Ergashev Umidjon Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Soliq potensialini baholash amaliyotini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5470
Ilmiy rahbar: Axrorov Zarif Oripovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK foliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq potensiyalini bahoash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish maqsadida ularning ixtiyoriga yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er solig‘i, aylanmadan soliq hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qoldirish taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llash xizmatlar tannarxini optimallashtirish, moliyaviy natijalarni yaxshilash va «qaytarilmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i» bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish imkoniyatlari taklif etilgan;
foyda solig‘i tizimida qarzli moliyalashtirishni cheklash va moliyaviy yordam ko‘rinishidagi operatsiyalarning soliq bazasiga salbiy ta’sirini kamaytirish taklif qilingan;
foyda solig‘i bo‘yicha soliq chegirmalarining salbiy ta’sirini minimallashtirishda muammoli aktivlar va zaxira fondlari bo‘yicha xarajatlar chegirmasiga cheklov o‘rnatilishi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq potensialini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish maqsadida ularning ixtiyoriga yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er solig‘i, aylanmadan soliq hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qoldirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-noyabrdagi 18/1-124813-sonli dalolatnomasi). Natijada, mahalliy byudjet daromad bazasini mustahkamlashga, o‘z infratuzilmasi va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llash xizmatlar tannarxini optimallashtirish, moliyaviy natijalarni yaxshilash va «qaytarilmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i» bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish imkoniyatlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 15-bandini chiqarib yuborilishida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-noyabrdagi 18/1-124813-sonli dalolatnomasi). Natijada, xizmatlari xarajatlari pasayishi va kirim qilingan QQS uchun kredit olish imkoniyati yaratilishi, QQSning bevosita ishlab chiqarish solig‘iga aylanishini bartaraf etish hamda soliq tushumlarining oshishiga olib kelgan.
foyda solig‘i tizimida qarzli moliyalashtirishni cheklash va moliyaviy yordam ko‘rinishidagi operatsiyalarning soliq bazasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 299-moddasi 4-qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-noyabrdagi 18/1-124813-sonli dalolatnomasi). Natijada, foiz majburiyatisiz qarzlar yoki qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamlar bo‘yicha qarz oluvchining daromadini aniqlash va soliq bazasini kengaytirish imkoniyatini bergan.
foyda solig‘i bo‘yicha soliq chegirmalarining salbiy ta’sirini minimallashtirishda muammoli aktivlar va zaxira fondlari bo‘yicha xarajatlar chegirmasiga cheklov o‘rnatilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 315-moddasi 2-qismining 3-xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-noyabrdagi 18/1-124813-sonli dalolatnomasi). Natijada, zaxira fondlaridan foydani regulyatori sifatida foydalanishni cheklashga va soliq bazasini oshishiga olib kelgan.