Bo‘riev Jamshid Parda o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dssertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt921
Ilmiy maslahatchi – i.f.d., professor Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: i.f.d., dos. Absalomov Akrom Tolliboevich, i.f.d., prof.Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich hamda i.f.d., prof. Razzaqov Jasur Hamraboevich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy, uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
institutsional transformatsiya, aktivlar sifatini yaxshilash, mijozlar bazasini kengaytirib borish, sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sib borishiga erishish, kapitallashuv darajasini oshirib borish vositasida kredit reytingini yaxshilash orqali qarz qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda kupon stavkani pasaytirish va uzun pullar jalb qilishga erishish taklif etilgan;
makroiqtisodiy darajada milliy valyuta barqarorligiga erishilishi natijasida moliya bozorida kapitali bahosi pasayganda uzoq muddatli qarz kapitali bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish maqsadida qarz instrumentlarini muddatidan oldin qoplash taklif etilgan;
global qimmatli qog‘ozlar bozoriga xalqaro obligatsiyalar joylashtirish orqali kapital jalb qilishda xalqaro moliya bozorida yuqori nufuzga ega bo‘lgan professional vositachilar sindikatini jalb qilish orqali investision jozibadorlikni oshirish imkoniyati asoslangan;
investision faoliyatni kengaytirish hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarning qamrov darajasini oshirish maqsadida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar portfelini valyutalar kesimida diversifikatsiyalash hamda qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investisiyalar hajmini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, xorijiy kapitalni diversifikatsiyalashga imkonini beruvchi milliy va xorijiy valyutadagi qarz instrumentlarini xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida ta’minlanmaganlik asosida joylashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
institutsional transformatsiya, aktivlar sifatini yaxshilash, mijozlar bazasini kengaytirib borish, sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sib borishiga erishish, kapitallashuv darajasini oshirib borish vositasida kredit reytingini yaxshilash orqali qarz qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda kupon stavkani pasaytirish va uzun pullar jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Asakabank AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2026-yil 26- yanvardagi 02/6-610/17 sonli ma’lumotnomasi, Asakabank AJning 2026 yil 23 yanvardagi 19-01/54 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit reytingi S&P va Moody’s tomonidan “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshilanishi, Fitch Ratings tomonidan uzoq muddatli reytingning “BB-”dan “BB”ga ko‘tarilishi natijasida 300 million AQSh dollari miqdorida evroobligatsiyalar 7,2 foizdan, 1,5 trillion so‘m miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar 17,95 foizdan muvaffaqiyatli joylashtirilgan. Shuningdek Asakabank AJ bank kredit reytingi Fitch Ratings tomonidan “BB-”dan “BB”ga oshirilishiga, natijada bankning navbatdagi korporativ obligatsiyalari emissiyasi bo‘yicha kupon stavka 18 foiz etib belgilanishiga erishilgan;
makroiqtisodiy darajada milliy valyuta barqarorligiga erishilishi natijasida moliya bozorida kapitali bahosi pasayganda uzoq muddatli qarz kapitali bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish maqsadida qarz instrumentlarini muddatidan oldin qoplash taklifi Asakabank AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Asakabank AJning 2026 yil 23 yanvardagi 19-01/54 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bankning yuqori boshqaruv organi, shu jumladan bank kuzatuv kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi korporativ obligatsiyalar 5-emissiyasida inobatga olinib, muddatidan oldin qaytarib sotib olish imkoniyati emissiya risolasida qayd etilgan;
global qimmatli qog‘ozlar bozoriga xalqaro obligatsiyalar joylashtirish orqali kapital jalb qilishda xalqaro moliya bozorida yuqori nufuzga ega bo‘lgan professional vositachilar sindikatini jalb qilish orqali investision jozibadorlikni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2026-yil 26- yanvardagi 02/6-610/17 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bank tomonidan 2024-2025 yillarda J.P. Morgan, Citi, Societe Generale, Natixis, Standard Chartered, Mashreqbank, Abu Dhabi Commercial Bank, Oman Investment Bank, Commerzbank anderrayterlar sindikati vositachiligidan London fond birjasidan 829 million AQSh dollariga teng xorijiy kapital jalb qilinishiga erishilgan;
investision faoliyatni kengaytirish hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarning qamrov darajasini oshirish maqsadida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar portfelini valyutalar kesimida diversifikatsiyalash hamda qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investisiyalar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2026-yil 26- yanvardagi 02/6-610/17 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklarining investision faolligini oshirish hamda turli valyutalarda investision portfel shakllantirish imkoni yaratilgan. Xususan, mazkur taklif natijasida “O‘zmilliybank” AJda qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investisiyalar hajmi 2024-yil iyun oyidagi 7,0 trillion so‘mdan 2025-yil mart oyida 7,62 trillion so‘mga etgan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar portfelining 7 foizdan ortig‘i yoki 543,87 milliard so‘m ekvivalentidagi qismi xorijiy valyutada shakllantirilgan;
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, xorijiy kapitalni diversifikatsiyalashga imkonini beruvchi milliy va xorijiy valyutadagi qarz instrumentlarini xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida ta’minlanmaganlik asosida joylashtirish taklifi Agrobank ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Agrobank ATBning 2025 yil 6 oktyabrdagi 07-2/10-1250 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Agrobank ATB tomonidan 400 million AQSh dollari miqdorida besh yillik ta’minlanmagan evroobligatsiyalar hamda 700 milliard so‘mlik ta’minlanmagan xalqaro obligatsiyalar muomalaga chiqarilgan va London fond birjasida muvaffaqiyatli joylashtirilgan.