Kamalov Oybek Axmatovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot etkazib berish bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish», 12.00.03 − Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: yuridik fanlar nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu38.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: N.S. Narmatov, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, 16.07.2013.Yu.26.01.

Rasmiy opponentlar: R.J.Ro‘ziev, yuridik fanlar doktori, professor; K.O.Sindarov, yuridik fanlar doktori; I.I.Nasriev, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: mahsulot etkazib berish sohasida fuqarolik-huquqiy shartnomalarni takomillashtirish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatida qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga tavsiyalar berishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirish, mahsulot etkazib berish sohasida ularning ishtiroki doirasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan;

xo‘jalik sudlarida tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar ustidan da’voni ta’minlash choralarining ko‘rilishi shartligi asoslangan;

mahsulot etkazib berish shartnomalari bilan bog‘liq munosabatlarda tadbirkorlik sub’ektlari hamda iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ilmiy echimlar taklif etilgan;

«Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi shartnomalari to‘g‘risida»gi konvensiyaning mahsulot etkazib berish tartib-taomillari, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning buzilishini oldindan ko‘rish kabi qoidalari asosida Fuqarolik kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asoslantirilgan;

Fuqarolik kodeksining 366-moddasi va 108-moddasi talablarini o‘zaro muvofiqlashtirishga bo‘lgan zarurat aniqlangan, bu borada xalqaro hujjatlarning qoidalari asosida FKda «Bitimlarning elektron shakli» deb nomlanuvchi yangi 1101-moddani ifodalash lozimligi asoslantirilgan;

mahsulot etkazib berish shartnomalari bilan bog‘liq amaliyot tahlili asosida sotib oluvchi mahsulot etkazib beruvchi topshirgan tovarni mas’uliyatli saqlashi bilan bog‘liq munosabatlarga FKning 51-bobi («Omonat saqlash») qoidalarini ham tadbiq etish zarurati asoslab berilgan;

mahsulotlarni o‘zlari ishlab chiqargan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bir qatorda, mahsulot etkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan har qanday mahsulot etkazib beruvchi-sotuvchiga ham sanoat yarmarkalarida qatnashish, ular mahsulotlari xaridini elektron savdolarda, shuningdek birja faoliyatida maxsus axborot portali orqali amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.

    IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Ilmiy ishning natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 76-moddasi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasi, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish hamda ushbu qonunda «Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashning kafolatlari» nomli yangi 301-modda bilan to‘ldirish yuzasidan takliflar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqilishida foydalanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-sonli qonunining 1, 14, 19, 23, 29-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 16 noyabrdagi 02/1-5-sonli dalolatnomasi);

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorining quyidagi yo‘nalishlarida foydalanilgan: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2002 yil 4 martdagi «O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunini xo‘jalik sudlari amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida»gi 103-sonli qarorining 9-bandi hamda 2007 yil 15 iyundagi «Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida»gi 162-sonli qarorining 17-bandiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan. Mazkur takliflarning amalga oshirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzishda qonuniylikni ta’minlashga, tadbirkorlik sub’ektlarining taqdim etgan arizalar asosida xo‘jalik sudlari tomonidan da’voni ta’minlashning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu takliflar 2015 yil 30 sentyabr` kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1,3-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 2015 yil 30 oktyabrdagi 4359-sonli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish