Sattorov Sanjar Abdumurodovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar rivojlanishining statistik baholash metodologiyasini takomillashtirish” (Surxondaryo viloyat misolida), 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1108.
Ilmiy maslahatchi: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bayxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hudayberganov Dilshod Tuxtaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholashning zamonaviy statistik uslubiyatini takomillashtirish, ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va innovatsion omillarni integratsiyalashgan holda hududiy rivojlanish darajasini aniqlash hamda uning barqarorligini baholashga imkon beruvchi ko‘p omilli indikatorlar tizimi va ekonometrik modellarning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro metodologiyalarning qiyosiy tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi uchun taklif etilayotgan yangi statistik modelning konseptual tuzilmasiga ko‘ra, indikatorlarni normallashtirish, og‘irliklarni entropiya usulida obektiv aniqlash va subindekslarni integratsiyalashning yopiq algoritmiga tayanuvchi integral hududiy rivojlanish indeksi (IHRI=∑_(i=1)^n▒〖w_i*Z_i 〗) ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiy o‘sish modeli (Y=(X2^0,09∙〖X3〗^0,75∙〖X4〗^0,68)/(〖X1〗^0,14∙e^0,24531 )) va aholi farovonligining panel regressiya modeli (〖SW〗_it=0,21BD+0,34IT+0,31TSQ+0,303SF-19,04) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi integrallashgan ekonometrik yondashuv ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini uch o‘lchovli model (iqtisodiy (Iq), ijtimoiy (E) va infratuzilmaviy (It)) asosida nomutanosib rivojlanishni Iq3E3It3 (uchala o‘lcham yuqori bo‘lgan muvozanatli rivojlangan), Iq2E3It3(iqtisodiy o‘lcham bo‘yicha ortda qolgan), Iq3E3It2 (infratuzilma bo‘yicha ortda qolgan), Iq1E2It3 (iqtisodiy-ijtimoiy nomutanosib); Iq1E3It4 (infratuzilmasi eng yuqori, iqtisodiyoti past keskin nomutanosib) va Iq2E2It3 (iqtisodiy va ijtimoiy o‘lchamlari o‘rta darajadagi nomutanosib) turlarga ajratilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlashning kompleks, tizimli va ilmiy asoslangan mexanizmi asosida takomillashtirilgan yagona hududiy rivojlanish modeli I_i^(t+1)=F(∑_(k=1)^K▒〖∝_k (∑_(j=1)^(n_k)▒〖w_jk*f(X_ijk^t)), F(X_it)〗〗 ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiy o‘sish modeli va aholi farovonligining panel regressiya modellari asosida 2026–2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi globallashtirish sharoitlarida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini statistik baholash metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xalqaro metodologiyalarning qiyosiy tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi uchun taklif etilayotgan yangi statistik modelning konseptual tuzilmasiga ko‘ra, indikatorlarni normallashtirish, og‘irliklarni entropiya usulida obektiv aniqlash va subindekslarni integratsiyalashning yopiq algoritmiga tayanuvchi integral hududiy rivojlanish indeksi (IHRI=∑_(i=1)^n▒〖w_i*Z_i 〗) bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 14-maydagi 04-04/881-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida Surxondaryo viloyatining integral hududiy rivojlanish indeksi = 0,59 ni tashkil etib, xalqaro mezonlarga ko‘ra “o‘rta darajadagi rivojlanish” (0,5–0,7 oralig‘i) toifasiga kirishi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiy o‘sish modeli (Y=(X2^0,09∙〖X3〗^0,75∙〖X4〗^0,68)/(〖X1〗^0,14∙e^0,24531 )) va aholi farovonligining panel regressiya modeli (〖SW〗_it=0,21BD+0,34IT+0,31TSQ+0,303SF-19,04) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi integrallashgan ekonometrik yondashuv bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 14-maydagi 04-04/881-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan integrallashgan ekonometrik yondashuvni amaliyotga joriy etish natijasida, hududiy iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8–12% ga tezlashib, aholi daromadlarining barqarorligi 0,1 punktga yaqin oshgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini uch o‘lchovli model (iqtisodiy (Iq), ijtimoiy (E) va infratuzilmaviy (It)) asosida nomutanosib rivojlanishni Iq3E3It3 (uchala o‘lcham yuqori bo‘lgan muvozanatli rivojlangan), Iq2E3It3(iqtisodiy o‘lcham bo‘yicha ortda qolgan), Iq3E3It2 (infratuzilma bo‘yicha ortda qolgan), Iq1E2It3 (iqtisodiy-ijtimoiy nomutanosib); Iq1E3It4 (infratuzilmasi eng yuqori, iqtisodiyoti past keskin nomutanosib) va Iq2E2It3 (iqtisodiy va ijtimoiy o‘lchamlari o‘rta darajadagi nomutanosib) turlarga ajratish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil
14-maydagi 04-04/881-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida, hududiy nomutanosiblik darajasi 30% dan ortiq kamayib, yuqori rivojlangan hududlar ulushi 2 barobarga oshgan, boshqaruv qarorlarining aniqligi va samaradorligi sezilarli darajada yaxshilangan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlashning kompleks, tizimli va ilmiy asoslangan mexanizmi asosida takomillashtirilgan yagona hududiy rivojlanish modeli Surxondaryo viloyati hokimligi amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 14-maydagi 04-04/881-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari 1,5–2 baravar tezlashib, aholi farovonligi va daromadlari sezilarli oshgan, hududlararo tafovut 30% gacha qisqarib, prognozlash tizimi yuqori aniqlikka ega bo‘lgan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiy o‘sish modeli va aholi farovonligining panel regressiya modellari asosida 2026–2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari Surxondaryo viloyati hokimligi amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 14-maydagi 04-04/881-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik asosida 2030-yilga borib YaHM 40% gacha o‘sib, aholi daromadlari barqarorligi 0,15 punktga oshgan, kambag‘allik darajasi 8–9% gacha kamayib, bandlik darajasi 97% dan yuqori darajaga etishi aniqlangan.