Rizaeva Malika Adumannapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarning tuzilishi va kechishining xususiyatlari, davolash va reabiltatsiya choralarini takomillashtirish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib4406.
Ilmiy rahbarlar: Rizaev Jasur Alimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarning klinikasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganish hamda davolash-reabilitatsiya chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2 infeksiyasini boshdan kechirgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi 34,8% gacha va bachadon qon ketishlar 29,6 % gacha ortishi aniqlangan (p<0,01);
COVID-19 dan keyingi holat yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (FNO-α, IL-6) darajasining 2,1 marta oshishi, qonning koagulyasion faolligi ko‘rsatkichlarining 1,8 marta ortishi va azot oksidining 1,9 marta kamayishi (p<0,01) orqali ginekologik kasalliklar kechishining og‘irlashishi isbotlangan;
Ilk bor COVID-19 infeksiyasidan keyingi davrda ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarda vitamin D miqdorining 2,4 marta, magniyning 1,7 marta, ruxning 1,6 marta va kal`siyining 1,5 marta kamayishi (p<0,05) natijasida kichik chanoq a’zolarida mikrotsirkulyasiyasining buzilishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan;
COVID-19 dan keyingi davrda ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarda kompleks davolash va reabilitatsiyani qo‘llash kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishini 2,3 marta, bachadondan qon ketishlarni 2,1 martaga kamaytirishi, mikroelementlarning 38,6 % ga ortishi (p<0,001) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Tadqiqot natijalari Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga (2025 yil 26 iyundagi №06/25-659/01-sonli buyruq) hamda TTA ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2025 yil 26 iyundagi №06/25-660/01-sonli buyruq) joriy etilgan.
birinchi ilmiy yangilik. SARS-CoV-2 infeksiyasini boshdan kechirgan reproduktiv yoshdagi ayollarda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi 34,8% gacha va bachadon qon ketishlar 29,6 % gacha ortishi aniqlangan (p<0,01). Bu bo‘yicha takliflar “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullarni takomillashtirish” va “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilish” nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markaziga 2025-yil 16-iyuldagi 104-sonli buyrug‘i asosida va ToshDTU Ko‘p tarmoqli klinikasiga 2025-yil 22 iyundagi 73-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan algoritm COVID-19 ni boshdan kechirgan ayollarda ginekologik kasalliklarni erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytiradi, asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi hamda ixtisoslashtirilgan ginekologik yordam sifati oshishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmning amaliyotga joriy etilishi qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar va asoratlarni statsionar sharoitda davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini berib, 3200000 so‘mgacha mablag‘ tejalishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. COVID-19 dan keyingi holat yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (FNO-α, IL-6) darajasining 2,1 marta oshishi, qonning koagulyasion faolligi ko‘rsatkichlarining 1,8 marta ortishi va azot oksidining 1,9 marta kamayishi (p<0,01) orqali ginekologik kasalliklar kechishining og‘irlashishi isbotlangan. Bu bo‘yicha takliflar “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullarni takomillashtirish” va “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilish” nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markaziga 2025-yil 16-iyuldagi 104-sonli buyrug‘i asosida va ToshDTU Ko‘p tarmoqli klinikasiga 2025-yil 22 iyundagi 73-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: qon tomir endoteliysi va qon ivish faktorlariga ta’sir qiluvchi foktorlarni o‘rganib ularni amaliyotga joriy qilinishi natijasida koronavirus o‘tkazgan ayollarda ginekologik kasalliklarning kamayishi orqali reproduktiv buzulishlar kamayishiga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur tavsiyalarni amaliyotga joriy etish qo‘shimcha diagnostika va uzoq muddatli statsionar davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini berib, 1800000 so‘mgacha mablag‘ tejalishini ta’minlagan.
uchinchi ilmiy yangilik. Ilk bor COVID-19 infeksiyasidan keyingi davrda ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarda vitamin D miqdorining 2,4 marta, magniyning 1,7 marta, ruxning 1,6 marta va kal`siyining 1,5 marta kamayishi (p<0,05) natijasida kichik chanoq a’zolarida mikrotsirkulyasiyasining buzilishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullarni takomillashtirish” va “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilish” nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markaziga 2025-yil 16-iyuldagi 104-sonli buyrug‘i asosida va ToshDTU Ko‘p tarmoqli klinikasiga 2025-yil 22 iyundagi 73-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasidan keyingi davrda ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarning muolajalariga qo‘shimcha ravishda vitaminlar va mikroelementlarni kiritish orqali ularning reproduktiv salomatligiga ta’sir qiluvchi immun yallig‘lanishlarning kamayishiga ko‘maklashgan. Iqtisodiy samaradorligi: davolash muolajalariga ushbu vositalarni qo‘shimcha ravishda kiritish orqali reproduktiv muammolarni hal etishga sarflanadigan harajatlar miqdorining kamayishiga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. COVID-19 dan keyingi davrda ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarda kompleks davolash va reabilitatsiyani qo‘llash kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishini 2,3 marta, bachadondan qon ketishlarni 2,1 martaga kamaytirishi, mikroelementlarning 38,6% ga ortishi (p<0,001) aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullarni takomillashtirish” va “Koviddan keyingi davrda ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilish” nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markaziga 2025-yil 16-iyuldagi 104-sonli buyrug‘i asosida va ToshDTU Ko‘p tarmoqli klinikasiga 2025-yil 22 iyundagi 73-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: davolash va reabilitatsiya jarayonini kompleks ravishda olib borish orqali ginekologik kasalliklarning asoratlari rivojlanishining oldini olish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan reproduktiv buzulishlarning oldi olingan va bu orqali ayollarning ijtimoiy yakkalanishining oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur tavsiyalarni amaliyotga joriy etish asoratlarni davolash va diagnostik tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirib, diagnostika va davolashga sarflanadigan mablag‘larning tejalishiga erishilgan.