Fayzullaeva Madina Qahramon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4839.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Samida Toshmuxammedovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash, ularning konseptual asoslarini ochib berish hamda iqtisodiy media diskursda voqelanishining kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning lingvokognitiv xususiyatlari aniqlanib, ularning konseptual tuzilishi ochib berilgan;
gastronomik metaforalarning konseptual manba va maqsad maydonlari asosida hosil bo‘lishi hamda ular o‘rtasidagi kognitiv bog‘lanish mexanizmi dalillangan;
gastronomik metaforalarning milliy-madaniy xususiyatga egaligi, xalqning tarixiy tajribasi, an’analari, ijtimoiy hayot tarzini aks ettirishi ilmiy jihatdan asoslangan; 
xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning iqtisodiy media diskursdagi kommunikativ-pragmatik vazifalari va diskursiv funksiyalari tavsiflangan;
2018–2025-yillarda iqtisodiy media diskursda qo‘llangan gastronomik metaforalarning semantik-pragmatik o‘zgarish dinamikasi hamda ularning ijtimoiy va konseptual ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida: 
xitoy tilidagi gastronomik metaforalarda manba va maqsad maydonlari o‘rtasidagi kognitiv-semantik ko‘chish mexanizmi aniqlanib, manba maydonlari oziq-ovqat, oshxona jihozlari, ovqatlanish harakatlari, ta’m va taom tayyorlash jarayonlari, maqsad maydonlari esa inson fe’l-atvori, fikri va his-tuyg‘usi, voqea-holat, ijtimoiy holat hamda nutqiy bayon guruhlariga ajratilib, ular o‘rtasidagi konseptual-semantik bog‘lanishlar asoslanganligi asosida O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining targ‘ibot materiallari, yo‘l xaritasi va istiqbol rejalarini ishlab chiqishda hamda “SCO cuisine” kabi madaniy loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 4-noyabrdagi 588/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatlararo madaniy hamkorlikni rivojlantirishda “xalq diplomatiyasi”ning zamonaviy tarmog‘i hisoblangan gastrodiplomatiyani atroflicha ilmiy jihatdan tadqiq qilishda, “Xitoy oshxonasi” va milliy taomlari to‘g‘risidagi bilimlarni olishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning konseptual tuzilishi va lingvomadaniy asoslari aniqlanib, 170 ta metaforik birlik tahlili asosida “oziq-ovqat – hayot”, “oshxona jihozlari – ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar”, “ovqatlanish –  ijtimoiy faoliyat”, “ta’m – hissiy holat” va “taom tayyorlash – hayotiy jarayon” konseptual modellarining ustuvorligi hamda ularning shakllanishidagi kundalik gastronomik tajriba, xo‘jalik faoliyati, ijtimoiy munosabatlar va madaniy assotsiatsiyalarning lingvomadaniy o‘rni ochib berilganligi asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalidagi “Assalom O‘zbekiston!” dasturida gastronomik metaforalarning xalq an’analari, qadriyatlari, madaniy kodlari va jamiyat tafakkurini ifodalash xususiyatlarini yoritishga oid suhbatni ilmiy-ma’rifiy mazmun bilan boyitishda foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 5-noyabrdagi 05-09-1742-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur gastronomik metaforalarning tilning madaniy kodlari, xalq an’analari va qadriyatlarini ifodalashi, jamiyat tafakkuri va madaniyat bilan bog‘liqligi haqidagi ilmiy-ma’rifiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
xitoy tilidagi gastronomik metaforalarning konseptual tuzilishi va lingvomadaniy asoslari aniqlanib, ularning shakllanishida kundalik gastronomik tajriba, xo‘jalik faoliyati, ijtimoiy munosabatlar va madaniy assotsiatsiyalarning lingvomadaniy o‘rni ochib berilganligi asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan “Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlarining etnoturizm salohiyatini oshirishda lokal atributlardan foydalanish” amaliy loyihasida hududlarning gastronomik merosini aniqlash va tizimlashtirish, lokal gastronomik atributlarni etnoturistik faoliyatga jalb etish hamda ulardan turistik mahsulot sifatida foydalanishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2026-yil 18-avgustdagi 02/2138-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy yondashuvlar hududlarning gastronomik merosini etnoturistik faoliyatga jalb etish, lokal atributlardan turistik mahsulot sifatida foydalanish hamda etnoturizm salohiyatini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish