Xolyigitova Baxor Kimsanboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4591.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Komilov Jamoliddin Karimjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik milliy mahorat  instituti, DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01
  Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abduhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar vositasida shakllantirish voqelikni obrazlar orqali badiiy asar mazmunini tushuntirish (reproduktiv), muammoga echim topish (produktiv) va yangi g‘oya yaratish (ijodiy) parametrlariga “men ham shu obrazga kirishaman” tamoyilini kreativ loyihalash, faol-kognitiv-didaktik konvergensiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar orqali shakllantirish metodikasi amaliyot va refleksiyaga yo‘naltirilgan “Evristik”, “Dramatizatsiya”, “Adabiy refleksiya va “Mantiqiy fikrlash” kabi  metodlar yordamida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi muammoli zonalarini simulyativ va davriy modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar vositasida shakllantirish modeli faol o‘qitish va mustaqil fikrlashni nutqiy verbalizatsiyalash bosqichlari mazmuniga “Moslashuvchan fikrlash”, “Ravon nutqiy ifoda”, “Nostandart tafakkur”, “Batafsil ifodalash” kabi ta’lim metodlarini konstruktiv qo‘llash hamda audio – dostonlar, videosaboqlar, interaktiv munozaralarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar vositasida rivojlantirish mazmuni nutqiy birliklar (1-sinf – tovush, 2-sinf – leksik-semantik so‘z, 3-sinf – sintaktik tuzilma, 4-sinf – kichik matn, ertak va hikoyalar) kesimida divergent va konvergent fikrlashning kognitiv mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar vositasida shakllantirish voqelikni obrazlar orqali badiiy asar mazmunini tushunish (reproduktiv), muammoga echim topish (produktiv) va yangi g‘oya yaratish (ijodiy) parametrlariga “men ham shu obrazga kirishaman” tamoyilini kreativ loyihalash, faol-kognitiv-didaktik konvergensiyalash  asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston Davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-01-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, badiiy adabiyotlar o‘quvchilar ruhiyati va ma’naviyatiga emotsional-estetik ta’siri aniqlangan hamda kognitiv-kommunikativ munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar orqali shakllantirish metodikasi amaliyot va refleksiyaga yo‘naltirilgan “Evristik”, “Dramatizatsiya”, “Adabiy refleksiya” va “Mantiqiy fikrlash” kabi metodlar yordamida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi muammoli zonalarini simulyativ va davriy modifikatsiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston Davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-01-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda bibliografik ko‘rsatkichlar bilan ishlash, kitobxonlik kundaliklarini yuritish, matn ustida ishlash ko‘nikmalari ortishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish modeli faol o‘qitish va mustaqil fikrlashni nutqiy verbalizatsiyalash bosqichlari mazmuniga “Moslashuvchan fikrlash”, “Ravon nutqiy ifoda”, “Nostandart tafakkur”, “Batafsil ifodalash” kabi ta’lim metodlarini konstruktiv qo‘llash hamda audio-dostonlar, videosaboqlar, interaktiv munozaralarni kiritish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
4-sinf “O‘qish savodxonligi” darslarini tashkil etishning nazariy-metodologik hamda uslubiy-metodik asoslarining dialektik aloqadorligini aniqlashtirishda va “Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuni yoritishda foydalanilgan (Guliston Davlat universitetining 2025-yil 4-fevraldagi 25-02-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘qish savodxonligi” darslarini o‘qitishda uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlashga erishilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar vositasida rivojlantirish mazmuni nutqiy birliklar (1-sinf – tovush, 2-sinf – leksik-semantik so‘z, 3-sinf – sintaktik tuzilma, 4-sinf – kichik matn, ertak va hikoyalar) kesimida divergent va konvergent fikrlashning kognitiv mezonlari asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan o‘quvchilar uchun “O‘qish savodxonligi” fanidan elektron ta’lim resursi va mobil ilova ishlab chiqishda hamda “Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuni yoritishda foydalanilgan (Guliston Davlat universitetining 2025-yil 4-fevraldagi 25-02-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, “O‘qish savodxonligi” darslarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kitoblarni mustaqil tanlash va saralash, bosqichma-bosqich o‘qish, o‘qishga tizimli yondashish, mutolaadan samarali natija olish, kitoblar bilan ishlashning ichki imkoniyatlari aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish