Xodjieva Gulira’no Sayfullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni skrining va kuzatishda  axborot texnologiyalaridan foydalanish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1215.
Ilmiy maslahatchi: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02
Rasmiy opponentlar: Badriddinova Matlyuba Najmiddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Elmira Kuanyshovna Bekmurzaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi  Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda skrining, dinamik kuzatuv, davolash hamda asoratlarni erta aniqlash tizimida raqamli axborot texnologiyalarining klinik samaradorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertenziya va yurakning ishemik kasalligining tarqalishi hamda ko‘p yillik dinamikasining qonuniyatlari aniqlanib, ular komorbid shakllar ulushining izchil ortishi va barqaror kardiometabolik kontinuum shakllanishi bilan tavsiflanishi isbotlangan; 
prospektiv kuzatuv doirasida qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi komorbid kechuvchi bemorlarda subklinik shikastlanishning erta klinik-laborator, funksional va instrumental markerlari majmuasi aniqlangan hamda ularning asoratlarni klinikagacha bo‘lgan bosqichda verifikatsiya qilishdagi diagnostik va prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan; 
ilk bor raqamli monitoring texnologiyalari va ko‘p parametrli ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalangan holda qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi asoratlarining rivojlanishi va progressiyasini bashorat qiluvchi barqaror prediktorlar aniqlanib, ular klinik-funksional ko‘rsatkichlar hamda uzlyuksiz kuzatuvning raqamli markerlarini integratsiya qilishga asoslangan; 
ilk bor yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni personallashtirilgan skrining qilish, dinamik kuzatish va boshqarishning «Unix-Med» platformasi negizidagi raqamli modeli ishlab chiqilib, uning tibbiy hamda raqamli ma’lumotlarni yagona analitik konturga integratsiya qilish orqali klinik qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishi isbotlangan; 
ilk bor qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni erta tashxislash va profilaktika qilish uchun ko‘p omilli xavf shkalasi hamda algoritm ishlab chiqilib, uning raqamli markerlarni personallashtirilgan tahlil qilish va klinik holatni uzlyuksiz monitoring qilish imkoniyatini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni skrining va kuzatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv tahlil doirasida qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligining tarqalishi hamda ko‘p yillik dinamikasining qonuniyatlari aniqlanib, ular komorbid shakllar ulushining izchil ortishi va metabolik hamda yurak-qon tomir tizimi buzilishlarining o‘zaro bog‘liq holda tizimli progressiyasini aks ettiruvchi barqaror kardiometabolik kontinuum shakllanishi bilan tavsiflangan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar va integral algoritmlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/10-sonli xulosasi bilan ma’qullandi. Olingan natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (04.07.2025 y. 1836-2-208-TB/2025 va 1835-2-208-TB/2025 sonli buyruqlar), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (04.03.2025 y., 275-2-42-TB/2025 va 274-2-42-TB/2025 sonli buyruqlar) hamda Buxoro shahar 11-son oilaviy poliklinikasi (12.07.2025 y., 233-2-42-DOP/2025 va 234-2-42-DOP/2025 sonli buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aholida hayot sifati oshishi va barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishi ta’minlandi; Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor uchun o‘rtacha yillik iqtisodiy samara 4,0 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: surunkali kasalliklarni boshqarishda reaktiv yondashuvdan proaktiv yondashuvga o‘tish ta’minlandi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimining subklinik shikastlanishini ifodalovchi erta klinik-laborator, funksional va instrumental markerlar majmuasi aniqlangan hamda ularning asoratlarni klinikagacha bo‘lgan bosqichda aniqlashdagi diagnostik va prognostik ahamiyati asoslab berilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar va integral algoritmlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/10-sonli xulosasi bilan ma’qullandi. Olingan natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (04.07.2025 y. 1836-2-208-TB/2025 va 1835-2-208-TB/2025 sonli buyruqlar), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (04.03.2025 y., 275-2-42-TB/2025 va 274-2-42-TB/2025 sonli buyruqlar) hamda Buxoro shahar 11-son oilaviy poliklinikasi (12.07.2025 y., 233-2-42-DOP/2025 va 234-2-42-DOP/2025 sonli buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasalliklarni yashirin bosqichda aniqlash ko‘rsatkichi oshdi; Iqtisodiy samaradorligi:  skrining jarayonini raqamlashtirish hisobiga tekshiruv vaqti 30% ga qisqardi, bir bemor uchun yillik 0,8 mln so‘m tejamkorlikka erishildi. Xulosa: yuqori aniqlikka ega raqamli skrining tizimini shakllantirish uchun ilmiy asos yaratildi;
uchinchi ilmiy yangilik: raqamli texnologiyalar qo‘llanilgan holda qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi asoratlarining rivojlanishi hamda progressiyasiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari aniqlangan va tizimlashtirilgan bo‘lib, ular klinik-funksional ko‘rsatkichlar hamda uzlyuksiz monitoring jarayonida olingan raqamli ma’lumotlar tahlili asosida individual prognozlash uchun ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar va integral algoritmlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/10-sonli xulosasi bilan ma’qullandi. Olingan natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (04.07.2025 y. 1836-2-208-TB/2025 va 1835-2-208-TB/2025 sonli buyruqlar), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (04.03.2025 y., 275-2-42-TB/2025 va 274-2-42-TB/2025 sonli buyruqlar) hamda Buxoro shahar 11-son oilaviy poliklinikasi (12.07.2025 y., 233-2-42-DOP/2025 va 234-2-42-DOP/2025 sonli buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifati va o‘z salomatligini boshqarish faolligi oshdi; iqtisodiy samaradorlik: asoratlar uchun sarflanadigan xarajatlar kamayishi hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 1,2 mln so‘m tejaldi. Xulosa: raqamli texnologiyalar klinik natijalarni boshqarishning samarali vositasi ekanligi isbotlandi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: «Unix-Med» raqamli platformasi negizida yuqori kardiometabolik xavfga ega bemorlarni skrining qilish, dinamik kuzatish va boshqarishning integratsiyalashgan modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u klinik holatni uzlyuksiz monitoring qilish va shifokor qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydi. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar va integral algoritmlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/10-sonli xulosasi bilan ma’qullandi. Olingan natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (04.07.2025 y. 1836-2-208-TB/2025 va 1835-2-208-TB/2025 sonli buyruqlar), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (04.03.2025 y., 275-2-42-TB/2025 va 274-2-42-TB/2025 sonli buyruqlar) hamda Buxoro shahar 11-son oilaviy poliklinikasi (12.07.2025 y., 233-2-42-DOP/2025 va 234-2-42-DOP/2025 sonli buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: asossiz gospitalizatsiyalar kamaydi, tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi oshdi; Iqtisodiy samaradorligi: statsionar xarajatlarni kamaytirish hisobiga bir bemor uchun yillik 2,0–3,0 mln so‘m tejaldi. Xulosa: raqamli monitoring sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beruvchi yuqori samarali boshqaruv mexanizmi sifatida joriy etildi;
beshinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi, arterial gipertenziya va yurakning ishemik kasalligi birgalikda kechuvchi bemorlarda asoratlarni erta tashxislash va profilaktika qilish uchun raqamli markerlar tahlili hamda klinik holatni uzlyuksiz monitoring qilish tamoyillariga asoslangan, «Unix-Med» raqamli platformasiga integratsiya qilingan ko‘p omilli xavfni stratifikatsiya qilish shkalasi va algoritmi ishlab chiqilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar va integral algoritmlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/10-sonli xulosasi bilan ma’qullandi. Olingan natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (04.07.2025 y. 1836-2-208-TB/2025 va 1835-2-208-TB/2025 sonli buyruqlar), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (04.03.2025 y., 275-2-42-TB/2025 va 274-2-42-TB/2025 sonli buyruqlar) hamda Buxoro shahar 11-son oilaviy poliklinikasi (12.07.2025 y., 233-2-42-DOP/2025 va 234-2-42-DOP/2025 sonli buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: mobil tibbiy platformalar va taqiladigan sensorlarning integratsiyasi kasallik asoratlarini erta aniqlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi hamda aholi orasida erta nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi; Iqtisodiy samaradorligi: subklinik destabilizatsiyani masofaviy nazorat qilish va o‘z vaqtida preventiv korreksiya o‘tkazish statsionar davolanish xarajatlarini bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1,8–2,6 mln so‘mgacha tejam imkonini beradi. Xulosa: raqamli texnologiyalarni klinik-laborator ma’lumotlar bilan integratsiya qilish surunkali kasalliklarni boshqarishda personallashtirilgan preventiv tibbiyot modelini shakllantiradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish