Kurbonov Jalolxon Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining klinik va patomorfologik xususiyatlari” 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5533
Ilmiy rahbar: Mamajanov Boxadirjon Solijonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti .
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Allaberganov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Shokirova Sadoqatxon Muhammadsolievna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Turli yoshlarda jarrohlik amaliyotlaridan keyingi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining klinik-patomorfologik xususiyatlari va o‘limga olib keluvchi tanatogenetik mexanizmlarni kompleks tahlil qilish, klinik ma’lumotlar bilan autopsiya natijalari o‘rtasidagi klinik-morfologik bog‘liqlikni baholash, hamda immunogistokimyoviy usul yordamida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda rivojlangan tromboemboliya asoratlarini ayollarda ustun turishi va yoshga doir uchrashi bo‘yicha 45-59 yoshlilarda 18-44 yoshlilarga nisbatan 2,45 marta ko‘p uchrashi va o‘lim ko‘rsatichi bo‘yicha 4,5 barobarga ko‘pligi ochib berilgan;
o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida o‘pka arteriyasini zararlanish darajasi bo‘yicha, 45-59 yoshlilarda tomirlarni zararlanishi tomir intimasida endotelioz, tolali tuzilmalarni mukoid bo‘kishi bilan namoyon bo‘lsa, 18-44 yoshlilarda mayda kalibrli tomirlarni torayishi va to‘laqonligi ustun bo‘lishi isbotlangan;
o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida 18-44 yoshlilarda qiyosiy klinik va patoanatomik tekshiruvlarda o‘limga bevosita sabab o‘pkalar shishi bo‘lsa, 45-59 yoshlilarda o‘pka shishining juda kam rivojlanganligi, pulmokoronar refleksni tanatogenezda muhim ahamiyatli ekanligini ko‘rsatuvchi klinik-morfologik belgilar aniqlangan;
jarrohlik amaliyotidan keyin rivojlangan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining immunogistokimyoviy tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘pka arteriyalari endoteliysida CD31 (PECAM-1) va CD63 markerlarining yoshga doir eksperssiyasi 45-59 yoshlarda past, 18-44 yoshlarda esa o‘rtacha pozitiv ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘pka arteriyasi tromboembolik asoratlarini yoshga doir immunogistokimyoviy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Birinchi ilmiy yangilik: jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda rivojlangan tromboemboliya asoratlarini ayollarda ustun turishi va yoshga doir uchrashi bo‘yicha 45-59 yoshlilarda 18-44 yoshlilarga nisbatan 2,45 marta ko‘p uchrashi va o‘lim ko‘rsatichi bo‘yicha 4,5 barobarga ko‘pligi ochib berilganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2025 y., №22-sonli buyrug‘i), Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (17.11.2025 y., №28-sonli buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorlig: Tadqiqot natijasida ayollarda, ayniqsa 45-59 yosh guruhida tromboembolik asoratlar yuqori uchrashi va o‘lim xavfining oshishi ilmiy asoslangan holda isbotlanib, ushbu aholi qatlamiga nisbatan alohida profilaktik va diagnostik yondashuv zarurligi ko‘rsatib berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Xavf guruhlarni belgilash orqali profilaktik chora-tadbirlarni erta qo‘llash, asoratlar tufayli uzoq muddatli reanimatsion davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bu esa statsionar davolanish muddatining qisqarishi, qo‘shimcha diagnostik va reanimatsion tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi, har bir bemor uchun davolash xarajatlari o‘rtacha 262.500 so‘mga kamayadi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida o‘pka arteriyasini zararlanish darajasi bo‘yicha, 45-59 yoshlilarda tomirlarni zararlanishi tomir intimasida endotelioz, tolali tuzilmalarni mukoid bo‘kishi bilan namoyon bo‘lsa, 18-44 yoshlilarda mayda kalibrli tomirlarni torayishi va to‘laqonligi ustun bo‘lishi isbotlanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2025 y., №22-sonli buyrug‘i), Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (17.11.2025 y., №28-sonli buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining yoshga bog‘liq patomorfologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratildi, bu esa jarrohlikdan keyingi davrda bemorlarni dinamik kuzatish, xavf guruhlarini erta aniqlash va asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Xavf guruhlarni belgilash orqali profilaktik chora-tadbirlarni erta qo‘llash, asoratlar tufayli uzoq muddatli reanimatsion davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bu esa statsionar davolanish muddatining qisqarishi, qo‘shimcha diagnostik va reanimatsion tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi, har bir bemor uchun davolash xarajatlari o‘rtacha 262.500 so‘mga kamayadi.
Uchinchi ilmiy yangilik: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida 18-44 yoshlilarda qiyosiy klinik va patoanatomik tekshiruvlarda o‘limga bevosita sabab o‘pkalar shishi bo‘lsa, 45-59 yoshlilarda o‘pka shishining juda kam rivojlanganligi, pulmokoronar refleksni tanatogenezda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatuvchi klinik-morfologik belgilar aniqlanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2025 y., №22-sonli buyrug‘i), Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (17.11.2025 y., №28-sonli buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Jarrohlikdan keyingi asoratlar bilan bog‘liq nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini qisqartirishga, aholi salomatligini saqlashga hamda sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy yordam sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Xavf guruhlarni belgilash orqali profilaktik chora-tadbirlarni erta qo‘llash, asoratlar tufayli uzoq muddatli reanimatsion davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bu esa statsionar davolanish muddatining qisqarishi, qo‘shimcha diagnostik va reanimatsion tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi, har bir bemor uchun davolash xarajatlari o‘rtacha 262.500 so‘mga kamayadi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: jarrohlik amaliyotidan keyin rivojlangan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining immunogistokimyoviy tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘pka arteriyalari endoteliysida CD31 (PECAM-1) va CD63 markerlarining yoshga doir eksperssiyasi 45-59 yoshlarda past, 18-44 yoshlarda esa o‘rtacha pozitiv ekanligi aniqlanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2025 y., №22-sonli buyrug‘i), Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (17.11.2025 y., №28-sonli buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosida CD31 (PECAM-1) va CD63 markerlarining yoshga bog‘liq ekspressiya xususiyatlarini aniqlash orqali o‘pka arteriyalari endoteliysi shikastlanish darajasini obektiv baholash imkoni yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Xavf guruhlarni belgilash orqali profilaktik chora-tadbirlarni erta qo‘llash, asoratlar tufayli uzoq muddatli reanimatsion davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bu esa statsionar davolanish muddatining qisqarishi, qo‘shimcha diagnostik va reanimatsion tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi, har bir bemor uchun davolash xarajatlari o‘rtacha 262.500 so‘mga kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida», 2018 yil 7 dekabrdagi PF–5590-son «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2017 yil 20 iyundagi PQ–3071-son «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017–2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.