildagi 1160/02–son ma’lumotnomasi). Natijada, mezonlarga asoslangan baholashning xalqaro standart talablari asosida olib borilishi baholash mezonlarining takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
CEFR deskriptorlari, kredit-modul baholash indikatorlari, real vaqt monitoringi va analitik teskari aloqani integratsiyalash asosida “Evaluation” mobil ilovasi ishlab chiqilib, talabalarning nutqiy kompetensiyasini kompleks diagnostika qilishning raqamli algoritmi nutqiy ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va natijani real vaqtda taqdim etish bosqichlaridan iborat holda ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I–204–4–5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot–kommuniksion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida keng foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 3–iyun 2024–yildagi 1193/02–son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda talabalar bilimini mezonlarga asoslangan baholash orqali nazorat qilish professor–o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga xizmat qilgan;
chet tili nutq ko‘nikmalarini baholashning kommunikativ, lingvistik va pragmatik tavsifiy mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida nutq kompetensiyalarini kompleks baholashning indikatorlar, darajalashtirilgan deskriptorlar va baholash shkalalari integratsiyalashgan analitik rubrikalari sinergetik-multikriterial tarzda takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024–yil may oyida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024–yil 28–iyundagi 01–07/171–son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishda mezonlarga asoslangan baholashdan foydalanish talabalarning lingvistik kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
professor-o‘qituvchilarning baholash kompetensiyasini CEFR deskriptorlari, analitik rubrikalar, formativ va summativ baholashni integratsiyalash asosida rivojlantirish metodikasi takomillashtirilib, baholashning validligi, ishonchliligi va standartlashtirilishini ta’minlovchi rubrikaviy baholash mexanizmi ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022–yil 12–dekabrdagi 2/24–4/7–690–sonli xatiga asosan 2022–2024– yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039–raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 26–mart 2026–yildagi 1223/02–son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rganishda mezonlarga asoslangan baholashdan foydalanish talabalarning ko‘nikma va malakalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish