Kabirova Zarifa Mukaddamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: -
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tavaldieva Gulbaxar Nishanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudaykulova Shaxlo Mamaniyozova, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda uni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinib, uning ijtimoiy-pedagogik zarurati, nazariy-metodologik manbalari va ilg‘or xorijiy tajribasi tizimlashtirilgan hamda ustuvor pedagogik yondashuvlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash jarayonining didaktik tizimini shakllantirish uning pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va unga ta’sir etuvchi omillarni kompetensiyaviy, tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida tahlil qilish, shuningdek mazkur jarayonning motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik va refleksiv tuzilmasini ilmiy asoslash hamda samaradorligini ta’minlovchi didaktik, metodik va raqamli-pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning pedagogik modeli ta’lim jarayonining maqsadli, mazmuniy, texnologik va natijaviy komponentlarini integratsiyalash, interfaol metodlar hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash jarayonining samaradorligi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida tajriba-sinov ishlari hamda matematik-statistik tahlil orqali ilmiy jihatdan asoslab berilib, ushbu jarayonni takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik materiallar va amaliy tavsiyalar tizimi ishlab chiqilib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari tizimlashtirilib, uning ijtimoiy-pedagogik zarurati va ustuvor pedagogik yondashuvlari aniqlashtirilgan holda, raqamli va an’anaviy ta’lim integratsiyasi hamda metodik ta’minot tizimi “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan berilgan 429-364-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, aralash ta’limni tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik zarurati, aralash ta’lim texnologiyasining zamonaviy holati va rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash jarayonining didaktik tizimini shakllantirish uning pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va unga ta’sir etuvchi omillarni kompetensiyaviy, tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida tahlil qilish, shuningdek mazkur jarayonning motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik va refleksiv tuzilmasini ilmiy asoslash hamda samaradorligini ta’minlovchi didaktik, metodik va raqamli-pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan holda, aralash ta’lim sharoitida kasbiy tayyorgarlik samaradorligini an’anaviy o‘quv faoliyati turlarini raqamli vositalar bilan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan metodik model, o‘quv-didaktik ta’minot va pedagogik tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2026-yil 31-martdagi 142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aralash ta’lim muhitida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan metodik tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarni aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning pedagogik modeli ta’lim jarayonining maqsadli, mazmuniy, texnologik va natijaviy komponentlarini integratsiyalash, interfaol metodlar hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan hamda mazkur jarayon samaradorligi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida tajriba-sinov ishlari va matematik-statistik tahlil orqali ilmiy jihatdan asoslab berilib, ishlab chiqilgan metodik materiallar va amaliy tavsiyalar tizimi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ziyo maskanlarida” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini tayyorlashda qo‘llanilgan (2024-2025 yillar), natijada aralash ta’limning mohiyati va ijtimoiy zarurati haqidagi bilimlarning kengayishiga hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi, raqamli savodxonligi va pedagogik refleksiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.