Yusupova Sevara Rishatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy    ma’lumotlar:
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tashqi va o‘rta quloqning tug‘ma nuqsoni bor bolalarda eshitish va nutq reabilitatsiyasini optimallashtirish” 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3737.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saydakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
     Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bolalar milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Sanjar Salomovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadieva Gulmira Amantaevna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).    
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Tashqi va o‘rta quloqning tug‘ma nuqsoni bilan kasallangan bolalarda suyak orqali tovush o‘tkazishni kuchaytirish yordamida eshitish va nutq reabilitatsiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning anamnez ma’lumotlarini so‘rovnomalar asosida tahlil qilinishi natijasida 6,5% homiladorlik vaqtida qabul kilingan dori vositalar, 21,2% genetik kasalliklar, 17,2% homiladorlikdagi  infeksiyalar,  48,2% yaqin qarindoshlik tug‘ma nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lganligi  aniqlangan; 
tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda ob’ektiv audiologik tekshiruvlar (QLChEP, MultiASSR) o‘tkazish natijasida suyak o‘tkazuvchanligi 18,7±2,1 dB, havo o‘tkazuvchanlik 62,7±3,6 dB bo‘lganligi hamda konduktiv turdagi eshitish zaifligini 2 daraja va aralash eshitish zaifligini 3 darajada ifodalanganligini isbotlangan; 
tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishda suyak orqali o‘tkazuvchi moslama qo‘llash yordamida prelingval guruxda hayot sifati postlingval guruxga qaraganda 1,4 baravar yuqori samaradorlikka erishilishi (98,21±4,25 va 79,09±4,48 ball) hamda hayot tarziga ijobiy ta’sir qilinishi isbotlangan;
tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni eshitishini suyak orqali o‘tkazuvchi moslama  yordamida erta yoshda reabilitatsiya qilish bolalarning nutq va eshitish ko‘nikmalarini shakllanishi 87% ga oshishiga,  bolalarni eshitish va nutq reabilitatsiyasi algoritmini joriy qilinishi esa kasallikni erta aniqlash, diagnostika, davolash va reabilitatsiyani tizimli va bosqichma-bosqich tashkil qilish, individual yondashuvni ta’minlash, eshitish va nutq rivojlanishining optimal natijalariga erishish imkonini bergani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025-yil 15-avgustdagi 23/06-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Bolalar milliy tibbiyot markazining 2025-yil 8-iyundagi №06-3481-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning anamnez ma’lumotlarini so‘rovnomalar asosida tahlil qilinishi natijasida 6,5% homiladorlik vaqtida qabul kilingan dori vositalar, 21,2% genetik kasalliklar, 17,2% homiladorlikdagi  infeksiyalar,  48,2% yaqin qarindoshlik tug‘ma nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lganligi  aniqlanganligi Bolalar milliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 25 martdagi №3 yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Tashqi va o‘rta qulokni tug‘ma nuqsonlari bor bolalarda tashxislashni maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 maydagi 78-sonli buyruq asosida) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 maydagi 42-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27/26-sonli xulosa). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda QLChEP tekshirish eshitish zaifligining og‘irlik darajasini aniqlash va dinamikada yaxshilash uchun eshitish va nutq monitoringi o‘tkazish kompleks tashxislash samaradorligini oshirish hamda davolash usulini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda QLChEP tekshirish o‘tkazish bemorlarda o‘rta hisobda 127000 so‘m iqtisod qilish imkoni berdi, agar 1 yilda o‘rtacha 40 nafar bemor ushbu kasallik bilan murojaat qilishini inobatga olsak, umumiy yillik 5080000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda kasallikni tarqalishi va o‘ziga xos kechishini inobatga olish kompleks tashxislash va davolash samaradorligini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda ob’ektiv audiologik tekshiruvlar (QLChEP, MultiASSR) o‘tkazish natijasida suyak o‘tkazuvchanligi 18,7±2,1 dB, havo o‘tkazuvchanlik 62,7±3,6 dB bo‘lganligi hamda konduktiv turdagi eshitish zaifligini 2 daraja va aralash eshitish zaifligini 3 darajada ifodalanganligini isbotlanganligi Bolalar milliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 25 martdagi №3 yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Tashqi va o‘rta quloqni tug‘ma nuqsonlari bor bolalarda tashxislashni maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 maydagi 78-sonli buyruq asosida) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 maydagi 42-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27/26-sonli xulosa). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yig‘ilish bayonining 2025 yil 10 iyundagi 19/78-son bayoni asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent davlat stomatologiya instituti¬ning 2025 yil 5 iyundagi №3288-sonli, sog‘liqni saqlashning boshqa muassasalariga ilmiy yangiliklarni joriy etish to‘g‘risidagi xatiga asosan): 
uchinchi ilmiy yangilik: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishda suyak orqali o‘tkazuvchi moslama qo‘llash yordamida prelingval guruxda hayot sifati postlingval guruxga qaraganda 1,4 baravar yuqori samaradorlikka erishilishi (98,21±4,25 va 79,09±4,48 ball) hamda hayot tarziga ijobiy ta’sir qilinishi isbotlanganligi Bolalar milliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 25 martdagi №3 yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Tashqi va o‘rta quloqni tug‘ma nuqsonlari bor bolalarda eshituv reabilitatsiyasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 maydagi 78-sonli buyruq asosida) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 maydagi 42-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27/26-sonli xulosa). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: QLChEP va MultiASSRdan foydalanish orqali eshitish holatini kompleks baholash isbotlangan, bu esa tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda apparat samaradorligini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: QLChEP va MultiASSRdan foydalanish orqali eshitish holatini kompleks baholash isbotlangan. Shuning hisobiga, reabilitatsiya bilan bog‘liq xizmatlar va dori-darmon sarfi bir bemorda o‘rtacha 500000 so‘mgacha qisqaradi. Bu nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni kamaytiradi, balki bemorlarning iqtisodiy yo‘qotishlarini (ishdan qolish vaqti, transport, parvarish xarajatlari) ham qisqartiradi. Yiliga kamida 60 nafar bemorda joriy etilsa, muassasa darajasida yillik umumiy iqtisodiy samara 3000000 so‘m atrofida shakllanadi. Xulosa: QLChEP va MultiASSRdan foydalanish orqali eshitish holatini kompleks baholash isbotlangan, bu esa tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda apparat samaradorligini oshirishga imkon bergan, reabilitatsiya bo‘yicha xarajatlarni qisqartiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni eshitishini suyak orqali o‘tkazuvchi moslama  yordamida erta yoshda reabilitatsiya qilish bolalarning nutq va eshitish ko‘nikmalarini shakllanishi 87% ga oshishiga,  bolalarni eshitish va nutq reabilitatsiyasi algoritmini joriy qilinishi esa kasallikni erta aniqlash, diagnostika, davolash va reabilitatsiyani tizimli va bosqichma-bosqich tashkil qilish, individual yondashuvni ta’minlash, eshitish va nutq rivojlanishining optimal natijalariga erishish imkonini bergani asoslanganligi Bolalar milliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 25 martdagi №3 yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Tashqi va o‘rta quloqni tug‘ma nuqsonlari bor bolalarda eshituv reabilitatsiyasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 maydagi 78-sonli buyruq asosida) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 maydagi 42-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi №27/26-sonli xulosa). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar hayot sifatini baholash yordamida bola holatini to‘g‘ri baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy usulda davolanish o‘rtacha 9-10 kun tashkil etsa, biz ishlab chiqqan kompleks davoda esa 6 va 7 kunni tashkil etdi. Xar bir bemor uchun o‘rtacha o‘rin kuni va davolash xarajatlari 2855540 so‘mni tashkil etsa, ishlab chiqilgan kompleks davo va o‘rin kuni qisqarishini xisobga olib 1280350 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar hayot sifatini baholash yordamida bola holatini to‘g‘ri baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish