Rustamov Alisher Abduhakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq ko‘nikmalarini pedagogik diagnostika metodikasi orqali rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7138.
Ilmiy rahbar: Rustamova Adash Eshankulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Davronova Fotima Pirnazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq ko‘nikmalarini pedagogik diagnostika metodikasi orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “DWOM” (Diagnostic–Profile–Adaptation–Reflection) modeli ishlab chiqilib, uning “individual adaptatsiya” komponentida diagnostik profil ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga muvofiq topshiriq murakkabligini bosqichma-bosqich moslashtiruvchi adaptiv-differensial korreksiya mexanizmi dinamik-progressiv tarzda aniqlashtirilgan;
chet tilida yozma nutq kompetensiyasini pedagogik diagnostika vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizim jahon pedagogik tajribasi tahlili asosida milliy ta’lim muhitiga adaptiv-integrativ tarzda moslashtirilgan holda ishlab chiqilib, uning kognitiv yuklamani muvozanatlashtirish komponentida yozma topshiriqlarni o‘quvchining tayyorgarlik darajasiga muvofiq differensiallashtirish mexanizmi bosqichli-progressiv tarzda takomillashtirilgan;
yozma faoliyatni “pre-writing diagnostics”, “while-writing monitoring” va “post-writing evaluation” bosqichlari asosida tashkil etishning bosqichli-diagnostik mexanizmi ishlab chiqilib, uning refleksiv tahlil komponentida o‘quvchilarning argumentativ yozuv va tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi sikllik-korreksion tarzda nazariy-amaliy jihatdan dalillangan;
yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostika ma’lumotlariga tayanuvchi kollaborativ yozma faoliyat mexanizmi differensial-korreksion asosda ishlab chiqilib, uning o‘quvchilarda kommunikativ yozuv strategiyalarini interaktiv-kooperativ tarzda shakllantirishdagi lingvodidaktik samaradorligi tajriba-sinov asosida amaliy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq ko‘nikmalarini pedagogik diagnostika metodikasi orqali rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “DWOM” (Diagnostic–Profile–Adaptation–Reflection) modeli ishlab chiqilib, uning “individual adaptatsiya” komponentida diagnostik profil ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga muvofiq topshiriq murakkabligini bosqichma-bosqich moslashtiruvchi adaptiv-differensial korreksiya mexanizmi dinamik-progressiv tarzda aniqlashtirilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 11-dekabrdagi № 04/11-29627-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostikaning lingvodidaktik, lingvopsixologik va baholash mezonlarini integrativ yondashuv asosida birlashtirishga erishilgan;
chet tilida yozma nutq kompetensiyasini pedagogik diagnostika vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizim jahon pedagogik tajribasi tahlili asosida milliy ta’lim muhitiga adaptiv-integrativ tarzda moslashtirilgan holda ishlab chiqilib, uning kognitiv yuklamani muvozanatlashtirish komponentida yozma topshiriqlarni o‘quvchining tayyorgarlik darajasiga muvofiq differensiallashtirish mexanizmi bosqichli-progressiv tarzda takomillashtirilganligi haqidagi fikr va mulohazalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 12-dekabrdagi № 04/11-29699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilida yozma nutq kompetensiyasini pedagogik diagnostika vositasida rivojlantirishda jahon pedagogik tajribasini tahlil qilishga xizmat qilmoqda;
yozma faoliyatni “pre-writing diagnostics”, “while-writing monitoring” va “post-writing evaluation” bosqichlari asosida tashkil etishning bosqichli-diagnostik mexanizmi ishlab chiqilib, uning refleksiv tahlil komponentida o‘quvchilarning argumentativ yozuv va tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi sikllik-korreksion tarzda nazariy-amaliy jihatdan dalillanganligi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
2021-2023-yillarda amalga oshirilgan RZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil
6-apreldagi №04/1-1846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostikaga asoslangan metodik tizim takomillashtirilishi isbotlangan;
yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostika ma’lumotlariga tayanuvchi kollaborativ yozma faoliyat mexanizmi differensial-korreksion asosda ishlab chiqilib, uning o‘quvchilarda kommunikativ yozuv strategiyalarini interaktiv-kooperativ tarzda shakllantirishdagi lingvodidaktik samaradorligi tajriba-sinov asosida amaliy isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DMda 2025-yil 02-iyun kuni efirga chiqqan “Assalom Samarqand” eshittirishining navbatdagi soni ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan. Xususan ingliz tilining yozma nutq ko‘nikma va malakalarini pedagogik diagnostika metodikasi orqali yanada rivojlantirish va ulardan darslarda samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali ochib berilgan xulosalar “Samarqand viloyati teleradiokanali” davlat ta’lim muassasalarining o‘quv-ilmiy faoliyatini takomillashtirish, o‘quvchilarning yozuv ko‘nikmasini shakllantirish va monitoring qilishda hamda o‘rta maktab ta’lim sohasida bu yangilikni tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ma’lum darajada manba bo‘lib xizmat qiladi (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 9-iyundagi 01-07/213-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostikani optimallashtirishga erishilgan.