Nomozova Qumri Isoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamlashtirish sharoitida sug‘urta bozorini transformatsiyalashning metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. DSc /Iqt1043.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzayev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babayeva Nargiza Muzaffarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy globallashuv va raqamlashtirish omillarining O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi transformasiya jarayonlariga ta’sirini aniqlash, shuningdek, mazkur ta’sir asosida iqtisodiy (sug‘urta) ekotizimlarni shakllantirish va ularning modelini ishlab chiqish orqali milliy sug‘urta bozorining samarali rivojlanishi uchun ilmiy-nazariy va amaliy asos yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sug‘urta bozorida raqamlashtirish va globallashuv sharoitida sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari raqamli biznes modellarini joriy etish, mijozga yo‘naltirilgan servislarni kengaytirish va yangi iqtisodiy ekotizimlarda ishtirok etish orqali sug‘urta xizmatlari bozorida barqaror pozisiyani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
elektron sug‘urta agentining iqtisodiy mazmuni, funksional vazifalari va faoliyat yuritish xususiyatlarini aniqlashtirish asosida uni sug‘urta mahsulotlarini raqamli kanallar orqali sotish va mijozlar qamrovini kengaytirishning yangi institutsional shakli sifatida joriy etish taklifi ishlab chiqilgan; 
sug‘urta tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholashning kompleks ilmiy modeli samaradorlikning har bir yo‘nalishini kutilayotgan real iqtisodiy samara va ushbu samaraga erishish jarayonida tejalgan xarajatlar hajmi orqali aniqlash , mazkur ko‘rsatkichlar integratsiyasi vositasida sug‘urta kompaniyalari faoliyatining iqtisodiy natijadorligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral mezonni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
sug‘urta ekotizimlarining ilmiy tasnifi raqamli sug‘urta mahsulotlari turlari va globallashuv darajasiga ko‘ra 9 turdagi ehtimoliy sug‘urta ekotizimiga ajratilib, axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va tarmoq infratuzilmalarining integratsiyasiga asoslangan sektorlararo sug‘urta ekotizimi eng samarali model sifatida asoslab berilgan; 
ekotizimni shakllantirishda tashabbuskor sifatida ishtirok etgan sug‘urta kompaniyalarining “yuqori daraja”, hamkor sifatida ishtirok etgan kompaniyalarning “nisbatan past daraja”, yakka tartibda faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining “imkoniyati cheklangan daraja”dagi samaradorligidan kelib chiqqan holda sug‘urta bozori ishtirokchilari o‘rtasida ekotizimli hamkorlikning iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda iqtisodiy globallashuv va raqamlashtirish sharoitida sug‘urta bozorini transformatsiyalash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
O‘zbekiston sug‘urta bozorida raqamlashtirish va globallashuv sharoitida sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari raqamli biznes modellarini joriy etish, mijozga yo‘naltirilgan servislarni kengaytirish va yangi iqtisodiy ekotizimlarda ishtirok etish orqali sug‘urta xizmatlari bozorida barqaror pozitsiyani ta’minlash orqali takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108 son qarorinning yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2026-yil 21-yanvardagi №001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyalarida majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalanishi talab etiladigan ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllanishiga erishilgan;
elektron sug‘urta agentining iqtisodiy mazmuni, funksional vazifalari va faoliyat yuritish xususiyatlarini aniqlashtirish asosida uni sug‘urta mahsulotlarini raqamli kanallar orqali sotish va mijozlar qamrovini kengaytirishning yangi institutsional shakli sifatida joriy etish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorinning professional ishtirokchilari uyushmasining 2026-yil 21-yanvardagi №001-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron sug‘urta agenti tushunchasi va faoliyat xususiyatlari, uni yo‘lga qo‘yishda talab etiladiigan qo‘shimcha talablar yangi tahrirdagi sug‘urta agentlari to‘g‘risida nizomga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilingan; 
sug‘urta tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholashning kompleks ilmiy modeli samaradorlikning har bir yo‘nalishini kutilayotgan real iqtisodiy samara va ushbu samaraga erishish jarayonida tejalgan xarajatlar hajmi orqali aniqlash , mazkur ko‘rsatkichlar integratsiyasi vositasida sug‘urta kompaniyalari faoliyatining iqtisodiy natijadorligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral mezonni shakllantirish asosida takomillashtirish taklifi AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotda joriy etilgan (AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 20-yanvardagi №04-7167-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya biznes strategiyasini qayta ko‘rib chiqilib, kompaniya biznes faoliyatining samaradorligi va tejamliligi ~ 10 % ga oshishiga erishilgan; 
sug‘urta ekotizimlarining ilmiy tasnifi raqamli sug‘urta mahsulotlari turlari va globallashuv darajasiga ko‘ra 9 turdagi ehtimoliy sug‘urta ekotizimiga ajratilib, axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va tarmoq infratuzilmalarining integratsiyasiga asoslangan sektorlararo sug‘urta ekotizimi eng samarali model sifatida asoslash taklifi AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotda joriy etilgan (AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 20-yanvardagi №04-7167-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasi tomonidan keltirilgan modelni kompaniya amaliyotida qo‘llash maqsadida ishlar olib borilgan va ijobiy natijalarga erishilgan;
ekotizimni shakllantirishda tashabbuskor sifatida ishtirok etgan sug‘urta kompaniyalarining “yuqori daraja”, hamkor sifatida ishtirok etgan kompaniyalarning “nisbatan past daraja”, yakka tartibda faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining “imkoniyati cheklangan daraja”dagi samaradorligidan kelib chiqqan holda sug‘urta bozori ishtirokchilari o‘rtasida ekotizimli hamkorlikning iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotda joriy etilgan (AJ ALSKOM sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 20-yanvardagi №04-7167-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyaning bozordagi raqobatbardoshligini oshirish va raqamli biznes modellardan foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar shu asosda ko‘rib chiqilib, qayta tashkil etilgan hamda qo‘llanilayotgan ekotizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish natijasida kompaniyaning umumiy faoliyati yanada yaxshilanishiga erishilgan.      

Yangiliklarga obuna bo‘lish