Beknazarova Malika Baurjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX–XX asr boshlarida Toshkent viloyati turarjoy binolarining me’moriy-badiiy xususiyatlari”, 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/A158.
Ilmiy rahbar: Yusupova Mavlyuda Aminjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.San.03.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uralov Ahtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Kasimov Oybek Sadiqjanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX–XX asr boshlaridagi Toshkent viloyati an’anaviy turarjoy binolarining shakllanishi, me’moriy-rejaviy, badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Toshkent viloyati an’anaviy turarjoy me’morligi iqlim sharoiti va tabiiy mihit ta’sirida shakllanganligi, uning mintaqaviy-me’moriy xususiyatlari tasnifi asosida – voha hududlarida – (Chinoz, Yangiyo‘l, Zangiota, Bo‘ka, To‘ytepa) keng hovlili va yopiq kompozisiyali; vodiy mintaqalarida – (Pskent, Murodali, Keruvchi) ikki xonali, dahliz, chuqur ayvonli va katta derazali; tog‘ oldi hududlarida – (Ohangaron – Qoraxitoy, Telov; Angren – Obliq; Parkent tepaligi) surma ravonli-ayvon, yarim ochiq va relefga moslashgan yarusli hovlilar; tog‘li mintaqalarda – (Bo‘stonliq – Soyliq) esa tosh poydevorli, ixcham hamda sovuq iqlim sharoitiga xos rejaviy-kompozision echimlarning tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liq me’moriy xususiyatlari asoslangan;
XIX–XX asr boshlaridagi Toshkent viloyati an’anaviy turarjoylarining me’moriy-rejaviy jihatidan me’moriy-kompozision xususiyatlariga ko‘ra besh tipga: bir qavat to‘rtburchak tarhli ikki xonali; ko‘p xonali; bir yoki ikki qavatli to‘rtburchak tarhli qozi uylari; bir qavat to‘rtburchak va burchak shakldagi surma ravonli-ayvon tipli; ichkari va tashqari hovlili murakkab majmualarga ajratilib, uy-joy me’morligining dinamik rivojlanish bosqichlari aniqlangan;
Toshkent viloyati an’anaviy uy-joylarida iqlim sharoiti, oilaviy-maishiy hayot tarzi va mahalliy me’moriy an’analar ta’sirida shakllanganligi, xona va hovlini bog‘lovchi ayvonlarning funksional va fazoviy-kompozision tiplari: ko‘p ustunli peshayvon (asosan Obliq uylarida); yon ayvon; “L”-shaklli ayvon; chuqur ayvon (Chinozdagi Qozi uyida); ikki xona o‘rtasidagi bir ustunli ayvon (Parkent uylarida); yarim ochiq surma ravonli ayvon (asosan Obliq, Telov uylarida) kabi me’moriy-fazoviy kompozision xususiyatlarining tasniflanishi dalillangan;
Toshkent viloyati turarjoy me’morligining badiiy xususiyatlari mahalliy me’moriy an’analar negizida shakllangan holda, ularda Farg‘ona me’morlik maktabi ta’siri sezilib, shiftlarning tipologik tasnifi (to‘sin-vassali, tekis taxtali va murakkab yirik hovuzakli); xona intereri perimetr bo‘ylab tokchalar joylashuvi; devorlarning badiiy bezak turlari (namoyon naqshlarning uch turi: tabiiylikka yaqin gulli siyohqalamli, ko‘za ifodali; uch bargli gulli ko‘za ifodali ganch o‘ymakorligi; geometrik shakldagi chiziqlar bilan o‘ralgan islimiy gulli, shikfli ganch o‘ymakorligi); eshik, deraza va ustunlarning an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi; surma-ravonlarning konstruktiv-badiiy echimlari (mayda fanera va shishali, yirik fanerali markazda bitta shishali); polixrom naqshli bezaklari (asosan kontrast ranglar: to‘q yashil, qizil, sariq, qora xoshiya v.h) asosida mintaqaga xos badiiy-me’moriy qiyofa shakllangani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahrisabz meʼmoriy merosining mahalliy xususiyatlari va restavratsiya muammolarini tadqiq etish natijalari asosida:
Toshkent viloyati an’anaviy turarjoy me’morligi iqlim sharoiti va tabiiy mihit ta’sirida shakllanganligi, uning mintaqaviy-me’moriy xususiyatlari tasnifi asosida – voha hududlarida – (Chinoz, Yangiyo‘l, Zangiota, Bo‘ka, To‘ytepa) keng hovlili va yopiq kompozisiyali; vodiy mintaqalarida – (Pskent, Murodali, Keruvchi) ikki xonali, dahliz, chuqur ayvonli va katta derazali; tog‘ oldi hududlarida – (Ohangaron – Qoraxitoy, Telov, Angren – Obliq, Parkent tepaligi) surma ravonli-ayvon, yarim ochiq va relefga moslashgan yarusli hovlilar; tog‘li mintaqalarda – (Bo‘stonliq – Soyliq) esa tosh poydevorli, ixcham hamda sovuq iqlim sharoitiga xos rejaviy-kompozision echimlarning tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liq me’moriy xususiyatlari asoslanganganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2026-yil 11-avgustdagi 01-32/619-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish va yoshlarni vatanparvarlik hamda estetik qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
XIX–XX asr boshlaridagi Toshkent viloyati an’anaviy turarjoylarining me’moriy-rejaviy jihatidan me’moriy-kompozision xususiyatlariga ko‘ra besh tipga: bir qavat to‘rtburchak tarhli ikki xonali; ko‘p xonali; bir yoki ikki qavatli to‘rtburchak tarhli qozi uylari; bir qavat tarhli to‘rtburchak va burchak shakldagi surma ravonli-ayvon tipli; ichkari va tashqari hovlili murakkab majmualarga ajratilib, uy-joy me’morligining dinamik rivojlanish bosqichlari aniqlanganligi hamda Toshkent viloyati an’anaviy uy-joylarida iqlim sharoiti, oilaviy-maishiy hayot tarzi va mahalliy me’moriy an’analar ta’sirida shakllanganligi, xona va hovlini bog‘lovchi ayvonlarning funksional va fazoviy-kompozision tiplari: ko‘p ustunli peshayvon (asosan Obliq uylarida); yon ayvon; “L”-shaklli ayvon; chuqur ayvon (Chinozdagi Qozi uyida); ikki xona o‘rtasidagi bir ustunli ayvon (Parkent uylarida); yarim ochiq surma ravonli-ayvon (asosan Obliq, Telov uylarida) kabi me’moriy-fazoviy kompozision xususiyatlarining tasniflanishi dalillanganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 14-avgustdagi 04-07/4282-son,). Natijada Toshkent viloyati turarjoy binolarining mahaliy me’moriy-rejaviy kompozision xususiyatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tushunchalar olish imkoniyati erishilgan;
Toshkent viloyati turarjoy me’morligining badiiy xususiyatlari mahalliy me’moriy an’analar negizida shakllangani hamda Farg‘ona me’morlik maktabi ta’siri sezilib – shiftlarning tipologik tasnifi (to‘sin-vassali, tekis taxtali va murakkab yirik hovuzakli); xona intereri perimetr bo‘ylab tokchalar joylashuvi; devorlarning badiiy bezak turlari (namoyon naqshlarning uch turi: tabiiylikka yaqin gulli siyohqalamli, ko‘za ifodali; uch bargli gulli ko‘za ifodali ganch o‘ymakorligi; geometrik shakldagi chiziqlar bilan o‘ralgan islimiy gulli, shikfli ganch o‘ymakorligi); eshik, deraza va ustunlarning an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi; surma-ravonlarning konstruktiv-badiiy echimlari (mayda fanera va shishali, yirik fanerali markazda bitta shishali); polixrom naqshli bezaklari (asosan kontrast ranglar: to‘q yashil, qizil, sariq, qora xoshiya v.h) asosida mintaqaga xos badiiy-me’moriy qiyofa shakllangani aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi “O‘zbekiston Islom san’ati jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 17-avgustdagi 05-14/413-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosalar an’anaviy turarjoy me’morligining o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini ochib berish, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish va mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarni rivojlantirishda amaliy ahamiyat kasb etgan.