Achilova   Soxiba  Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari”, 13.00.08– Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5346.
Ilmiy rahbar: Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorova Nargiza Mamajanovna, pedagogika fanlari doktori professor; Rejemetova Nilyufar Ilxomovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablari, yosh-fiziologik qonuniyatlar va kompetensiyaviy yondashuv uyg‘unligida tarbiyalanuvchilarning jismoniy-axloqiy barkamolligini ta’minlovchi psixofiziologik-pedagogik xususiyatlar majmui aniqlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologik yondashuv modeli pedagogik jarayon komponentlarini korrelyasiyalash hamda o‘yinli, interfaol, STEAM va axborot-kommunikasion texnologiyalarni maqsadli-natijaviy uyg‘unlikda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining moslashuvchanlik, differensial-individual yondashuv, sensomotor-kognitiv va jismoniy rivojlanishni integratsiyalash xususiyatlariga ko‘ra bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlanganligini ob’ektiv, raqamli va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda aniqlashga mo‘ljallangan baholash mezonlari individual traektoriya hamda ko‘p parametrli indeks asosida baholash usullariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarbiyalanuvchilarning yosh-fiziologik o‘sish qonuniyatlari, davlat talablari va jismoniy tarbiya vositalari integrativ uyg‘unligida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy-axloqiy barkamollik sari yo‘naltirishning psixofiziologik-pedagogik asoslariga oid takliflar 60110200 — Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-02/2-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining bolalar jismoniy rivojlanishini boshqarish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik sifati yuksaltirilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon komponentlarini maqsadli-natijaviy uyg‘unlikda korrelyasiyalash va o‘yinli, interfaol, STEAM hamda axborot-kommunikasion texnologiyalar imkoniyatlarini kengaytirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi va bola rivojlanishi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0276-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga oid ta’limning izchilligi, uzviyligi va tizimliligi tamoyillari yuksak darajada ta’minlangan;
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining moslashuvchanlik, differensial-individual yondashuv va sensomotor-kognitiv integratsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya jarayonini refleksiv mashqlar, harakatli o‘yinlar va ertak terapiyasi kabi art-pedagogika elementlari bilan boyitish orqali bosqichma-bosqich takomillashtirishga oid takliflardan Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020-yil 14-maydagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 26-qq, 16-sonli qo‘shma qaroriga asosan Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-02/2-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning harakat faolligi va emosional kamoloti uyg‘un holda ta’minlanib, jismoniy sifatlarni izchil shakllantirishning metodik-texnologik zamini mustahkamlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarini shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli va ko‘p parametrli tarzda tashxislashga mo‘ljallangan baholash mezonlari tizimini individual taraqqiyot traektoriyasi va kompleks indeks usullariga ustuvorlik berish asosida amaliyotga tatbiq etishga oid takliflardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-02/2-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir bolada jismoniy sifatlarni rivojlantirish dinamikasini aniq tashxislash va monitoring qilish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish