Qo‘ziev Ozodbek Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi  bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi» 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.3.PhD/Tib5030
Ilmiy rahbar: Ibragimov Ne`matjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Zoir Toirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Matlubov Mansur Murodovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik va tug‘ruq asoratlari tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan ayollarda jigar zararlanishi qanchalik tez-tez uchrashi, uning qanday turda kechishi va qanchalik og‘irligi oldindan bashortalash va o‘limni kamaytirish uchun maxsus differensial davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik va tug‘ruq patologiyalari oqibatida o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlangan ko‘p tug‘ruqli ayollarda kasallikning barcha bosqichlari va reabilitatsiya davrida jigar qo‘shaloq shikastlanishining uchrash darajasi, patogenetik xususiyatlari hamda kechish darajalari o‘rni  isbotlangan;
jigar shikastlanishining og‘irlik darajasi va klinik xarakteri tug‘ruqdagi qon yo‘qotish hajmi, uremik intoksikatsiya darajasi hamda homiladorlikning asosiy patologiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi korrelyasion tahlillar orqali isbotlangan;
o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan xastlangan akusherlik bemorlarida jigar funksional holatini baholashda kliniko-biokimyoviy va magnit-rezonans tomografiya usullarining yuqori informativlik darajasi aniqlanib, jigar to‘qimasidagi destruktiv o‘zgarishlarning tiklanish muddatlari tabaqalashtirilgan tartibi isbotlangan;
jigar qo‘shaloq shikastlanishining darajasi va klinik-laborator xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlar uchun differensiallashgan intensiv terapiya mezonlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
birinchi ilmiy yanglilik: homiladorlik va tug‘ruq patologiyalari oqibatida o‘tkir buyrak shikastlanishi rivojlangan ko‘p tug‘ruqli ayollarda kasallikning barcha bosqichlari va reabilitatsiya davrida jigar qo‘shaloq shikastlanishining uchrash darajasi, patogenetik xususiyatlari hamda kechish darajalari o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat  tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 sentyabrdagi 6i/87/u-son bilan tasdiqlangan «Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda  jigar shikastlanishini intesiv terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali 2025 yil 06 oktyabrdagi 198-son hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Namangan filiali 2025 yil 10 oktyabrdagi 264-t/l-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi jigar shikastlanishida ishlab chiqilgan yangi kompleks intensiv terapiya usuli bemorlarning sog‘ayish dinamikasini yaxshilash, klinik amaliyotda keng qo‘llash uchun samarali yondashuv sifatida tavsiya etish, jigar-buyrak sinergiyasi modeli asosida tuzilgan davolash algoritmi sinovdan o‘tkazish, jigar va buyrak faoliyatini bir vaqtning o‘zida qo‘llab-quvvatlash natijasida umumiy hayot ko‘rsatkichlari yaxshilash va o‘lim darajasi kamaygan va asoratlar darajasi ancha pasayishi natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish va ularning mehnat faoliyatiga qaytarish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi takomillashtirish natijasida muddatini 4,2 kunga qisqartirish, iqtisodiy jihatdan yangi kompleks intensiv terapiya usullari davolanish muddatini  30-40%ga qisqartirish, jonlantirish va laborator xarajatlarni kamaytirish, asoratlar sonini pasaytirish natijasida tibbiy muassasalarda moddiy resurlarning tejalashi orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 1634320 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yanglilik: jigar shikastlanishining og‘irlik darajasi va klinik xarakteri tug‘ruqdagi qon yo‘qotish hajmi, uremik intoksikatsiya darajasi hamda homiladorlikning asosiy patologiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi korrelyasion tahlillar orqali isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 sentyabrdagi 6i/87/u-son bilan tasdiqlangan «Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishini intesiv terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali 2025 yil 06 oktyabrdagi 198-son hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Namangan filiali 2025 yil 10 oktyabrdagi 264-t/l-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar shikastlanishining og‘irlik darajasi va klinik xarakteri tug‘ruqdagi qon yo‘qotishda yangi terapiya usulini qo‘llagan bemorlarda jigar fermentlari (ALT va AST) darajasi 5–7 kun ichida 2–3 baravar kamaygan, umumiy bilirubin 40–50%ga pasaygan, protrombin indeksi va al`bumin miqdori esa me’yorga yaqinlashganligi, buyrak faoliyatini ifodalovchi kreatinin va mochevina miqdori tezda me’yorlashishi va bemorlarning reabilitatsion salohiyati oshishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi takomillashtirish natijasida muddatini 4,2 kunga qisqartirish, iqtisodiy jihatdan yangi kompleks intensiv terapiya usullari davolanish muddatini  30-40%ga qisqartirish, jonlantirish va laborator xarajatlarni kamaytirish, asoratlar sonini pasaytirish natijasida tibbiy muassasalarda moddiy resurlarning tejalashi orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 1634320 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yanglilik: o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan xastalangan akusherlik bemorlarida jigar funksional holatini baholashda klinik-biokimyoviy va magnit-rezonans tomografiya usullarining yuqori informativlik darajasi aniqlanib, jigar to‘qimasidagi destruktiv o‘zgarishlarning tiklanish muddatlari tabaqalashtirilgan tartibi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 sentyabrdagi 6i/87/u-son bilan tasdiqlangan «Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishini intesiv terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali 2025 yil 06 oktyabrdagi 198-son hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Namangan filiali 2025 yil 10 oktyabrdagi 264-t/l-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan xastlangan akusherlik bemorlarida jigar funksional holatini baholashda gepatoprotektorlar, antioksidantlar, detoksikatsion infuziyalar va ekstrakorporal detoksikatsiya usullarini uyg‘unlashtirgan yangi kompleks terapiya an’anaviy davolashga nisbatan yuqori klinik samaradorlikka ega. Bu yondashuv reanimatsiya bo‘limlarida, akusherlik patologiyasi bilan xastalangan bemorlarni intensiv davolashda, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi asoratlarni bartaraf etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi takomillashtirish natijasida muddatini 4,2 kunga qisqartirish, iqtisodiy jihatdan yangi kompleks intensiv terapiya usullari davolanish muddatini  30-40%ga qisqartirish, jonlantirish va laborator xarajatlarni kamaytirish, asoratlar sonini pasaytirish natijasida tibbiy muassasalarda moddiy resurlarning tejalashi orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 1634320 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yanglilik: jigar qo‘shaloq shikastlanishining darajasi va klinik-laborator xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlar uchun differensiallashgan intensiv terapiya mezonlarini ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat  tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025- yil 26 sentyabrdagi 6i/87/u-son bilan tasdiqlangan «Akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda  jigar shikastlanishini intesiv terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali 2025 yil 06 oktyabrdagi 198-son hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Namangan filiali 2025- yil 10 oktyabrdagi 264-t/l-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026- yil 16 fevraldagi 03/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Yangi intensiv terapiya usullarini qo‘llash natijasida jigar va buyrak faoliyatining birgalikda tiklanishi, organizmning detoksikatsion va metabolik jarayonlarining normallashuvi kuzatilgan. Shuningdek, bu usul nafaqat hayotni saqlab qolish, balki keyingi reabilitatsiya davrini engillashtirishda ham muhim klinik afzalliklarga ega bo‘lishi, kompleks terapiya bemorlarning sog‘ayish muddatini qisqartirib, onalik salomatligini saqlab qolishga va sog‘lom farzand tug‘ilishiga sharoit yaratishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: akusherlik patologiyasi tufayli o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishining intensiv terapiyasi takomillashtirish natijasida muddatini 4,2 kunga qisqartirish, iqtisodiy jihatdan yangi kompleks intensiv terapiya usullari davolanish muddatini 30-40%ga qisqartirish, jonlantirish va laborator xarajatlarni kamaytirish, asoratlar sonini pasaytirish natijasida tibbiy muassasalarda moddiy resurlarning tejalashi orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 1634320 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish