Tojiev Zafar Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘oldi lalmi ekin erlarini suv eroziyasidan himoya qilish usulini takomillashtirish (Parkent tumani misolida)”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va yer monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1145
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Umidbek Xudayberganovich, Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sadulla, iqtisod fanlari doktori, professor; Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Er tuzish loyihasi asosida tog‘oldi lalmi ekin erlarida yuzaga kelayotgan suv eroziyasi jarayonlarini oldini olish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkent tumani “Bo‘ston” massivi lalmi ekin erlarining suv eroziyasiga moyillik darajalari baholanib, *.style formatdagi shartli belgilar va “Eroziyaga moyillik” xaritasi ishlab chiqilgan hamda suv eroziyasi xavfi yuqori hududlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
tog‘oldi lalmi ekin erlarida suv eroziyasini aniqlash va oldini olish maqsadida RUSLE>VEKTORMALUMOT>KLASSIFIKASIYa>ArcGIS>DEM modeli asosida veb dasturlash platformasi orqali lalmi ekin er maydonlarini monitoring qilishning “GEE-Degramap” avtomatlashgan tizimi ishlab chiqilgan;
3D vizualizatsiya orqali hudud relefining balandliklar farqini kuzatish va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida er tuzish loyihalarini ishlab chiqishda rejalashtirish imkonini beruvchi “Antidegrad.uz” web platformasi samarali ekanligi ilmiy asoslangan;
tog‘oldi lalmi ekin erlarida eroziya xavfini kamaytirish maqsadida, EROSYN modeli ishlab chiqilgan va xo‘jalikda ichki er tuzish loyihasining iqtisodiy samaradorligi qiyosiy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘oldi lalmi hududlarida ekin erlarini eroziyadan himoya qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot ishi degradatsiyaga uchragan erlarni monitoring qilish, ularni darajalarini aniqlash va er tuzish ishlari orqali eroziyaga uchragan erlarni oldini olish usullarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan va olib borilgan tadqiqotlar ushbu masalalarni ilmiy echimiga qaratilgan, Jumladan: Parkent tumani lalmi er maydonlarida degradatsiya jarayonlarini aniqlash va holatini real vaqt rejimida kuzatish maqsadida veb dasturlash (Google earth engine) platformalari asosida ishlovchi, monitoring jarayonlarini avtomatlashtirgan “DegraMap” zamonaviy onlayn axborot tizimi ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-651-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘oldi lalmi erlaridan samarali foydalanish va degradatsiya jarayonlarini muntazam nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
Toshkent viloyati Parkent tumani relefining ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, qishloq xo‘jaligi massivining yangilangan kartografik modeli ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-651-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud lalmi erlarining eroziya darajalarini (kuchli, o‘rta va kuchsiz va aralash) aniqlash imkonini bergan.
Tog‘oldi hududlaridagi lalmi erlar uchun suv eroziyasi xavfi yuqori bo‘lgan maydonlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida, eroziyaga qarshi choralarni ilmiy asoslash uchun RUSLE modelidan foydalanilgan bo‘lib, vektor ma’lumotlari, erlarning klassifikatsiyasi, ArcGIS tizimi va raqamli relef modeli (DEM) asosida tadqiqot obektining lalmi erlariga doir “Eroziyaga xavflilik” xaritasi ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-651-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan antidegrad.uz platformasi asosida xo‘jalikda ichki er tuzish loyihasi ishlab chiqilgan va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
Suv eroziyasi xavfini kamaytirish, erning unumdorligini saqlab qolish maqsadida EROSYN modeli ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda “Raxim ota” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/05-04-651-son ma’lumotnomasi). Natijada, lalmi ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida xo‘jalik miqyosida ichki EROSYN modelini qo‘llagan holda er tuzish loyihasi ishlab chiqilgan hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.