Burnashev Rashid Axadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Engil atletikada malakali sportchilarni tayyorlashni individuallashtirishning nazariy-metodologik jihatlari (yuguruvchi sportchilar misolida)”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1100.
Ilmiy rahbar: Korobeynikova Lesya Grigorevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.28/2025.17.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Sergey Anvarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali yuguruvchilarni tayyorlashda individuallashtirishning kompleks-variativ tizimini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
400 metrga yuguruvchi malakali sportchilarning mashg‘ulot ta’sirlariga individual javob diapazonini aniqlash maqsadida instrumental raqamli nazorat, yugurish qadamlar patterni va kadensi, yugurish quvvatining biomexanik tahlilini integratsiyalash asosida funksional holat, yuklamalarga individual moslashuv darajasini aniqlash algoritmlari takomillashtirilgan;
malakali yuguruvchilarning harakat potensialini aniqlash maqsadida tayyorgarlikning bosqichli va joriy nazorat jarayonlarida antropometrik parametrlar, YuQS, laktat dinamikasini fiziologik testlash, yugurish qadamining fazoviy-vaqt ko‘rsatkichlarini uch bosqichli sxema yordamida baholash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlikni aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali yuguruvchilarning tezkor-chidamliligini oshirish maqsadida asosiy yugurish yuklamalariga qisqa sprintlarni izchil kiritish, shiddatli yuklama va faol tiklanish intervallarini qat’iy me’yorlash, ularni variativ ketma-ketlikda qo‘llash orqali tayyorgarlik davrida anaerob mahsuldorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
malakali yuguruvchilarning musobaqa yugurish maromini boshqarish maqsadida masofa bo‘laklarini belgilangan vaqt oralig‘ida tashqi ko‘rsatmasiz bosib o‘tish, yugurish sur’atini ichki his etish va keyingi urinishlarda uni qayta takrorlashga yo‘naltirilgan intraseptiv fazoviy-vaqt idrok usulini qo‘llash hisobiga musobaqa maromini barqaror saqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali yuguruvchilarning musobaqa taktikasini individuallashtirish maqsadida texnik-taktik parametrlar, energetik potensial, gender farqlari va laktat to‘planishini bilvosita baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha masofa bo‘ylab energiyani ratsional taqsimlash modelidan foydalanish hisobiga 400 va 800 metrga yugurishning saralash va final bosqichlarida individual taktik harakatlarni tanlash samaradorligi oshirilgan;
400 va 800 metrga malakali yuguruvchilarning musobaqa natijalarini oshirish maqsadida yuklamalarga fiziologik moslashuv xususiyatlari, psixofiziologik reaksiyalar o‘zgaruvchanligi va texnologik parametrlarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi kompleks-variativ modeldan musobaqa davrlarida foydalanish hisobiga tayyorgarlik jarayonini individuallashtirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali yuguruvchilarni tayyorlashda individuallashtirishning kompleks-variativ tizimini ilmiy asoslash bo‘yicha pedagogik tadqiqot natijalari asosida:
400 metrga yuguruvchi malakali sportchilarning mashg‘ulot ta’sirlariga individual javob diapazonini aniqlash maqsadida instrumental raqamli nazorat, yugurish qadamlar patterni va kadensi, yugurish quvvatining biomexanik tahlilini integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati engil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan maktabi mashg‘ulot jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyul
02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, yugurish masofasi 2,3±0,3 soniyaga, masofaning oxirgi 30 metrini yugurib o‘tish tezligi soatiga 28,4±1,8 kmga yaxshilashga erishilgan;
malakali yuguruvchilarning harakat potensialini aniqlash maqsadida tayyorgarlikning bosqichli va joriy nazorat jarayonlarida antropometrik parametrlar, YuQS, laktat dinamikasini fiziologik testlash, yugurish qadamining fazoviy-vaqt ko‘rsatkichlarini uch bosqichli sxema yordamida baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
15-iyul 02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuguruchi qizlarning ko‘rsatkichlari 400 metr masofaga 1,9±0,4 soniyaga, 800 metr masofaga esa 4,7±1,1 soniyaga yaxshilangan bo‘lsa, o‘g‘il bolalarda 400 metr masofaga yugurishda natijalar 2,2±0,6 soniyaga va 800 metr masofaga esa 6,3±1,8 soniyaga o‘sgan;
malakali yuguruvchilarning tezkor-chidamliligini oshirish maqsadida asosiy yugurish yuklamalariga qisqa sprintlarni izchil kiritish, shiddatli yuklama va faol tiklanish intervallarini qat’iy me’yorlash, ularni variativ ketma-ketlikda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati engil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan maktabiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyul 02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan viloyati vakilining 800 metr masofaga yugurish natijasi 9,77 soniyaga o‘sib O‘zbekiston kubogida 3-o‘rinni egallagan;
malakali yuguruvchilarning musobaqa yugurish maromini boshqarish maqsadida masofa bo‘laklarini belgilangan vaqt oralig‘ida tashqi ko‘rsatmasiz bosib o‘tish, yugurish sur’atini ichki his etish va keyingi urinishlarda uni qayta takrorlashga yo‘naltirilgan intraseptiv fazoviy-vaqt idrok usulini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport klubining sport ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyul 02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, “JTUSK” a’zolari J.S. 400 metrga yugurishda shaxsiy natijasini 2,3 soniyaga, O‘zbekiston kubogida 48,61 soniyani qayd etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa I.L. 400 metrga yugurishda shaxsiy natijasini 1,4 soniyaga yaxshilab, Bishkek shahrida (Qirg‘iziston Respublikasi) Olimpiya chempioni Tatyana Kolpakovaga bag‘ishlangan xalqaro turnirda 57,07 soniya natija bilan g‘olib bo‘lishga erishgan;
malakali yuguruvchilarning musobaqa taktikasini individuallashtirish maqsadida texnik-taktik parametrlar, energetik potensial, gender farqlari va laktat to‘planishini bilvosita baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha masofa bo‘ylab energiyani ratsional taqsimlash modelidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Shandun sport universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi) sport ishlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyul
02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, 400 metr masofaga yuguruvchi o‘g‘il bolalar 47,86±0,71 soniyani ko‘rsatkan bo‘lsa malakali 800 metrga yuguruvchi qizlar 2,06,87±2,13 soniya ko‘rsatkichga erishishgan;
400 va 800 metrga malakali yuguruvchilarning musobaqa natijalarini oshirish maqsadida yuklamalarga fiziologik moslashuv xususiyatlari, psixofiziologik reaksiyalar o‘zgaruvchanligi va texnologik parametrlarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi kompleks-variativ modeldan musobaqa davrlarida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Moldova Respublikasi engil atletika federatsiyasining sport ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyul 02-16/7524-son ma’lumotnomasi). Natijada, 800 m yuguruvchi o‘g‘il bolalar o‘rtasida guruh peshqadami 1,49,48 soniya natijani qayd etgan bo‘lsa, guruhining yugurishda o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,52,32±1,27 soniya natija qayd etgan bo‘lsa, qizlar 400 metr masofani 54,14±0,86 soniyada bosib o‘tishga erishishgan.