Mavlanova Umida Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“Innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitali sifatini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi”.
Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5957.
Ilmiy rahbar: Karimov Diyor Muxtarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: ALFRAGANUS UNIVERSITY.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitali sifatini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“inson kapitali sifati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni inson kapitalida mujassamlashgan qiymatning uning iste’mol qiymati (nafliligi) orqali ro‘yobga chiqish darajasi, ya’ni bilim, malaka va kasbiy qobiliyatlarning mehnat jarayonida qo‘shimcha qiymat, daromad hamda ijtimoiy-iqtisodiy samara yaratish qobiliyatini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida yondashish asosida takomillashtirilgan.
respublikada inson kapitali sifatini oshirishga tegishli xalqaro tashkilotlardan akkreditatsiyasidan o‘tib, jahon standartlariga javob beradigan etuk mutaxassislar tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariga (o‘quv markazlari) ular o‘qitgan talabalarning o‘qitish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada inson kapitali samaradorligini oshirish mexanizmini bitiruvchilari IT-xizmatlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir bitiruvchi uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan bitiruvchilar uchun esa 105 baravargacha bir martalik subsidiya ajratish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
ITTKI, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga xarajatlar o‘rtasida korrelyasion-regression bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik modelni ishlab chiqish orqali respublikada mehnat unumdorligini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“inson kapitali sifati” tushunchasi iqtisodiy mazmunining inson kapitalida mujassamlashgan qiymatning uning iste’mol qiymati (nafliligi) orqali ro‘yobga chiqish darajasi, ya’ni bilim, malaka va kasbiy qobiliyatlarning mehnat jarayonida qo‘shimcha qiymat, daromad hamda ijtimoiy-iqtisodiy samara yaratish qobiliyatini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qilish asosida takomillashtirilgan ta’rifi respublika oliy ta’lim muassasalarining barcha iqtisodiy yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriyat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekonomicheskaya teoriya” nomli darslikka kiritilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 2025 yil 29 dekabrdagi 883-son qarori). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish talabalar tomonidan innovatsion iqtisodiyot sharoitida “inson kapitali” kategoriyasini, shuningdek fan, ta’lim va innovatsiyalarning respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi; 
respublikada inson kapitali sifatini oshirishga tegishli xalqaro tashkilotlardan akkreditatsiyasidan o‘tib, jahon standartlariga javob beradigan etuk mutaxassislar tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariga (o‘quv markazlari) ular o‘qitgan talabalari o‘qitish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi “a” kichik bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 24 fevraldagi 04/26-1-2-4285-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif respublikada inson kapitali sifatini oshirishga, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi; 
respublikada inson kapitali samaradorligini oshirish mexanizmini bitiruvchilari IT-xizmatlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir bitiruvchi uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan bitiruvchilar uchun esa 105 baravargacha bir martalik subsidiya ajratish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 fevraldagi PQ-51-son “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 24 fevraldagi 04/26-1-2-4285-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirish raqamli ko‘nikmalarga ega kadrlar salohiyatini mustahkamlash orqali inson kapitali sifatining innovatsion iqtisodiyot talablariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlaydi; 
ITTKI, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga xarajatlar o‘rtasida korrelyasion-regression bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik modelni ishlab chiqish orqali shakllantirilgan respublikada mehnat unumdorligini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ta’lim va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 24 fevraldagi 04/26-1-2-4285-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy etish innovatsion iqtisodiyot sharoitida inson kapitali sifatini ta’minlash hamda kadrlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish