Boboqulov Sanjar Baxronkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/Iqt792
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Po‘latov Muhiddin Egamberdievich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d., Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi professori, i.f.d., O‘zR FA akademigi To‘xliev Nurislom va Farg‘ona davlat universiteti professori, i.f.d Mirzaev Abdullajon Topilovich.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy kommunal xizmatlarining ekologik barqarorligini baholash metodologiyasi resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish indikatorlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilib, “Ekologik samarali rivojlantirish” ko‘rsatkichlar tizimi orqali ekologik va iqtisodiy samaradorlikni kompleks baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni boshqarishda “McKinsey 7S” modeli tarmoq xususiyatlariga moslashtirilib, strategik, tashkiliy va inson resurslari omillarining o‘zaro uyg‘unligini kompleks baholash hamda boshqaruv samaradorligini aniqlashning metodikasi takomillashtirilgan;
uy-joy kommunal xizmatlarini moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish maqsadida “Kraudfabding va Kraudsorsing” raqamli platformalarini tatbiq etish modeli ishlab chiqilib, aholi, boshqaruv subektlari va investorlarning moliyaviy resurslari hamda intellektual salohiyatini integratsiyalash orqali umumiy foydalaniladigan mulklarni ta’mirlash, renovatsiyalash, va modernizatsiyalash loyihalarini amalga oshirishning innovatsion usuli ishlab chiqilgan;
uy-joy kommunal xizmatlarini davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy, texnik, institutsional va ijtimoiy omillarini integratsiyalovchi kompleks baholash “Tartibga solish” mexanizmi ishlab chiqilib, tarmoq rivojlanishini baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ilmiy-metodik yondashuvi asoslangan;
Samarqand viloyatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda tarmoqni strategik rivojlantirish va investisiya siyosatini ilmiy asoslashga xizmat qiluvchi istiqbolli parametrlarga asoslangan 2029-yilgacha mo‘ljallangan ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy kommunal xizmatlarining ekologik barqarorligini baholash metodologiyasi resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish indikatorlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilib, “Ekologik samarali rivojlantirish” ko‘rsatkichlar tizimi orqali ekologik va iqtisodiy samaradorlikni kompleks baholash usluli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-fevraldagi PQ-47-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni takomillashtirish va kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 34-06/1571-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatkichlar tizimi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonining ekologik samarali rivojlantirishni baholash, xizmat sifatini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlashda amaliy vosita sifatida xizmat qilgan;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni boshqarishda “McKinsey 7S” modeli tarmoq xususiyatlariga moslashtirilib, strategik, tashkiliy va inson resurslari omillarining o‘zaro uyg‘unligini kompleks baholash hamda boshqaruv samaradorligini aniqlashning metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil
11-fevraldagi 34-06/1571-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish natijasida, “McKinsey 7S” modeli birinchi bor uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyatiga moslashtirilib, soha uchun xos tashkiliy, iqtisodiy va inson resurslari omillari aniqlangan hamda ularning o‘zaro integratsiyalangan boshqaruv tizim sifatida qarashiga asos bo‘lgan;
uy-joy kommunal xizmatlarini moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish maqsadida “Kraudfabding va Kraudsorsing” raqamli platformalarini tatbiq etish modeli ishlab chiqilib, aholi, boshqaruv subektlari va investorlarning moliyaviy resurslari hamda intellektual salohiyatini integratsiyalash orqali umumiy foydalaniladigan mulklarni ta’mirlash, renovatsiyalash, va modernizatsiyalash loyihalarini amalga oshirishning innovatsion usuli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning istiqbolli maqsadlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 34-06/1571-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif asosida aholi yashash hududlarida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda mavjud muammolarni bartaraf etish, innovatsion loyiha va tashabbuslarini amalga oshirishni ko‘ngillilar tomonidan loyihalash va moliyalashtirish natijasida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.
uy-joy kommunal xizmatlarini davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy, texnik, institutsional va ijtimoiy omillarini integratsiyalovchi kompleks “Tartibga solish” mexanizmi ishlab chiqilib, tarmoq rivojlanishini baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ilmiy-metodik yondashuvi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun asos qilib olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 34-06/1571-son ma’lumotnomasi). Amaliy ahamiyati sifatida, bu yondashuv xizmat ko‘rsatish rivojlantirish hamda boshqaruv qarorlarini maqsadli, asosli tarzda qabul qilishga xizmat qilagan. Shu bilan birga, u uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish uchun ilmiy-amaliy asos sifatida qabul qilingan;
Samarqand viloyatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda tarmoqni strategik rivojlantirish va investisiya siyosatini ilmiy asoslashga xizmat qiluvchi istiqbolli parametrlarga asoslangan 2029-yilgacha mo‘ljallangan ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmonida keltirilgan maqsadlarni amalga oshirishda qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil
11-fevraldagi 34-06/1571-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrdan foydalanish natijasida aholiga ko‘rsatiladigan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi subektlari faoliyatini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari soni 40,0 % ga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda xizmat ko‘rsatishning ulushini 60,0 % ga oshirish imkonini beradi.