Isakova Gulchexra Sayitalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebral falaji (BSF) bo‘lgan bolalar qo‘llarida mayda motorikaning buzilishi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib1893.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; G‘affarova Visola Furqatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida serebral falaj bilan og‘rigan bemorlarda ergoterapiya usullarini joriy etish, ularning harakat faoliyati cheklanish darajasiga ta’sirini kompleks baholash hamda samarali reabilitatsion yondashuvlarni ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reabilitatsiya dasturi ta’sirida antagonist mushaklar koaktivatsiya koeffisientining 2,2 barobarga ishonchli kamayishi, mayatnik testi parametrlarining yaxshilanishi (relaksatsiya vaqti va relaksatsiya koeffisienti), shuningdek qo‘lni qisish kuchi 1,4 barobarga va chimchilab ushlash kuchi 1,5 barobarga oshishi aniqlangan;
serebral falaji bor bolalarda kasallikning klinik shakli, yosh xususiyatlari hamda motorika buzilishi darajasi hisobga olingan holda Montessori usulini (45 daqiqa, haftasiga 5 marta, 3 oy), Forbrain texnologiyasini (30 daqiqa, haftasiga 5–7 marta, jami 40–60 seans) hamda mexanik qo‘lqop yordamida terapiyani (45 daqiqa, haftasiga 5 marta) qo‘llashning yuqori samaradorligi asoslangan;
Montessori usuli, Forbrain texnologiyasi hamda mayda motorika va nutq buzilishlarini korreksiya qilishga qaratilgan mexanik reabilitatsiya qo‘lqopini birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan, BSF bilan og‘rigan bolalar uchun keng qamrovli ergoterapevtik reabilitatsiya usuli ishlab chiqilgan;
serebral falaji bor bolalarda reabilitatsiya tadbirlari samaradorligining prognoz qiluvchi omillar aniqlangan bo‘lib, eng katta samaradorlikka kasallikning spastik shakllari va o‘rtacha og‘ir buzilishlari (GMFCS II-III darajalari) bo‘lgan yosh (7-10 yosh) guruhida erishilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalar serebral falajida qo‘ldagi mayda motorikani baholash va terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: reabilitatsiya dasturi ta’sirida antagonist mushaklar koaktivatsiya koeffisientining 2,2 barobarga ishonchli kamayishi, mayatnik testi parametrlarining yaxshilanishi (relaksatsiya vaqti va relaksatsiya koeffisienti), shuningdek qo‘lni qisish kuchi 1,4 barobarga va chimchilab ushlash kuchi 1,5 barobarga oshishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining 2025 yil 29 noyabrdagi 6i-122/u sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Maktab yoshidagi bolalar falaji bor bemorlarda davolashda Montessori usuli” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Namangan viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 2.12.2025 yildagi 254-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2025 yildagi 64-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kompleks ergoterapiya (Montessori, Forbrain va mexanik qo‘lqop) BSF bo‘lgan bolalarda mustaqillik, nutq va motor ko‘nikmalarni yaxshilab, ta’lim va ijtimoiy muhitga integratsiyani oshirdi, hayot sifati va ijtimoiy faollikni yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Montessori, Forbrain va mexanik reabilitatsiya qo‘lqopini kompleks qo‘llash BSF bo‘lgan bolalarda motor va nutq funksiyalarini yaxshilab, reabilitatsiya muddatini qisqartiradi, takroriy davolash ehtiyojini va tibbiy xarajatlarni kamaytiradi, ijtimoiy yuklamani pasaytirdi. Xulosa: ushbu kompleks ergoterapiya yondashuvi funksional natijalarni yaxshilab, nogironlikni kamaytirish va samarasiz davolashning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
ikkinchi ilmiy yangilik: serebral falaji bor bolalarda kasallikning klinik shakli, yosh xususiyatlari hamda motorika buzilishi darajasi hisobga olingan holda Montessori usulini (45 daqiqa, haftasiga 5 marta, 3 oy), Forbrain texnologiyasini (30 daqiqa, haftasiga 5–7 marta, jami 40–60 seans) hamda mexanik qo‘lqop yordamida terapiyani (45 daqiqa, haftasiga 5 marta) qo‘llashning yuqori samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining 2025 yil 29 noyabrdagi 6i-122/u sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Maktab yoshidagi bolalar falaji bor bemorlarda davolashda Montessori usuli” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Namangan viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 2.12.2025 yildagi 254-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2025 yildagi 64-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ob’ektiv neyrofiziologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi (mushak koordinatsiyasi, qo‘l funksiyasi va ushlash kuchining oshishi) BSF bo‘lgan bolalarda mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi, ta’lim jarayoniga faol jalb etilishini ta’minlab, ijtimoiy moslashuv va hayot sifati oshishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: Ob’ektiv neyrofiziologik baholash asosida reabilitatsiyani individuallashtirish davolash samaradorligini oshirib, reabilitatsiya muddatini o‘rtacha 20–25% ga qisqartiradi, takroriy kurslar ehtiyojini 25–30% ga kamaytiradi va umumiy tibbiy xarajatlarni 15–20 % ga pasaytiradi. Qo‘l funksiyasining yaxshilanishi (qisish kuchi +41, %, chimchilab ushlash +52,5%) esa parvarish xarajatlarini qisqartirib, oilaviy iqtisodiy yuklamani kamaytirdi. Xulosa: Ushbu kompleks ergoterapiya yondashuvi funksional natijalarni yaxshilab, nogironlikni kamaytirish va samarasiz davolashning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
uchinchi ilmiy yangilik: Montessori usuli, Forbrain texnologiyasi hamda mayda motorika va nutq buzilishlarini korreksiya qilishga qaratilgan mexanik reabilitatsiya qo‘lqopini birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan, BSF bilan og‘rigan bolalar uchun keng qamrovli ergoterapevtik reabilitatsiya usuli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining 2025 yil 29 noyabrdagi 6i-122/u sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Maktab yoshidagi bolalar falaji bor bemorlarda davolashda Montessori usuli” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Namangan viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 2.12.2025 yildagi 254-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2025 yildagi 64-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Kasallik turi, yosh va motor buzilish darajasiga mos ravishda ishlab chiqilgan reabilitatsiya sxemalari (Montessori, Forbrain va mexanik qo‘lqop) bolalarda harakat va nutq funksiyalarini barqaror yaxshilab, mustaqillikni oshiradi, ta’limga moslashuv va ijtimoiy faollikni kuchaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: individual yondashuv davolash jarayonini optimallashtirib, ortiqcha va samarasiz muolajalarni 20–25% ga qisqartiradi, reabilitatsiya davomiyligini 15–20% ga kamaytiradi va tibbiy xarajatlarni 15% gacha pasaytirdi. Xulosa: ilmiy asoslangan optimal reabilitatsiya sxemalari funksional tiklanishni tezlashtirib, davolash samaradorligini oshiradi va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: serebral falaji bor bolalarda reabilitatsiya tadbirlari samaradorligining prognoz qiluvchi omillar aniqlangan bo‘lib, eng katta samaradorlikka kasallikning spastik shakllari va o‘rtacha og‘ir buzilishlari (GMFCS II-III darajalari) bo‘lgan yosh (7-10 yosh) guruhida erishilganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining 2025 yil 29 noyabrdagi 6i-122/u sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Maktab yoshidagi bolalar falaji bor bemorlarda davolashda Montessori usuli” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Namangan viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 2.12.2025 yildagi 254-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati bolalar kup tarmoqli tibbiyot markazi 12.12.2025 yildagi 64-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: samaradorlikning prognoz qiluvchi omillarini aniqlash (spastik shakllar, GMFCS II–III, 7–10 yosh) reabilitatsiyani maqsadli guruhlarga yo‘naltirish imkonini berib, funksional natijalarni yaxshilaydi, bolalarning ta’lim va ijtimoiy muhitga moslashuvini oshiradi hamda hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Prognostik omillarga asoslangan maqsadli reabilitatsiya resurslarni samarali taqsimlash imkonini berib, ortiqcha davolash xarajatlarini 12–18 % ga kamaytiradi, takroriy kurslar ehtiyojini 15–22 % ga qisqartiradi va umumiy reabilitatsiya xarajatlarini 10–14% ga pasaytirdi. Xulosa: prognostik omillarga asoslangan shaxsiylashtirilgan yondashuv reabilitatsiya samaradorligini oshirib, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.