Pardaeva Ozoda Mamayunusovnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt 957..2.PhD/Iqt1282
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professorr; Mansurova Nargiza Shamsiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karimova Aziza Muxammadrizaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida oilaviy tadbikorlikni rivojlantirishni metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning integratsiyalangan mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida “raqamli platformalar” va “innovatsion integratsiya” tamoyillari, raqamli texnologiyalardan foydalanishning E>1 texnoligiyalar samarali (on-line bronlash va mobil aplication xavfsiz), E=1 texnologiyalar xarajatlari teng (on-line mobil bronlash va aplication xavfga yaqin), E<1 texnoligiyalar samarasiz (on-line bronlash va mobil aplication xavfli) ko‘rsatkich koeffisientining integral usuli asosida “Omonqo‘tan” qishlog‘i turistik destinatsiyasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy aholi ish bilan band etishda “Digital tourism destination” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar dalillangan;
turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish maqsadida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari va samarali rivojlantirishni asosiy uslubiy yondashuvlar tasnifi, jozibadorligi targib qiluvchi “Smart tourism family entrepreneurship system” modeli asosida investorlar tomonidan real daromad va xarajat rejimini kuzatish imkoniyati, turpaketlarning reklamasini faollashtiradigan, R ∈ [-1;+1] oralig‘idagi integral risk-reyting indeksi bo‘yicha turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni investisyalshda integrasiyalashgan raqamli resurs “Investment in family entrepreneurship” platformasidan foydalanish bo‘yicha takliflar asosllangan;
xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, mamlakatning turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni samarali rivojlantirish asosida turizm sohasi subektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari)ning turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalar bilan integratsiyalash uchun “Family Entrepreneurship in MICE Tourism” modelidan foydalanish afzaliklar bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizda turoperatorlar tomonidan norezidentlarga koʻrsatiladigan turizm xizmatlarini, ularning amalga oshirilish joyidan qatʼi nazar, xizmatlar eksporti deb eʼtirof etish hamda ularga qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasini qoʻllashni joriy etish asosida “Omonqo‘ton”, “Qoratepa”, “Yuqori Tersak”, “O‘rta Tersak”, “Tersak” qishloqlaridagi oilaviy tadbirkorlik obektlarida (turistik majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari) turistik keytering xizmatlarini joriy etishda “Family entrepreneurship in the tourism” usuli bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda oilaviy tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish omillarining ta’sirini hisobga olib, respublikada turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida ekonometrik ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
nnovatsion iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida oilaviy tadbikorlikni rivojlantirishni metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning integratsiyalangan mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida “raqamli platformalar” va “innovatsion integratsiya” tamoyillari, raqamli texnologiyalardan foydalanishning E>1 texnoligiyalar samarali (on-line bronlash va mobil aplication xavfsiz), E=1 texnologiyalar xarajatlari teng (on-line mobil bronlash va aplication xavfga yaqin), E<1 texnoligiyalar samarasiz (on-line bronlash va mobil aplication xavfli) ko‘rsatkich koeffisientining integral usuli asosida “Omonqo‘tan” qishlog‘i turistik destinatsiyasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy aholi ish bilan band etishda “Digital tourism destination” modelidan foydalanish bo‘yicha dalillangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ning 2026-yil 22-iyundagi 02-17/6387-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi orqali turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida hudularda oilaviy tadbirkorlikka asoslangan turistik korxonalarning bozor ulushini 25% ga kengayishiga hamda mijozlar qoniqishini 16 %ga osirishga zamin yaratgan;
turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish maqsadida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari va samarali rivojlantirishni asosiy uslubiy yondashuvlar tasnifi, jozibadorligi targib qiluvchi “Smart tourism family entrepreneurship system” modeli asosida investorlar tomonidan real daromad va xarajat rejimini kuzatish imkoniyati, turpaketlarning reklamasini faollashtiradigan, R ∈ [-1;+1] oralig‘idagi integral risk-reyting indeksi bo‘yicha turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni investisyalshda integrasiyalashgan raqamli resurs “Investment in family entrepreneurship” platformasidan foydalanish bo‘yicha asosllangan takliflar 2026-yil 6-iyundagi 8-mh-son “Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” gi “Nizomi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ning 2026-yil 22-iyundagi 02-17/6387-son ma’lumotnomasi).Ushbu taklifdan foydalanish asosida mamlakatimizni qo‘shimcha ravishda turistlar oqimini 1,5 baravarga oshirishga imkoniyatini yaratgan;
xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, mamlakatning turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni samarali rivojlantirish asosida turizm sohasi subektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari)ning turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalar bilan integratsiyalash uchun “Family Entrepreneurship in MICE Tourism” modelidan foydalanishning afzalliklari bo‘yicha takliflar 2026-yil 16-martdagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ning 2026-yil 22-iyundagi 02-17/6387-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish asosida turizm sektorining umumiy YaIMga nisbiy ulushi 3,7 % gacha o‘sishiga imkon bergan;
mamlakatimizda turoperatorlar tomonidan norezidentlarga koʻrsatiladigan turizm xizmatlarini, ularning amalga oshirilish joyidan qatʼi nazar, xizmatlar eksporti deb eʼtirof etish hamda ularga qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasini qoʻllashni joriy etish asosida “Omonqo‘ton”, “Qoratepa”, “Yuqori Tersak”, “O‘rta Tersak”, “Tersak” qishloqlaridagi oilaviy tadbirkorlik obektlarida (turistik majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari) turistik keytering xizmatlarini joriy etishda “Family entrepreneurship in the tourism” usuli bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-apreldagi PQ–161-son “2026–2027-yillarda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistik salohiyatni oshirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ning 2026-yil 22-iyundagi 02-17/6387-son ma’lumotnomasi). Natijada 2026 yilda mamlakatimizda turizm xizmatlari eksportini 1,2 baravarga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
hududlarda oilaviy tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish omillarining ta’sirini hisobga olib, respublikada turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida ekonometrik ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan, hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ning 2026-yil 22-iyundagi 02-17/6387-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari turizm sohasida oilaviy tadbirkorlik subektlari soni 2030-yilga borib 29630 tani tashkil etishi asoslangan.