Niyazova Oybaxor Baxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysi mevali bog‘lari tuproq makrofaunasining sistematik tarkibi, ekologiyasi va xo‘jalikdagi ahamiyati», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.RhD/V244.
Ilmiy rahbar: Izzatullaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tangirov Xasan Toshtemirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon vodiysidagi mevali bog‘lar tuproq makrofaunasining taksonomik tarkibini, bioekologik xususiyatlari va xo‘jalikdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘rta Zarafshon vodiysi mevali bog‘larida yomg‘ir chuvalchanglarning 1 oila 3 avlodga mansub 5 ta turi, quruqlik mollyuskalarining 6 ta oila, 6 ta avlodga mansub 9 ta turi, hasharotlarning 1 ta oila 10 ta avlodga mansub 14 ta turi tarqalganligi aniqlangan;
yomg‘ir chuvalchanglaridan: 1 ta kenja turi – Aporrectodea caliginoza caliginoza Savigny,3 ta turi – Dendrabaena byblica Rosa, D. veneta Rosa, Eusenia fetida Savigny; quruqlik mollyuskalaridan: 4 turi –Cochlicopa lubrica Müller, Vallonia pulchella Müller, Leucozonella rufispira Martens, L. retteri Rosen; hasharotlardan: 6 ta turi – Polyphylla tridentata Reitter, Shioneosoma porosum Fischer von Waldheim, Epicometis turanica Reitter, Oxythyrea cinotella Schaum, Potosia turkestanica Kraatz, P. marginicollus Fabricius, jami 14 ta tur O‘rta Zarafshon vodiysi mevali bog‘lari faunasi uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;
O‘rta Zarafshon vodiysi mevali bog‘lari tuproq makrofaunasi yashash sharoitiga ko‘ra 6 ta guruhga va oziqlanish usuliga ko‘ra 3 ta ekologik guruhga ajralishi asoslangan;
ilk bor tabiiy biotsenozlar va mevali bog‘lar makrofaunasining fasllararo tarqalish dinamikasi ochib berilgan;
O‘zbekiston sharoitida Melolontha hippocastani Fabricius, 1801 ning fenologiyasi, populyasiya sonining mavsumiy o‘zgarish xususiyatlari, lichinkalarning tuproq qatlamlari bo‘ylab migratsiyasining harorat va namlikka bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan.
ilk bor M. hippocastani lichinkalariga mexanik va kimyoviy qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta Zarafshon vodiysi mevali bog‘lari tuproq makrofaunasi sistematik tarkibi, morfologik, ekologik xususiyatlari, tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mevali bog‘lar tuproqlari makrofaunasining bioekologik xususiyatlari va tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uzumzorlarining may qo‘ng‘izi bilan zararlanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 13 iyuldagi 02/030-208-son ma’lumotnomasi). Natijada uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikni 8,33% ga oshrish imkonini bergan;
mevali bog‘lar tuproq makrofaunasining turlar tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi faoliyatida hududning populyasion ko‘rsatkichlarini aniqlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 03-03/2-4562-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq makrofaunasi tarkibining o‘zgarishini baholash orqali hududning ekologik omillar o‘zgaruvchanligini aniqlash va ular asosida hayvonot dunyosi barqarorligini saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish