Pazilova Dilnoza Xaydaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (AKT sohasida kasbiy ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2026.1.PhD/Ped/5958.
Ilmiy rahbar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01. 
Rasmiy opponentlar: Turaqulov Olimjon Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergashev Bobur Baxodirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborot kompetenligi mazmuni integratsion-analitik, imitatsion-kreativlik, case-inisiativlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy, metodik asoslarini tahlil etish hamda axborot kompetentligi faoliyat xususiyatlari tuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari “Web dasturlashga kirish” fanida pedagogik-intellektuallik, smart-produktogenlik, integrativlik tamoyillari asosida texnologik, loyihaviy va refleksiv faoliyat turlarini takomillashtirish orqali aniqlangan;
ijtimoiy tarmoq texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasi “Web dasturlashga kirish” fanidan talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda “Testor AI” generativ interfeysi va Live Coding (Jonli kodlash), Veb kvest, Vizual dasturlash interaktiv metodlarini integratsiyalash orqali pedagogik model takomillashtirilgan;
talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy tarmoq texnologiyalariga asoslangan integrativ pedagogik modeli metodik komponenti innovatsion ta’lim olishga tayyorlash hamda motivatsion - texnologik, kreativ-kognitiv, innovatsion-interaktiv baholash mezonlari va darajalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar, metodik ko‘rsatmalar va texnologik echimlar oliy ta’lim muassasalarida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish va ijtimoiy tarmoq texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha quyidagi shakllarda amaliyotga joriy etildi:
talabalarning axborot kompetenligi mazmuni integratsion-analitik, imitatsion-kreativlik, case-inisiativlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy, metodik asoslarini tahlil etish hamda axborot kompetentligi faoliyat xususiyatlari tuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Web texnologiyalar” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.04.2025 y. 136-buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi №588998). Natijada oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari “Web dasturlashga kirish” fanidan o‘quv- uslubiy qo‘llanmada pedagogik-intellektuallik, smart-produktogenlik, integrativlik tamoyillari asosida texnologik, loyihaviy va refleksiv faoliyat turlarini takomillashtilgan (ISBN 978-9910-570-16-2); 
ijtimoiy tarmoq texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasi “Web dasturlashga kirish” fanidan talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda “Testor AI” generativ interfeysi va Live Coding (Jonli kodlash), Veb kvest, Vizual dasturlash interaktiv metodlarini integratsiyalash orqali takomillashtirish bilan bog‘liq takliflar asosida Testor AI chatbot interfeysi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Elektron xisoblash mashinalari uchun guvohnomasi). Natijada talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy tarmoq texnologiyalariga asoslangan integrativ pedagogik modelini ijtimoiy tarmoq texnologiyalari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq takliflar asosida Testor AI chatbot interfeysi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Elektron hisoblash mashinalari uchun guvohnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy tarmoq texnologiyalari asosida axborot kompetentligini baholashning innovatsion ta’minoti yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish