Miraxatova Diyora Mirazim qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arab rasmiy diskursida imkoniyat/imkonsizlik modalligining ifodalanish vositalari”, 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3424.
Ilmiy rahbar: Mutalova Gulnora Sattorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.         
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nasirova Malika Anvarovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi arab tilining rasmiy diskursida imkoniyat va imkonsizlik modalligini ifodalovchi vositalarni asoslash hamda ularning funksional-semantik tavsifini berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rasmiy diskursda modallik jumlaning voqelikka bo‘lgan turli munosabatni hamda bayon etilayotgan mazmunga bo‘lgan subektiv bahoni ifodalovchi funksional-semantik kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
modallik kategoriyasini belgilovchi mashrūțiyya, wajh, mawqifiyya, mashrūțiyya, mawqif, mūdalayti va mūdal kabi terminlar aniqlanib, ular orasida, mawqifiyya va mawqif  kabilar modallikning mohiyatini to‘liq ochib beruvchi va eng maqbul terminlar sifatida  belgilangan;
arab tilining rasmiy diskursida modallikning leksik (turli so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning semantik tarkibiga kiruvchi modallik va modal so‘zlar), sintaktik (kiritma so‘zlar va konstruksiyalar) hamda morfologik (shart-istak mayli) darajalarda amalga oshishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
Misr Arab Respublikasi prezidenti rasmiy nutqlarida modal bo‘yoqlarni ifodalashda  modal shakllarning ustuvorligi aniqlangan (istaṭāʿa /qodir bo‘lish, imkoniga ega bo‘lmoq/; predikativlar mumkin/yumkin /mumkin/ va lā yajūz /mumkin emas/ so‘zlari bo‘lib, ular asosan shart mayli va asosiy semantik fe’l bilan birikib qo‘llanadi), shuningdek, yaqin periferiyaning barqaror roli (modal fe’llar: tamakkanna /biror ishni bajarish imkoniga ega bo‘lmoq; qodir bo‘lmoq/, min al-mumkin /mumkin/, lā yumkin /imkonsiz/, fī imkāni /imkoniyatga ega/, qādir  /qodir/) aniqlangan; 
arab rasmiy diskursida imkoniyat va imkonsizlik modalligi kategoriyasini ifodalashning eng mahsuldor usuli aniqlanib, bular fe’lni shart mayliga keltiruvchi yuklamalar bilan birikkan shart mayli, modal fe’llar, qad yuklamasi bilan birikkan imperfektning aniqlik mayli, shuningdek, shaxssiz qurilmalar, sifatdoshlar, sintaktik konstruksiyalar va ohang ekanligi oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arab rasmiy diskursida imkoniyat va imkonsizlik modalligini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
modallik kategoriyasini belgilovchi mashrūțiyya, wajh, mawqifiyya, mawqif, mūdalayti va mūdal kabi terminlar aniqlanib, ular orasida mawqifiyya va mawqif terminlari modallikning mohiyatini to‘liq ochib beruvchi va eng maqbul terminlar sifatida belgilanganligi asosidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” DUK teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” DUK teleradiokanalining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1296-son ma’lumotnomasi). Natijada, arab tilidagi modallikka oid nazariy ma’lumotlar radioeshittirishlar mazmunini boyitishga hamda ushbu mavzuning ommalashuviga xizmat qilgan;
rasmiy diskursda modallik jumlaning voqelikka bo‘lgan turli munosabatni hamda bayon etilayotgan mazmunga bo‘lgan subektiv bahoni ifodalovchi funksional-semantik kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanganligi, Misr Arab Respublikasi prezidenti rasmiy nutqlarida modal bo‘yoqlarni ifodalashda modal shakllarning ustuvorligi hamda yaqin periferiyaning barqaror roli aniqlanganligi asosidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazida tadqiq qilinayotgan diniy manbalar va hadislarning arabcha matnlarini ilmiy-lingvistik o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 02/616-son ma’lumotnomasi). Natijada, arab tilida modallikning funksional xususiyatlari va uning rasmiy diskursda namoyon bo‘lishiga oid mazkur ilmiy natijalar diniy manbalarda ushbu hodisani aniqroq talqin qilish hamda ilmiy-lingvistik tadqiqotlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
arab tilining rasmiy diskursida modallikning leksik, sintaktik hamda morfologik darajalarda amalga oshishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi hamda arab rasmiy diskursida imkoniyat va imkonsizlik modalligi kategoriyasini ifodalashning eng mahsuldor usullari, jumladan, shart mayli, modal fe’llar, qad yuklamasi bilan birikkan imperfektning aniqlik mayli, shaxssiz qurilmalar, sifatdoshlar, sintaktik konstruksiyalar va ohang aniqlanganligi asosidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xolid Abdulazizning amaliy grammatika darsligini tarjima qilish” nomli ilmiy-amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 6-avgustdagi 01-04-01/1914-son ma’lumotnomasi) Natijada, mazkur ilmiy xulosalar talabalarda arab tili grammatikasini o‘zlashtirish bo‘yicha muayyan ko‘nikmalarni shakllantirishga, arab tilini chuqurroq o‘rganishga,  shuningdek imkoniyat va imkonsizlik modalligini ifodalash vositalariga oid o‘quv fanlari mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish