Bekmirzaev Shohruh Ikrom o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy arpa donidan funksional un ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5854.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratullo Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergasheva Xusnirabo Bobonazarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy arpa donining kimyoviy tarkibi, biofaol komponentlari va texnologik xossalarini ilmiy asosda baholagan holda, funksional un texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Abu G‘ofur” va “HM-140” arpa navlarining fizik-kimyoviy va texnologik ko‘rsatkichlari funksional un ishlab chiqarishga yuqori darajada mos ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
arpa doniga qo‘llangan issiqlik-namlik bilan ishlov berish 0,4 MPa bosimda 6 daqiqalik bug‘lash, 15 % namlash va 110 °C da quritish rejimi don tarkibidagi chidamli kraxmal miqdori 8,63 % ga oshiruvchi optimal texnologik parametrlar ekanligi isbotlangan;
issiqlik-namlik bilan ishlov berish usuli arpa uning mikrobiologik ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlanishi hisobiga, mahsulotning saqlanish muddati 4 oydan 6 oygacha uzayishi ilmiy jihatdan asoslangan;
arpa unining nonvoylik xususiyatlarini belgilovchi suv yutish qobilyati WA (70–76 %) va xamir barqarorligi (10–11,5 min) ko‘rsatkichlari texnologik jihatdan pechene ishlab chiqarish uchun maqbulligi aniqlangan;
mahalliy qobiqli arpa donidan un olish texnologiyasi takomillashtirilgan va ilk bor qobiqsiz arpa donidan un olish texnologiyasi yaratilgan hamda iqtisodiy samaradorligi tasdiqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arpa uni va pechene mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy arpa donidan funksional un ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoat uyushmasining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoat uyushmasi 2025 yil 22 dekabrdagi 22-127/12-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional xususiyatlarga ega, chidamli kraxmal ulushi yuqori bo‘lgan arpa uni olish imkonini beradi; 
mahalliy arpa donidan olingan unlardan shakarsiz pechene mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoat uyushmasining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoat uyushmasi 2025 yil 22 dekabrdagi  22-127/12-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada biofaol moddalar miqdori yuqori bo‘lgan funksional shakarsiz pechene olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish