Boltaeva Hulkar Mardon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligini 4K modeli asosida takomillashtirish metodikasi (“Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8537.
Ilmiy rahbar: Hazratqulov Mutallib Rashidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish usullarini takomillashtirishning metodik imkoniyatlari talabalarning pedagogik muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil qilish, muqobil echimlar ishlab chiqish, jamoaviy muhokama orqali optimal qaror qabul qilish va o‘z qarorini dalillar asosida himoya qilish darajasida hal etishi hamda refleksiv faoliyatini muqobil pedagogik echimlarni ishlab chiqish va refleksiv strategiyalarni qo‘llash orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli ta’lim, refleksiv faoliyat, kollaborativ o‘qitish, debat, storytelling integrativligiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K ga asoslangan o‘qitish modeli markazda talaba va uning kasbiy rivojlanishini nazarda tutuvchi kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kasbiy vaziyat → talabaning ehtiyoji va tajribasi → 4K faoliyati → mustaqil echim izlash → pedagogik mahsulot → refleksiya → kompetensiyani baholash zanjiri orqali qayta loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish metodikasi raqamli ta’lim muhitida elektron-metodik resurslar, interfaol topshiriqlar banki va multimediaviy o‘quv vositalari orqali talabalarning funksional savodxonligini axborotni izlash, tahlil qilish, baholash, amaliyotga tatbiq etish, muammoni hal qilish va raqamli mahsulot yaratishni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlari va interfaol metodlari uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish metodikasi samaradorligi talabalar faoliyatida tayanch kompetensiyalarni integrativ rivojlantirishga qaratilgan “muammo-ijod-hamkorlik-tahlil” texnologiyasidan foydalana olish imkoniyatlari hamda talabalarda kognitiv ko‘nikmalarning rivojlanganligini baholash mezonlari, indikatorlari va darajalarining matematik-statistik tahlili asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligini 4K modeli asosida takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish usullarini takomillashtirishning metodik imkoniyatlari talabalarning pedagogik muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil qilish, muqobil echimlar ishlab chiqish, jamoaviy muhokama orqali optimal qaror qabul qilish va o‘z qarorini dalillar asosida himoya qilish darajasida hal etishi hamda refleksiv faoliyatini muqobil pedagogik echimlarni ishlab chiqish va refleksiv strategiyalarni qo‘llash orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli ta’lim, refleksiv faoliyat, kollaborativ o‘qitish, debat, storytelling integrativligiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan berilgan 2025-yilning 19-sentyabrdagi 372-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni darslarda faol ishtirok etish, ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol darslarni tashkil etish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K ga asoslangan o‘qitish modeli markazda talaba va uning kasbiy rivojlanishini nazarda tutuvchi kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kasbiy vaziyat → talabaning ehtiyoji va tajribasi → 4K faoliyati → mustaqil echim izlash → pedagogik mahsulot → refleksiya → kompetensiyani baholash zanjiri orqali qayta loyihalashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan berilgan 2025-yilning 19-sentyabrdagi 372-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar, soha mutaxassislari uchun ona tilini o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ilmiy va pedagogik shart-sharoit imkoniyatlari yuqoriligi aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish metodikasi raqamli ta’lim muhitida elektron-metodik resurslar, interfaol topshiriqlar banki va multimediaviy o‘quv vositalari orqali talabalarning funksional savodxonligini axborotni izlash, tahlil qilish, baholash, amaliyotga tatbiq etish, muammoni hal qilish va raqamli mahsulot yaratishni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlari va interfaol metodlari uyg‘unligi asosida takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalardan 2025-yil “Samarqand” telekanalida uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi va “Samarqand FM 105.2” radiokanalidagi “Kun mavzusi” eshittirishining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanali 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-07/350-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalar va ilmiy yangiliklar teleradiokanalning ko‘rsatuv va eshittirishlari mazmuni yanada boyitilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 4K modeliga asoslangan o‘qitish metodikasi samaradorligi talabalar faoliyatida tayanch kompetensiyalarni integrativ rivojlantirishga qaratilgan “muammo-ijod-hamkorlik-tahlil” texnologiyasidan foydalana olish imkoniyatlari hamda talabalarda kognitiv ko‘nikmalarning rivojlanganligini baholash mezonlari, indikatorlari va darajalarining matematik-statistik tahlili asosida dalillashga doir tavsiyalardan “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashining 2025-yil 27-noyabrdagi yig‘ilishi 4-sonli qaroriga asosan berilgan 574-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalar tomonidan tashkil etilgan 4K modeliga asoslangan darslarda talabalarni baholash uchun yangi mezonlar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish