Egamova Sitora Nusratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda homila yo‘ldosh tizimini kompleks exodopplerografik baholash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Tib3703.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmadjon Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Normurodova Nodira Murodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda exografiya va fetoplatsentar tizim tomirlarida qon oqimi tezligini baholash orqali diagnostika va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ovqatlanish tartibi buzilishi, anamnezida to‘rt va undan ortik homiladorlik bo‘lishi, kamqonlik va homilador ayolning yoshi biliar tizimning funksional o‘zgarishlari rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi hamda mazkur xavf omillarining homilador ayollarda biliar sladj rivojlanishi bilan ishonchli statistik bog‘liqligi isbotlangan;
biliar sladji mavjud homilador ayollarda bachadon-yo‘ldosh-homila majmuasining dopplerometrik tekshiruvida bachadon arteriyalari, homila kindik arteriyasi va homilaning o‘rta miya arteriyasida qon oqimi buzilishlari yuqori chastotada aniqlanishi isbotlangan;
homiladorlikning uchinchi trimestridagi biliar sladj bilan fetoplatsentar disfunksiya oqibatida homiladorlik asoratlari va homila gipoksiyasi rivojlanish xavfining oshishi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
biliar sladji mavjud homilador ayollarni olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash akusherlik asoratlari chastotasining kamayishi va perinatal natijalarning yaxshilanishiga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi №21/69-sonli qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda doimiy va vaqtinchalik xavf omillarining ishonchli bog‘liqligi mavjudligi biliar sladj yuzaga kelishida ahamiyati statistik jihatdan asoslangan bo‘lib, xavf omillarining yoki ular kombinatsiyasining  biliar tizimda funksional o‘zgarishlar rivojlanishiga olib kelishini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 01-25/459-t son bilan tasdiqlangan «Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda o‘t pufagi exografiyasi va homiladorlikni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent shahri RIOvaBSIATM tug‘ruq majmuasiga 2025-yil 18 fevraldagi 51-son hamda RIOvaBSIATM Toshkent shahar filialiga 2025-yil 18 fevraldagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi №21/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: birlamchi tibbiy yordam bo‘g‘inida homilador ayollarda biliar sladj yuzaga kelish ehtimollari xavf omillarini tekshirish kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish imkoniyatini yaxshilaydi, bunda bu usul samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va davolashning samaradorlik ko‘rsatkichi maqsadida qo‘llaniladi, bu esa, to‘g‘ri profilaktika yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorlik: biliar sladjni erta aniqlash uni erta konservativ davolash va kasallik simptomlarini engillashtiradi va ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Bu o‘t pufagidagi toshlarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Biliar sladjni erta aniqlash va konservativ davolash bilan jarrohlik aralashuvi uchun ko‘rsatmalar soni bir necha marta kamayadi. Bu kasalxonaga yotqizilishning oldini olish va kamida 3 kunlik jarrohlik aralashuvi va kasalxonaga yotqizish uchun har bir bemor uchun o‘rtacha 3500000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: klinik va anamnestik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida biliar sladji bo‘lgan homiladorlarda ustuvor tibbiy-ijtimoiy xavf omillarini aniqlab tegishli davo chorasini ko‘rganimizda, homiladorlar hayot sifati oshadi va homiladorlik kechishida yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan asoratlar oldi olingan va har bir ayol uchun 2360000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: biliar sladj mavjud bo‘lgan homilador ayollarda dopplerometrik tadqiqot usuli orqali bachadon–yo‘ldosh–homila kompleksida platsentar disfunksiya holatlari yuqori chastotada kuzatilishi aniqlangan bo‘lib, mazkur patologiya deyarli har ikkinchi homilador ayolda uchrashi asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 01-25/459-t son bilan tasdiqlangan «Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda o‘t pufagi exografiyasi va homiladorlikni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent shahri RIOvaBSIATM tug‘ruq majmuasiga 2025-yil 18 fevraldagi 51-son hamda RIOvaBSIATM Toshkent shahar filialiga 2025-yil 18 fevraldagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi №21/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda platsentar disfunksiya uchrash chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, o‘t yo‘llari kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlik: Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda platsentar disfunksiya aniqlanganda Xofitol preparati ham ona-yo‘ldosh-homila gemodinamikasiga ham o‘t pufagidagi ijobiy tasir qilishi tufayli uni qo‘llash to‘g‘ri profilaktika yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolash yo‘nalishining hisobiga bemor harajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Har bir homilador ayol uchun 680000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Biliar sladjni erta aniqlash uni erta konservativ davolash va kasallik simptomlarini engillashtiradi va ayollarni yaxshi yashash sifatini oshirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: biliar sladj fonida surunkali platsentar etishmovchilik mavjud bo‘lgan homilador ayollarda artishok ekstrakti dori vositasining fetoplatsentar tizim holatiga ta’siri o‘rganilishi asosida, bachadon–yo‘ldosh–homila kompleksida ijobiy funksional o‘zgarishlar kuzatilishi, akusherlik asoratlari chastotasining kamayishi hamda perinatal natijalarning yaxshilanishini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 01-25/459-t son bilan tasdiqlangan «Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda o‘t pufagi exografiyasi va homiladorlikni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent shahri RIOvaBSIATM tug‘ruq majmuasiga 2025-yil 18 fevraldagi 51-son hamda RIOvaBSIATM Toshkent shahar filialiga 2025-yil 18 fevraldagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi №21/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: homiladorlarda biliar sladj chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, o‘t yo‘llari kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik: biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda dopplerometrik tekshirish usulda bachadon-yo‘ldosh-homila kompleksidagi gemodinamik buzilishlarni erta aniqlash, homila rivojlanishidan ortda qolishi va homila erta o‘limini oldini oladi, shuningdek, har bir ayol uchun 1616000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Homilador ayollarda biliar sladjni aniqlashda UTT tekshiruvidan foydalanish diagnostika va davolashga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek bemorlarning moddiy harajatlarini kamaytirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biliar sladj mavjud bo‘lgan homilador ayollarda artishok ekstrakti bilan olib borilgan davolash fonida o‘t pufagining exografik ko‘rsatkichlari, jumladan uning hajmi, deformatsiya darajasi, ichki tarkibi hamda devori strukturasidagi patologik o‘zgarishlarning ijobiy dinamikasi va bartaraf etilishi statistik jihatdan ishonchli ravishda asoslangan bo‘lib, mazkur terapiya biliar sladjning to‘liq yoki qisman regressiyasi kuzatilishini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 01-25/459-t son bilan tasdiqlangan «Biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda o‘t pufagi exografiyasi va homiladorlikni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent shahri RIOvaBSIATM tug‘ruq majmuasiga 2025-yil 18 fevraldagi 51-son hamda RIOvaBSIATM Toshkent shahar filialiga 2025-yil 18 fevraldagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi №21/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: homiladorlarda biliar sladj chastotasining pasayishi, klinik natijalarning yaxshilanishi, shuningdek, o‘t yo‘llari kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlik: birlamchi tibbiy yordam bo‘g‘inida biliar sladj bilan homiladorlarni olib borish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, har bir ayol uchun 4316000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: biliar sladj bo‘lgan homiladorlarda Xofitol preparatini qo‘llash biliar va ichak dispepsiyasi belgilarini bartaraf etishga, sladjni regressiyasiga va o‘t pufagining motor-evakuatsiya funksiyasini yaxshilashi imkoniyatini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish