Qurbonov Saloxiddin O‘rmonbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom moliyasiga oid savdo-sotiq terminlarining struktur-semantik tadqiqi”, 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil3425
Ilmiy rahbar: Begmatova Buzahro Ma’rufjanovna, yuridik fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kazakbaev Akbar Akmaldjanovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi islom moliyasi savdo-sotiq terminlarini mustaqil funksional qatlam sifatida asoslab, struktur-derivativ va semantik-paradigmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Islom moliyasi savdo-sotiq terminologiyasi rivojining to‘rt asosiy bosqichi – 1) Ilk islom davri (VII–VIII asr); 2) Mazhablar va mumtoz fiqh davri (VIII–XIII asr) 3) O‘rta asr va usmoniylar davri (XIII–XIX asr); 4) Hozirgi kodifikatsiya va globallashuv davri (XIX–XXI asr) kabi davrlari hamda terminlarining derivativ xususiyatlari va qoliplari, sintaktik kabi ichki omillar, o‘zlashma, kalka kabi tashqi omillar orqali shakllangani asoslangan;
Islom moliyasiga oid savdo-sotiq terminlarini hosil qilishda affiksal, sintaktik, semantik derivatsiya va kalkalashning o‘rni belgilangan, shuningdek, ishtiqoq-affiksal usulning yetakchiligi hamda arab tilining ichki imkoniyatlariga asoslangan termin yasash modellari mahsuldorligi miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida dalillangan, terminlarning bir, ikki va ko‘p komponentli struktur tiplari tasniflangan;
Islom moliyasiga oid savdo-sotiq terminlari o‘rtasidagi polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya va graduonimiya munosabatlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilgan, mazkur munosabatlarning terminologik tizimni tartibga solish, tushunchalar chegarasini belgilash hamda terminlarning o‘zaro ierarxik aloqalarini shakllantirishdagi funksional-semantik roli asoslangan;
Islom moliyasiga oid savdo-sotiq terminlarining tarixiy-semantik taraqqiyotida umumiste’mol birliklarining terminlashuvi, klassik fiqhiy terminlarning qayta faollashuvi, ma’no kengayishi va torayishi kabi semantik transformatsiya modellari ochib berilgan, faol va arxaik terminlarning shakllanishiga ta’sir etgan lingvistik hamda ekstralingvistik omillar dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom moliyasi savdo-sotiq terminlarini struktur-semantik tadqiq qilish quyidagilarga imkon berdi:
Islom moliyasiga oid savdo-sotiq terminlarini hosil qilishda affiksal, sintaktik, semantik derivatsiya va kalkalash, shuningdek, ishtiqoq-affiksal usulning yetakchiligi hamda arab tilining ichki imkoniyatlariga doir termin yasash modellari mahsuldorligi bilan bog‘liqv ilmiy xulosa hamda tavsiyalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “Xolid Abdulazizning “Amaliy grammatika” darsligini tarjima qilish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 6-martdagi 17-IB-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zlashma terminlarni izohlash, arabchalashtirish va tarjimada muqobillashtirishga oid materiallarning ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirilishiga hamda talabalarda arabcha terminlarni tarjima qilish ko‘nikmalarining shakllantirilishiga erishilgan;
Islom moliyasiga oid arabcha savdo-sotiq terminlarining struktur-semantik xususiyatlari, o‘zbek tiliga o‘zlashish va kalkalanish usullari, ma’no kengayishi hamda torayishi asosidagi semantik taraqqiyoti, terminlarning o‘zbekcha muqobillarini belgilash va ularni nutqda me’yoriy qo‘llash tamoyillariga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Hidoyat sari” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlash hamda muallif ishtirokidagi suhbatlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 4-avgustdagi 05-09-1269-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning islom moliyasi terminologiyasiga oid mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan, arabcha terminlarning mazmunini tinglovchilarga aniq va ilmiy-ommabop shaklda yetkazish hamda ularning o‘zbekcha muqobillarini me’yoriy qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
Islom moliyasiga oid arabcha savdo-sotiq terminlarining struktur modellari, semantik uyalar bo‘yicha tasnifi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya va giper-giponimiya kabi paradigmatik munosabatlari, shuningdek, klassik fiqhiy terminlarning zamonaviy islom moliyasi tizimida ma’no kengayishi, torayishi va qayta faollashuviga doir ilmiy xulosa hamda tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarda, xususan, arab tilidagi fiqhiy terminlarni tizimlashtirish, ularning ma’nolarini izohlash va o‘zbekcha muqobillarini belgilash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 12-sentyabrdagi 02/429-son ma’lumotnomasi). Natijada, fiqhiy terminlarning ko‘p qatlamli ma’nolarini kontekst asosida farqlash, o‘zaro paradigmatik aloqalarini belgilash hamda savdo-sotiq terminlarini struktur va semantik jihatdan tizimli tavsiflash imkoniyati kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish