Haydarova Muhayyo Fayoz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy resurslar asosida sukat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T4400.
Ilmiy rahbar: Oltiev Azim To‘yqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy resurslar asosida sukat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sabzavotlar asosida sukat ishlab chiqarish uchun novvot tayyorlashda hosil bo‘ladigan qoldiq qiyomni suv bilan 1:3,5 nisbatda suyultirish, boradigan jarayonlarni optimallashtirishi ilmiy asoslangan;
qoldiq qiyom tarkibida eruvchan quruq moddalar miqdorining yuqori darajada (74,6%) bo‘lishi hamda uglevodlar tarkibida fruktoza massa ulushining ustunligi (55%) uning funksional oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda istiqbolli xomashyo sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy asoslangan;
sukat ishlab chiqarish texnologiyasida xomashyoni qoldiq novvot qiyomi bilan to‘yintirish bosqichida harorat (108-112°C), qiyom konsentratsiyasi (58-60%), jarayonning davomiyligi (4-5 daqiqa) hamda quritish harorati (40°C) kabi asosiy texnologik omillarning mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan;
novvot tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan qoldiq qiyomdan foydalanib, sukat ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy resurslar asosida sukat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shakar o‘rnini bosuvchi qoldiq novvot qiyomidan sukat ishlab chiqarish usuli «Livadiya-Bukhara» MChJ korxonasida “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi» AJ ning 2025-yil 19-apreldagi 19-39/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, shakar qiyomi o‘rnini biokimyoviy tarkib jihatdan samarali bo‘lgan qoldiq novvot qiyomi bilan almashtirish imkonini bergan.
qoldiq novvot qiyomi asosida tayyorlangan sukatlardan “Keks” tayyorlash 7texnologiyasi «PASQUALE» MChJ korxonasida “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi» ning 2025-yil 1-maydagi 06/14-3-05/2682-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligi shakar va uning resepturadagi miqdorini kamaytirish, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarish unumdorligini oshirish imkonini bergan.