Muxiddinova Nasiba Zoxiriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarda buyraklarning funksional holatini baholash” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4471.
Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasik Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullavev Sherzod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyraklarning funksional holatini o‘rganish hamda mazkur toifa bemorlarida buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigarning yog‘li infil`tratsiyasi mavjud bo‘lgan yosh bemorlarda 22,9% holatda buyrak funksiyasining buzilishi kuzatilib, mazkur holat koptokchalar fil`tratsiya tezligining pasayishi hamda siydikda al`bumin/kreatinin nisbatining oshishi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda jigar steatozi va fibrozi integral indekslari (FLI — Fatty Liver Index, FIB-4 — Fibrosis-4 Index, NFS — NAFLD Fibrosis Score), shuningdek insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari (HOMA-IR — Homeostasis Model Assessment of Insulin Resistance, TyG - trigliserid-glyukoza indeks, METS-IR — Metabolic Score for Insulin Resistance) koptokchalar fil`tratsiya tezligi bilan teskari, al`bumin/kreatinin nisbati bilan esa musbat statistik ishonchli korrelyasiyalanishi aniqlangan;
metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining muhim mustaqil prediktorlari sifatida insulinrezistentlikning yuqori darajasi (METS-IR, HOMA-IR), yaqqol abdominal semizlik, jigarning yog‘li infil`tratsiyasi indeksining (FLI) yuqori ko‘rsatkichi hamda buyrak arteriyasining rezistentlik indeksini oshishi ekanligi isbotlangan;
buyrak disfunksiyasi bilan birgalikda kechayotgan metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarini kompleks davolash tarkibiga  ademetioninni qo‘shilishi nefroprotektiv samara berib, bunda koptokchalar fil`tratsiya tezligining ishonchli oshishi hamda al`buminuriyani ishonchli kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak funksional holatini o‘rganish va mazkur toifa bemorlarida buyrak disfunksiyasi rivojlanishining xavf omillarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalap asosida:
birinchi ilmiy yangilik: jigarning yog‘li infil`tratsiyasi mavjud bo‘lgan yosh bemorlarda 22,9% holatda buyrak funksiyasining buzilishi kuzatilib, mazkur holat koptokchalar fil`tratsiya tezligining pasayishi hamda siydikda al`bumin/kreatinin nisbatining oshishi bilan tavsiflanishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04.07.2025 yildagi № 02/19 son  va Supxondapyo viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazi 08.08.2025 yildagi № 23-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/36 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yosh metabolik assotsiatsiyalangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarda buyraklarning funksional holatini aniqlashning erta buyrak disfunksiyasini tashxislashda amaliy ahamiyati isbotlandi. Xulosa:   metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyraklarning funksional holatini aniqlashning erta buyrak disfunksiyasini tashxislashda amaliy ahamiyati ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda jigar steatozi va fibrozi integral indekslari (FLI, FIB-4, NFS-NAFLD Fibrosis Score), shuningdek insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari (HOMA-IR, TyG, METS-IR) koptokchalar fil`tratsiya tezligi bilan teskari, al`bumin/kreatinin nisbati bilan esa musbat statistik ishonchli korrelyasiyalanishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04.07.2025 yildagi № 02/19 son  va Supxondapyo viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazi 08.08.2025 yildagi № 23-T sonli buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/36 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavf omillarini aniqlash maqsadida insulinrezistentlik, jigar steatozi va fibrozining integral indekslarini aniqlashning amaliy ahamiyati uning oqibatlarini engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak funksiyasi buzilishlarini erta aniqlash imkoniyatini berish, o‘tkazilayotgan davolash samaradorligini oshirish, buyrak etishmovchiligi rivojlanishi xavfini kamaytirish bemorlarni joriy terapevtik bo‘limlarida statsionar davolanish sonini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa:  metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavf omillarini aniqlash maqsadida insulinrezistentlik, jigar steatozi va fibrozining integral indekslarini aniqlash imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishining muhim mustaqil prediktorlari sifatida insulinrezistentlikning yuqori darajasi (METS-IR, HOMA-IR), yaqqol abdominal semizlik, jigarning yog‘li infil`tratsiyasi indeksining (FLI) yuqori ko‘rsatkichi hamda buyrak arteriyasining rezistentlik indeksini oshishi ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04.07.2025 yildagi № 02/19 son  va Supxondapyo viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazi 08.08.2025 yildagi № 23-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/36 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak funksiyasi buzilishlarini erta aniqlash imkoniyatini berish, o‘tkazilayotgan davolash samaradorligini oshirish, buyrak etishmovchiligi rivojlanishi xavfini kamaytirish hamda bemorlarning ijtimoiy faolligi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavf omillarini aniqlash maqsadida insulinrezistentlik, jigar steatozi va fibrozining integral indekslarini aniqlashning amaliy ahamiyati ularning faolligini ortishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrak disfunksiyasi bilan birgalikda kechayotgan metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud bemorlarini kompleks davolash tarkibiga  ademetioninni qo‘shilishi nefroprotektiv samara berib, bunda koptokchalar fil`tratsiya tezligining ishonchli oshishi hamda al`buminuriyani ishonchli kamayishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04.07.2025 yildagi № 02/19 son  va Supxondapyo viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazi 08.08.2025 yildagi № 23-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/36 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligini  klinik kechishi va buyrak funksional holatini yaxshilashda buyrak disfunksiyasi bilan birgalikda kelgan MAJYoK bemorlarini davolashda ademetioninni qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligini ademetionin bilan davolash orqali jigar funksional holatini yaxshilab unga bog‘liq holda buyraklar funksional holatini  muvofiqlashtirish orqali surunkali buyrak kasalligini yuzaga kelish xavfini kamaytirilishi oqibatida bemorlarni shifoxonada yotib davolanish o‘rin kunlarini qisqapishini hisoblash opqali 17 456 144 so‘m so‘m mablag‘ tejab qolinishi bilan davolash usuli samapasi aniqlandi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarni tibbiyot amaliyotiga joriy etish orqali metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi mavjud yosh bemorlarda buyrak funksiyasi buzilishlarini erta aniqlash imkoniyatini berish, o‘tkazilayotgan davolash samaradorligini oshirish, buyrak etishmovchiligi rivojlanishi xavfini kamaytirish hamda bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish