Joniqulov Egamberdi Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni mahalliy boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6552.
Ilmiy rahbar: Boltaev Sunnatillo Tuymurodovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kamaletdinov Shoxrux Shuxratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xaliqov Sodikjon Salixdjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni mahalliy boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy texnologiyalar asosida mahalliy boshqaruvdagi strelkalarni simsiz boshqarish va nazorat qilishni ta’minlovchi, boshqaruv buyruqlarining bajarilishi hamda nazorat signallari o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni tekshirish imkonini beruvchi chekli avtomat asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
elektr markazlashtirish tizimiga ulangan mikroprotsessorli qurilma hamda mahalliy boshqaruv pulti o‘rtasidagi axborot almashinuvini hisobga olgan holda mahalliy boshqaruvdagi strelkalarning holati va ular joylashgan strelkali seksiyalarni nazorat qilish usuli takomillashtirilgan;
temir yo‘l stansiyalarining mahalliy boshqaruvdagi strelkalar bo‘yicha manyovr marshrutlarni tayyorlash vaqtlarini aniqlash usuli manyovr tarkibining harakat tezligi, yo‘l profili va hisobiy parametrlarini hisobga olgan holda tortish hisoblari qoidalari asosida ishlab chiqilgan;
elektr markazlashtirish tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablarni inobatga olgan holda, zamonaviy raqamli va mikroprotsessorli texnologiyalar asosida elektr markazlashtirish tizimi tarkibidagi strelkalarni mahalliy boshqarish va nazorat qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni mahalliy boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy va markaziy ta’minotga ega strelkalarni simsiz boshqarish va nazorat qilishni ta’minlovchi takomillashtirilgan usul doirasida mikroprotsessorli vositalar ishlab chiqilgan hamda ularni elektr markazlashtirish tizimiga ulash uchun sxemaviy echimlar taklif etilib, “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent signallashtirish va aloqa” masofasiga qarashli “Hamza” stansiyasidagi 14/16 va 18-strelkalarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2026-yil 9-iyuldagi 4/E898-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir strelkani mahalliy boshqaruv rejimiga o‘tkazish uchun zarur relelar soni 5 taga kamaytirilgan, shuningdek, strelkalar holatini real vaqtda nazorat qilish va boshqaruv buyruqlarini arxivlash imkoniyatiga ega mobil ilova dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
temir yo‘l stansiyalarida elektr markazlashtirish tizimi tarkibidagi strelkalarni mahalliy boshqarish va nazorat qilish usuli takomillashtirilib, “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent signallashtirish va aloqa” masofasiga qarashli “Hamza” stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2026-yil 9-iyuldagi 4/E898-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maydon qurilmalari holatini o‘zgartirmasdan strelkalarning mahalliy boshqarish va elektr markazlashtirish tizimi bilan integratsiyalashgan holda ishlashi ta’minlangan. Manyovr kolonkasi va releli shkafdan voz kechish hamda har bir amal davomiyligini an’anaviy usulga nisbatan 3 daqiqagacha qisqartirish imkoniyati yaratilgan.