Abdullaev Jahongir Nizom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): 
“Uy-joy qurilish sohasida investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini modellashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3730
Ilmiy rahbar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti,        DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Tursunov Jahongir Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Trastbank” XAB
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini modellashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini takomillashtirish maqsadida loyiha risk darajasi, pul oqimlari barqarorligi va moliyalashtirish manbalari tuzilmasini inobatga olgan holda moliyaviy natijalarni optimallashtirishga qaratilgan kompleks model taklifi etilgan;
loyihaning hayotiy siklidagi risk va likvidlik omillari inobatga olingan holda diskontlangan pul oqimlari qiymati va investisiya manbalari tuzilmasini integral tarzda baholash orqali uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalar samaradorligini baholash uslubi takomillashtirish taklif etilgan; 
bozor konyunkturasi, aholi to‘lov qobiliyati va davlat ishtirokini ko‘rsatkichlarini qamrab olgan ko‘p omilli parametrlar asosida uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish taklif etilgan; 
uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalar samaradorligini baholash maqsadida loyihaning tannarxi, bozordagi o‘rtacha sotuv narxi, bank foiz stavkalari hamda texnik-iqtisodiy parametrlar (qavatlar soni, uy-joy sinfi, qurilish materiallari narxi)ni o‘zaro bog‘liq holda kompleks hisobga oluvchi integral moliyaviy model taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy qurilish so‘hasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini takomillashtirish maqsadida loyiha risk darajasi, pul oqimlari barqarorligi va moliyalashtirish manbalari tuzilmasini inobatga olgan holda moliyaviy natijalarni optimallashtirishga qaratilgan kompleks model taklifi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” hamda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan uy-joy qurilishi investision loyihalarning pul oqimlari va risklarni integral boshqarishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ning 2026-yil 2-apreldagi 03-695-son dalolatnomasi va AJ “Toshkent Invest Kompaniyasi”ning 2026-yil 28-apreldagi 1120/1-sonli dalolatnomasi). Natijada, taklif etilgan model “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da 2024–2025 yillarda amalga oshirilgan 11 ta yirik loyihada joriy qilinib, sof pul oqimlarini 16,3 foizga oshirish, moliyalashtirish xarajatlarini 12,7 foizga qisqartirish hamda investisiya risklari integral indeksini 0,71 dan 0,56 gacha pasaytirish imkonini berdi. Shuningdek, model “Toshkent Invest Kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan 9 ta investision loyihasida qo‘llanilib, sof pul oqimlari 14,8 foizga oshirildi, moliyalashtirish xarajatlari 11,2 foizga kamaytirildi va investisiya risklari indeksi 0,67 dan 0,54 gacha pasaytirildi. Ushbu natijalar ishlab chiqilgan modelning yuqori amaliy samaradorligini tasdiqlaydi.
loyihaning hayotiy siklidagi risk va likvidlik omillari inobatga olingan holda diskontlangan pul oqimlari qiymati va investisiya manbalari tuzilmasini integral tarzda baholash orqali uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalar samaradorligini baholash uslubi takomillashtirish taklifi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” hamda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan yillarda amalga oshirilgan uy-joy qurilish investision loyihalar hayotiy sikli bosqichlarida risk va likvidlik omillarini kompleks hisobga olgan holda diskontlangan pul oqimlarini integral baholash mexanizmi sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ning 2026-yil 2-apreldagi 03-695-son dalolatnomasi, AJ “Toshkent Invest Kompaniyasi”ning 2026-yil 28-apreldagi 1120/1-sonli dalolatnomasi). Taklif etilgan integral baholash uslubi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan 8 ta investision loyihada qo‘llanilib, diskontlangan pul oqimlari qiymatini 13,9 foizga oshirish, likvidlik risklari indeksini 0,64 dan 0,51 gacha pasaytirish va investisiya qarorlarini qabul qilish muddatini 20,0 foizga qisqartirish imkonini berdi. Shuningdek, ushbu uslub “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJda 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan 6 ta loyihada joriy qilinib, diskontlangan pul oqimlari qiymati 12,6 foizga oshirildi, likvidlik risklari indeksi 0,61 dan 0,49 gacha pasaytirildi hamda qaror qabul qilish muddati 18,0 foizga qisqartirildi. Bu natijalar ishlab chiqilgan uslubning uy-joy qurilishi investision loyihalarini baholashda yuqori amaliy samaradorligini tasdiqlaydi.
bozor kon’yunkturasi, aholi to‘lov qobiliyati va davlat ishtirokini ko‘rsatkichlarini qamrab olgan ko‘p omilli parametrlar asosida uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalarni moliyalashtirish strategiyasi ishlab chiqish taklifi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” ” hamda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ amaliyotida uy-joy qurilish sohasidagi investision tashabbuslarni shakllantirish va ularni moliyaviy rejalashtirish jarayonlarida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ning 2026-yil 2-apreldagi 03-695-son dalolatnomasi va AJ “Toshkent Invest Kompaniyasi”ning 2026-yil 28-apreldagi 1120/1-sonli dalolatnomasi). Taklif etilgan strategiya “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da 2024–2025 yillarda amalga oshirilgan 6 ta investision loyihada qo‘llanilib, prognozlash aniqligi 16 foizga oshirildi, to‘lov qobiliyati risk indeksi 0,65 dan 0,51 gacha pasaytirildi va xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi. Shuningdek, strategiya “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJda 2024–2025 yillarda 5 ta loyihada joriy qilinib, sotuv prognozlari aniqligi 14,0 foizga oshirildi, risklar 0,68 dan 0,53 gacha kamaytirildi hamda davlat va xususiy moliyalashtirish manbalari tarkibi optimallashtirildi. Bu natijalar taklif etilgan strategiyaning yuqori amaliy samaradorligini tasdiqlaydi.
uy-joy qurilish sohasidagi investision loyihalar samaradorligini baholash maqsadida loyihaning tannarxi, bozordagi o‘rtacha sotuv narxi, bank foiz stavkalari hamda texnik-iqtisodiy parametrlar (qavatlar soni, uy-joy sinfi, qurilish materiallari narxi)ni o‘zaro bog‘liq holda kompleks hisobga oluvchi integral moliyaviy model taklifi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” hamda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan yangi shahar hududlarida amalga oshirilayotgan turar-joy qurilish loyihalarini iqtisodiy jihatdan asoslash jarayonida tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ning 2026-yil 2-apreldagi 03-695-son dalolatnomasi va AJ “Toshkent Invest Kompaniyasi”ning 2026-yil 28-apreldagi 1120/1-sonli dalolatnomasi). Taklif etilgan integral moliyaviy model “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da 2024–2025-yillarda amalga oshirilgan 6 ta investision loyihada qo‘llanilib, kapital xarajatlarini rejalashtirish aniqligini 17,0 foizga oshirish hamda moliyaviy risklarni 0,13 punktga kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, model “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJda 2024-2025-yillarda 4 ta loyihada joriy qilinib, kapital qo‘yilmalarni rejalashtirish aniqligi 16,0 foizga oshirildi va moliyaviy risklar 0,12 punktga pasaytirildi. Bu natijalar taklif etilgan integral moliyaviy modelning uy-joy qurilishi investision loyihalari bo‘yicha qaror qabul qilishda yuqori amaliy samaradorligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish