Ahmadjonova Sadoqatxon Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi sharoitida Agriotes meticulosus Candeze 1863 (Elateridae) qo‘ng‘izining bioekologiyasi va vertikal migratsiyasi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B191.
Ilmiy rahbar: [Ahmedov Madaminbek Hotamovich], biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Husniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Matnazar Shomurodovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi sharoitida Turkiston qirsildoq qo‘ng‘izi (simqurtlar)ning biologik, ekologik xususiyatlari va ahamiyatini aniqlash hamda biozararlanishdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida Turkiston qirsildoq qo‘ng‘izi (simqurtlar)ning biologiyasi va ekologik xususiyatlari, jumladan, rivojlanish bosqichlari davomiyligi va unga tuproq namligi, tuproq harorati, tuproq tarkibining ta’siri ochib berilgan;
simqurtlarning mavsumiy oziqlanish usullari, trofik aloqalari va ozuqa spektri aniqlangan hamda ularning sabzavot ekinlariga zarar keltirish darajalari asoslangan;
ilk bor simqurtlarning sutkalik (vms), oylik (vmo) va mavsumiy (vmm) vertikal migratsiyalari hamda bu jarayonga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida simqurtlarning mintaqaviy taqsimlanishi va simqurtlar populyasiyasi zichligining mavsumiy o‘zgaruvchanlik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Agriotes meticulosus Candeze 1863 qo‘ng‘izining bioekologiyasi va vertikal migratsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi sharoitida Agriotes meticulosus Candeze 1863 qo‘ng‘izining tuproq qatlamlari bo‘ylab vertikal va gorizontal harakatlanishi, mintaqalar bo‘ylab tarqalishi, tuproq rH muhitni aniqlash bo‘yicha olingan ma’lumotlar OT-YoF3-011 raqamli “Mevali bog‘lar shiralarini o‘rganish (hayot sikli, tarqalishi, ekologiyasi, etologiyasi, gazlar almashinuvi va zarar keltirish xususiyatlari)” mavzusidagi loyihada simqurtlarning tuproq qatlamlaridagi harakati, vertikal va gorizantal migratsiyasi hamda zararkunanda hashoratlar populyasiyasi zichligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 iyuldagi 89-03-2839-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ko‘chatlarni etishtirish, o‘simliklar immunitetini oshirish, ko‘chatlarning tashqi muhit omillariga chidamliligini oshirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida Agriotes meticulosus Candeze 1863 qo‘ng‘izining bioekologiyasi, vertikal migratsiyasi va zarar keltirishi bo‘yicha tavsiyalar Quva, Uchko‘prik, Oltiariq tumanlaridagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 2 avgustdagi 01/03-2185-son; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 avgustdagi 02-025-1782-son ma’lumotnomalari). Natijada zararkunandalar zichligini chegaralab turuvchi namlik va harorat ko‘rsatkichlarini oldindan aniqlash, ekin maydonlari atrofidagi yovvoyi o‘simliklarni qisman saqlab qolish va maydonlarga yirtqich vizildoq qo‘ng‘izlarni jalb qilish hisobiga simqurtlar zichligi oshib ketishining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish