Salieva Ziroat Zokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda multimodal kompozisiya integratsiyasidan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped5153
Ilmiy rahbar: Amriddinova Nazira Shamsiddinovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Narzikulova Dilnoza Xashimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda yozuv kompetensiyasini takomillashtirish uchun “multimodal kompozisiya integratsiyasi”dan foydalanish samaradorligini asoslash va 3T’s+Reflection modeli asosida mashq va vazifalar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantiruvchi multimodal-kompozision metodik model ishlab chiqilgan bo‘lib, unda vizual-verbal, raqamli hikoyaviy, janr asosli va metakognitiv strategiyalarning integratsiyalashuvi talabalarning kognitiv-metakognitiv ko‘nikmalar kompleksini, xususan, g‘oyaviy-kompozision tashkillashtirish va retrospektiv-prospektiv nazorat ko‘nikmalarini rivojlantirishi isbotlangan;
talabaning yozuv kompetensiyasini uzlyuksiz jarayon sifatida tashkil etishni taʼminlovchi „3S+Reflection“ innovatsion modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yozuvgacha, yozuv jarayonida va yozuvdan keyingi bosqichlarning bir-biriga uzviy o‘tish dinamikasi — talaba har bosqichda oldingisiga qaytib, uni qayta baholab, yangi sifat darajasida oldinga siljishi — talabaning fikrlash faolligini kuchaytiruvchi hamda matnni bir martalik chiziqli yozuvdan spiralsimon qayta ishlash jarayoniga aylantiruvchi didaktik mexanizm sifatida nazariy-eksperimental jihatdan asoslangan;
texnologik yozuv kompetensiyasini rivojlantiruvchi uch yoʻnalishli multimodal topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, mazkur tizimning amaliy-ijodiy komponentida video-esse yaratish jarayonida matnni izchil hikoya ko‘rinishidan video formatga o‘tkazish orqali texno-yozuv ko‘nikmalari, xususan, ssenariy yozish, kadr-matn muvofiqligini taʼminlash va montaj orqali mantiqiy izchillikni saqlash malakalari integrativ rivojlanishi amaliy tajriba-sinov natijalari asosida dalillangan;
talabalarning yozma nutq kompetensiyasini baholashning mazmun, struktura, til va multimodal ijodkorlik ko‘rsatkichlaridan iborat to‘rt komponentli baholash tizimi ishlab chiqilib, unda talaba tomonidan yaratilgan raqamli mahsulotning mazmuniy izchilligi, texnik sifati va lisoniy to‘g‘riligini yagona ballda jamlovchi integral baholash modeli — ya’ni har bir komponentni alohida analitik mezonlar orqali baholab, so‘ngra ularni yaxlit holistik ko‘rsatkichga birlashtiruvchi ikki bosqichli mexanizm orqali holistik va analitik baholash tamoyillarining uyg‘unlashtirilishi nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari ikkinchi kurs bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv kompetensiyalarini multimodal kompozisiya integratsiyasi vositasida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantiruvchi multimodal-kompozision metodik model ishlab chiqilgan bo‘lib, unda vizual-verbal, raqamli hikoyaviy, janr asosli va metakognitiv strategiyalarning integratsiyalashuvi talabalarning kognitiv-metakognitiv ko‘nikmalar kompleksini, xususan, g‘oyaviy-kompozision tashkillashtirish va retrospektiv-prospektiv nazorat ko‘nikmalarini rivojlantirishi isbotlanganligi haqidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 5-martdagi 04/782-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mavzuni chuqur tushunish, g‘oyalarni tartibga solish va mantiqiy ifodalash qobiliyatlari shakllantirilgan;
talabaning yozuv kompetensiyasini uzlyuksiz jarayon sifatida tashkil etishni taʼminlovchi „3S+Reflection“ innovatsion modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yozuvgacha, yozuv jarayonida va yozuvdan keyingi bosqichlarning bir-biriga uzviy o‘tish dinamikasi — talaba har bosqichda oldingisiga qaytib, uni qayta baholab, yangi sifat darajasida oldinga siljishi — talabaning fikrlash faolligini kuchaytiruvchi hamda matnni bir martalik chiziqli yozuvdan spiralsimon qayta ishlash jarayoniga aylantiruvchi didaktik mexanizm sifatida nazariy-eksperimental jihatdan asoslanganligi haqidagi taklif va xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” amaliy loyihasi doirasida xalqaro loyihani amalga oshirishda va uning o‘quv jarayonida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 335/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatlari rivojlantirilgan;
texnologik yozuv kompetensiyasini rivojlantiruvchi uch yoʻnalishli multimodal topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, mazkur tizimning amaliy-ijodiy komponentida video-esse yaratish jarayonida matnni izchil hikoya ko‘rinishidan video formatga o‘tkazish orqali texno-yozuv ko‘nikmalari, xususan, ssenariy yozish, kadr-matn muvofiqligini taʼminlash va montaj orqali mantiqiy izchillikni saqlash malakalari integrativ rivojlanishi amaliy tajriba-sinov natijalari asosida dalillanganligi xususidagi xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the Interdisciplinary Master Program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 359/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mantiqiy fikrlash, dalillar keltirish, asoslangan xulosalar chiqarish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari asoslangan yozuv kompetensiyasini izchil rivojlantirish shakllari, vositalari va usullari asoslab berilgan;
talabalarning yozma nutq kompetensiyasini baholashning mazmun, struktura, til va multimodal ijodkorlik ko‘rsatkichlaridan iborat to‘rt komponentli baholash tizimi ishlab chiqilib, unda talaba tomonidan yaratilgan raqamli mahsulotning mazmuniy izchilligi, texnik sifati va lisoniy to‘g‘riligini yagona ballda jamlovchi integral baholash modeli — ya’ni har bir komponentni alohida analitik mezonlar orqali baholab, so‘ngra ularni yaxlit holistik ko‘rsatkichga birlashtiruvchi ikki bosqichli mexanizm orqali holistik va analitik baholash tamoyillarining uyg‘unlashtirilishi nazariy asoslanganligi haqidagi fikr-mulohazalardan Samarkand viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli oqshom” radiosi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Samarkand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-apreldagi 01-07/164-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tizimning talabalarning yozuv kompetensiyasi hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.