Yo‘ldashev Jasurbek Sa’dulla o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqariluvchi nochiziqlilikka ega muhitlarda nochiziqli to‘lqinlar dinamikasi”, 01.04.02 – “Nazariy fizika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM678. 
Ilmiy rahbar: Abdullaev Fatxulla Xabibullaevich, fizika matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc03/2025.27.12.FM.01.04.M.
Rasmiy opponentlar: U. K. Sapaev, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sh. N. Mardonov, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqot raqobatlashuvchi nochiziqlilikka, xususan Kerr nochiziqliligiga ega kvadratik muhitlardagi nochiziqli to‘lqinlar dinamikasini o‘rganishga bag'ishlangan. Kerr nochiziqliligining davriy modulyasiyasi ikkinchi garmonika generatsiyasi (IGG), BEKlardagi atom-molekulyar almashinuv va solitonlar barqarorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tez va sekin modulyasiyalar uchun o‘rtacha tenglamalar orqali IGG ni kuchaytiruvchi va bostiruvchi mexanizmlar aniqlanib, faza farqi hamda nochiziqlilikni boshqarish asosida solitonlarni barqarorlashtirish usullari taklif etiladi. Shuningdek, nochiziqli kvant bosimi, modulyasion beqarorlik va vektor solitonlarning shakllanishi analitik va sonli usullar bilan tasdiqlanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Raqobatlashuvchi Kerr nochiziqlilikka ega kvadratik muhitlarda to‘lqin dinamikasini boshqarishning yangi yondashuvi taklif etilib, unda davriy modulyasiya nochiziqlilikni boshqarishning asosiy mexanizmi sifatida qo‘llaniladi.
Tez va sekin Kerr modulyasiyalari uchun birinchi marta o‘rtacha tenglamalar keltirib chiqarilib, ular ikkinchi garmonika generatsiyasining (IGG) dinamik bostirilishi yoki kuchayishini hamda bu hodisalarning atom-molekulyar Bose–Eynshteyn kondensatiga tatbiq etilishini ko‘rsatadi.
Tezkor modulyasiyalarning effektiv kvadratik nochiziqlilik koeffisientiga ta'siri aniqlanib, IGG hosil bo‘lishini dinamik boshqarish imkoniyati ko‘rsatildi; sekin modulyasiyalarda esa nochiziqli o‘zaro ta’sirlarni kuchaytiruvchi rezonans holatlari aniqlandi.
Raqobatlashuvchi kvadratik va kubik nochiziqlilikka ega muhitlarda optik solitonlarni fazalar farqini va Kerr nochiziqliligini modulyasiya qilish orqali dinamik barqarorlashtirishning yangi usuli taklif etildi.
Tezkor modulyasiyali sistemalarda modulyasiyasiz holatga nisbatan kuchliroq effektiv nochiziqli kvant bosimi mavjudligi aniqlanib, bu modulyasiyalangan muhitlardagi to‘lqin dinamikasini tushunishga yangi nazariy asos beradi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada olingan natijalar scholar.google.com va scopus.com ma’lumotlariga ko‘ra 8 ta boshqa tadqiqotchilar tomonidan ishlatilgan va iqtibos keltirilgan:
- Jumladan dissertatsiyaning ikkinchi bobi bo‘yicha chop etilgan maqolaga quyidagi ishlar tomonidan 2 ta havola mavjud: Deng, H., Tan, Z., Kong, C., E, F., and Zhong, H. (2023). Pairing Superfluid-Insulator Transition Induced by Atom-Molecule Conversion in Bosonic Mixtures in Optical Lattice. Symmetry, 15(9), 1715; Deng, H., Huang, J., Lei, D., Jiang, C., and Kong, C. (2023). Chaos in coupled atom-molecular Bose-Einstein condensates. Communications in Theoretical Physics, 75(4), 045103.
- Dissertatsiyaning uchinchi bobi bo‘yicha chop etilgan maqolaga quyidagi ishlar tomonidan 2 ta havola mavjud: Vyacheslav A. Trofimov, Wang Yan, Dmitry M. Kharitonov, Mikhail V. Fedotov, Di Wang, Changjun Han and Yongqiang Yang. Coupled three-color soliton-like pulses with equidistant frequencies at three-wave mixing in a medium with quadratic and cubic susceptibility. Optik, 329, 172330 (2025); Vyacheslav A. Trofimov, Wanting Luo, Dmitry M. Kharitonov, Di Wang, Changjun Han, Yongqiang Yang and Vasily V. Tikhomirov. Combined multi-scale-variational approach for finding quadratic three-color optical solitons at three-wave cascaded interaction. Physica D: Nonlinear Phenomena, 476, 134668 (2025).
- Dissertatsiyaning to‘rtinchi bobi bo‘yicha chop etilgan maqolaga quyidagi ishlar tomonidan 2 ta havola mavjud: Mboumba, M. D., Kamsap, M. R., Moubissi, A. B., Ekogo, T. B., and Kofan´e, T. C. (2024). Modulational instability for a cubic-quintic model of coupled Gross-Pitaevskii equations with residual nonlinearities. Physica Scripta, 99(12), 125260; Xu, C. Li, J. and Lu, J. (2025) New Exact Solutions for the Coupled Gross-Pitaevskii Equation. Applied Mathematics, 16, 383-419; Fujioka, J. and Rodríguez, R. (2025) Embedded Vector Solitons. Applied Mathematics, 16, 593-627; Aldwoah, K., Abdalgadir, L. M., Rehman, S. U., Bilal, M., Alqarni, F. A., Egami, R., & Rashed, M. M. (2026). Soliton Genesis in a Novel Gross–Pitaevskii System: Analytical Construction and Dynamical Control. Symmetry, 18(2), 375.

Yangiliklarga obuna bo‘lish