Zaripova Parvina Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonini mastektomiyadan keyin lokoregionar residivi» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4086.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Kamil Fazilovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlarning klinik ahamiyati nuqtai nazaridan tashxislash va davolash samaradorligini umumlashtirib baholashdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning populyasion oqimida jarroxlik usuli bilan davolashdan keyin uzoq metastazlarning rivojlanishi lokoregionar residivlarga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘proq uchrashi aniqlangan;
lokoregionar residivlar paydo bo‘lgan bemorlarda uzoq metastazlarni rivojlanish muddatlari residivlarni paydo bo‘lish muddatlariga nisbatan ishonchli ravishda qisqaroq ekanligi, metastazlanish xavfini lokoregionar progressiya mexanizmiga nisbatan mustaqil ekanligini asoslangan; 
sut bezi saratonini kompleks davolashdan so‘ng 7 yillik yashash ko‘rsatkichida o‘limning asosiy sababi uzoq metastaz ekanligi, generalizatsiya mavjud bo‘lmagan xollarda esa 7 yillik yashovchanlik ko‘rsatgichi 95% dan oshishi, tizimli metastatik jarayonni bemorlarni xayot bardoshliligiga xal qiluvchi ta’sirini tasdiqlashi aniqlangan;
lokoregionar residivlarni rivojlanishi, o‘smani biologik xususiyatlari, xususan uning immunogistoximik turi xamda xujayralarni xavflilik darajasini prognostik axamiyati bilan bog‘liq bo‘lib lyuminal B tipi ulushini ortishi, A tipini ulushini kamayishi, xamda past va yuqori xavflilik darajali o‘smalarga nisbatan yashovchanlik extimolida tafovud borligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida quyidagilar amalga oshirildi:
Birinchi ilmiy yangilik: sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning populyasion oqimida jarroxlik usuli bilan davolashdan keyin uzoq metastazlarning rivojlanishi lokoregionar residivlarga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘proq uchrashi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi №10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlar xavf omillari» va «Sut bezi saratonida lokoregionar residivlarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirildi. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar 2025 yil 10 iyuldagi №06-72-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali va 2025 yil 02 iyundagi №05-81-sonli buyruq bilan ushbu markazning Sirdaryo filiali klinik amaliyotiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi №30/29-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda uzoq metastazlanishning yashovchanlikni cheklovchi asosiy omil sifatida yetakchi o‘rnini aniqlash dispanser kuzatuvni o‘sma jarayonining generalizatsiyasini erta aniqlashga qayta yo‘naltirish, yuqori xavf guruhlarini shakllantirish va davolash taktikasini o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini berdi, bu esa kasallikning kech aniqlanadigan shakllari chastotasini kamaytirishga va bemor ayollar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi klinik amaliyotni uzoq metastazlarni erta aniqlashga ilmiy jihatdan asoslangan tarzda yo‘naltirish terminal bosqichlardagi qimmat davolash hajmini qisqartirish, shoshilinch gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va onkologiya xizmati resurslaridan foydalanishni optimallashtirish imkonini berdi, bu esa bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 4,0–7,0 mln so‘mga kamaytirish va statsionarda davolanish muddatlarini o‘rtacha 3–5 o‘rin-kunga qisqartirishni ta’minladi. Xulosa: sut bezi saratoni prognozida uzoq metastazlanishning yetakchi roliga oid qoidalarni amaliyotga joriy etish dispanser kuzatuv samaradorligini oshirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, statsionarda davolanish muddatlarini o‘rtacha 3–5 o‘rin-kunga qisqartirish va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 4,0–7,0 mln so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: lokoregionar residivlar paydo bo‘lgan bemorlarda uzoq metastazlarni rivojlanish muddatlari residivlarni paydo bo‘lish muddatlariga nisbatan ishonchli ravishda qisqaroq ekanligi, metastazlanish xavfini lokoregionar progressiya mexanizmiga nisbatan mustaqil ekanligini asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi №10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlar xavf omillari» va «Sut bezi saratonida lokoregionar residivlarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirildi. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar 2025 yil 10 iyuldagi №06-72-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali va 2025 yil 02 iyundagi №05-81-sonli buyruq bilan ushbu markazning Sirdaryo filiali klinik amaliyotiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi №30/29-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi uzoq metastazlarning lokoregionar residivlarga nisbatan ertaroq rivojlanishi aniqlanishi sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarni dispanser kuzatuv qilish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uni jarrohlik davolashdan keyingi erta bosqichlardayoq yashirin generalizatsiya belgilariga faol qidiruvga yo‘naltirish zaruratini ilmiy jihatdan asosladi. Bu kasallik progressiyasini ertaroq aniqlash, tizimli terapiyani o‘z vaqtida boshlash, og‘ir generalizatsiyalangan shakllar chastotasini kamaytirish, nogironlik darajasini pasaytirish va bemor ayollar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi tashxislash va davolash tadbirlarini uzoq metastazlanishni erta aniqlashga qayta yo‘naltirish kasallikning kech aniqlanadigan shakllari ulushini qisqartirish, shoshilinch gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish hamda qimmatbaho davolash hajmini pasaytirish imkonini beradi, bu esa statsionarda o‘rtacha davolanish muddatini 2–4 o‘rin-kunga qisqartirish va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 3,0–6,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi. Xulosa: uzoq metastazlarning lokoregionar residivlarga nisbatan ertaroq rivojlanishiga oid qoidalarni amaliyotga joriy etish dispanser kuzatuv samaradorligini oshirish, o‘sma jarayoni generalizatsiyasini ertaroq aniqlashni ta’minlash, bemor ayollar hayot sifatini yaxshilash, statsionarda davolanish muddatlarini 2–4 o‘rin-kunga qisqartirish hamda bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 3,0–6,0 mln so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: sut bezi saratonini kompleks davolashdan so‘ng 7 yillik yashash ko‘rsatkichida o‘limning asosiy sababi uzoq metastaz ekanligi, generalizatsiya mavjud bo‘lmagan xollarda esa 7 yillik yashovchanlik ko‘rsatgichi 95% dan oshishi, tizimli metastatik jarayonni bemorlarni xayot bardoshliligiga xal qiluvchi ta’sirini tasdiqlashi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi №10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlar xavf omillari» va «Sut bezi saratonida lokoregionar residivlarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirildi. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar 2025 yil 10 iyuldagi №06-72-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali va 2025 yil 02 iyundagi №05-81-sonli buyruq bilan ushbu markazning Sirdaryo filiali klinik amaliyotiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi №30/29-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlar o‘limiga olib keluvchi asosiy sabab sifatida uzoq metastazlanishning hal qiluvchi roli isbotlanishi klinik amaliyotni o‘sma jarayonining sistem generalizatsiyasini erta aniqlashga ustuvor yo‘naltirish zaruratini ilmiy jihatdan asosladi. Bu hatto lokal progressiya belgilari mavjud bo‘lmagan hollarda ham bemor ayollarni faol monitoring qilish, tizimli terapiyani o‘z vaqtida tayinlash, og‘ir generalizatsiyalangan kasallik shakllari chastotasini kamaytirish, o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi davolash-tashxislash jarayonini uzoq metastazlanishni oldini olish va uni erta aniqlashga yo‘naltirish terminal bosqichlarni, asoratlar va shoshilinch holatlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish, qimmatbaho intensiv terapiya hamda takroriy gospitalizatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa statsionarda o‘rtacha davolanish muddatini 3–5 o‘rin-kunga qisqartirish va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 4,0–8,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi. Xulosa: sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlar o‘limining asosiy sababi sifatida uzoq metastazlanishning yetakchi roliga oid qoidalarni amaliyotga joriy etish dispanser kuzatuv samaradorligini oshirish, o‘sma jarayoni generalizatsiyasini ertaroq aniqlashni ta’minlash, bemorlar yashovchanligi va hayot sifatini yaxshilash, statsionarda davolanish muddatlarini 3–5 o‘rin-kunga qisqartirish hamda bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 4,0–8,0 mln so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: lokoregionar residivlarni rivojlanishi, o‘smani biologik xususiyatlari, xususan uning immunogistoximik turi xamda xujayralarni xavflilik darajasini prognostik axamiyati bilan bog‘liq bo‘lib lyuminal B tipi ulushini ortishi, A tipini ulushini kamayishi, xamda past va yuqori xavflilik darajali o‘smalarga nisbatan yashovchanlik extimolida tafovud borligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi №10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mastektomiyadan keyin sut bezi saratonida lokoregionar residivlar xavf omillari» va «Sut bezi saratonida lokoregionar residivlarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirildi. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar 2025 yil 10 iyuldagi №06-72-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali va 2025 yil 02 iyundagi №05-81-sonli buyruq bilan ushbu markazning Sirdaryo filiali klinik amaliyotiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi №30/29-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi lokoregionar residivlar rivojlanganda o‘smaning biologik xususiyatlari o‘zgarishi aniqlanishi LRRga ega bemor ayollarda o‘sma jarayonini qayta biologik verifikatsiya qilish va prognozni qayta ko‘rib chiqish zaruratini ilmiy jihatdan asosladi. Bu generalizatsiya xavfini yanada aniq baholash, davolash taktikasini individuallashtirish, tizimli terapiyani o‘z vaqtida korreksiya qilish, prognostik xatolar chastotasini kamaytirish, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, LRR rivojlanganda immunogistokimyoviy profil` va o‘smaning xavflilik darajasini qayta baholashga klinik amaliyotni yo‘naltirish davolash dasturlarini optimal tanlash, samarasiz terapiya kurslari sonini kamaytirish va qimmatbaho o‘smaga qarshi preparatlardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Bu esa statsionarda o‘rtacha davolanish muddatini 2–4 o‘rin-kunga qisqartirish va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 3,0–6,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi. Xulosa: lokoregionar residivlar rivojlanganda o‘smaning biologik xarakteristikalari qayta taqsimlanishiga oid qoidalarni amaliyotga joriy etish prognoz aniqligini oshirish, davolash taktikasini individuallashtirish, tizimli terapiyani optimallashtirish, bemor ayollarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari va hayot sifatini yaxshilash, statsionarda davolanish muddatlarini 2–4 o‘rin-kunga qisqartirish hamda bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 3,0–6,0 mln so‘mga kamaytirish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish