Yomg‘urov Sa’dulla Ataboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy gazlarni birlamchi tayyorlashda turli aralashmalardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish”, 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T3814.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Bozorov G‘ayrat Rashidovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tabiiy gazlarni birlamchi tayyorlashda turli aralashmalardan tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1000 m3 Sho‘rtan koni tabiiy gazini zamonaviy standart me’yorigacha mexanik zarrachalar va tuzlardan tozalash uchun 240 l distillangan suv, 270 l texnik suv talab etilishi asoslangan; 
toza gaz namunasi va tarkibida mexanik zarrachalar hamda tuzlar saqlagan gazni adsorbsion quritish jarayonida adsorbentlarning sorbsion sig‘imining o‘zgarishi dinamikasi tadqiq etilib, tarkibida mexanik zarrachalar va tuzlar saqlagan gazlarni quritish mobaynida adsorbentlarning 26,1 dan 33,9% gacha adsorbsion yuzasini yo‘qotishi  isbotlangan;
Alumac (2-5 Å) adsorbenti yordamida 5,5 MPa bosim va 27 0C haroratda, tabiiy gaz tarkibidagi namlik miqdori 262 ppm dan 47 ppm gacha kamayishi  isbotlangan; 
Alumac (2-5 Å) adsorbentdan namlik va kondensatning desorbsiya egri chiziqlari, adsorbent tarkibidan 1300C haroratda namlikni to‘liq ajralishi, suyuq uglevodorodlar esa 1200C haroratda to‘liq desorbsiyalanishini ko‘rsatib, Alumac (2-5 Å) adsorbenti uchun desorbsiya jarayoni  optimal harorati 1300C  ekanligi ilmiy asoslangan;
suyuq va qattiq yutuvchilar yordamida tabiiy gazni tozalash va quritishning kombinatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy gazlarni birlamchi tayyorlashda turli aralashmalardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnik suvlar yordamida tabiiy gazni mexanik zarrachalar va tuzlardan birlamchi tozalab, so‘ngra Alumac (2-5 Å) markadagi faollashtirilgan alyuminiy oksidi yordamida adsorbsion quritish usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ ning «2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2024- yil 04-noyabrdagi 941-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 270C harorat va 5,5 MPa bosim ostidagi sharoitlarda tabiiy gazni tozalash orqali, gaz tarkibidagi mexanik zarrachalar va tuzlar miqdorini 0,345 g/m3 dan 0,075 g/m3 gacha kamaytirish imkonini beradi;
tabiiy gazlarni birlamchi tayyorlashda turli aralashmalardan tozalashning takomillashtirilgan texnologiyasi “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025-yil 27-avgustdagi P02/EM-34-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Alumac (2-5 Å) adsorbenti yordamida 5,5 MPa bosim va 270C haroratda, tabiiy gaz tarkibidagi namlik miqdori 262 ppm dan 47 ppm gacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish