Ergasheva Durdona Azimdjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy uyg‘onish davri koreys va o‘zbek hikoyalarida muallif estetik tafakkuri (Li Gvansu, Kim Donin, Fitrat va Cho‘lpon ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3618.
Ilmiy rahbar: Saydazimova Umida Turaxanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlar doktori, professor; Murodova Durdona Baxodir qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi koreys ma’rifatparvar yozuvchilari Li Gvansu, Kim Donin, jadid adabiyoti namoyondalari Fitrat, Cho‘lponlar qalamiga mansub hikoyalarda muallif estetik tafakkurini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr birinchi yarmida koreys va o‘zbek adabiy jarayonlarida ma’rifatparvarlik hamda jadidchilik harakatlarining badiiy matnlarga g‘oyaviy-estetik ta’siri qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, ularning mushtarak va farqli jihatlari ilk bor aniqlangan.
Li Gvansu, Kim Donin hamda Fitrat, Cho‘lpon ijodi qiyoslanib, ularning estetik qarashlaridagi milliy o‘zlikni anglash, erk tuyg‘usi, ozod shaxs konsepsiyalari umumbashariy va milliy-mintaqaviy xususiyatlar nuqtai nazaridan tasniflangan.
Koreys va o‘zbek ma’rifatparvar-jadid hikoyachiligida an’anaviy tasvir usulidan voz kechib, ixcham kompozisiya, ichki monolog va psixologik tahlilga asoslangan yangi badiiy shakl hamda yangi tipdagi qahramon (ma’rifatparvar ziyoli, ruhiy iztirobdagi shaxs) yaratilishi asoslangan.
Ikki adabiyotdagi ramz va detallarning badiiy-funksional vazifasi ochib berilib, ayol obrazining passiv qiyofadan faol, mustaqil qaror qabul qiluvchi yangi tipdagi obraz darajasiga ko‘tarilgan evolyusiyasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy uyg‘onish davri koreys va o‘zbek hikoyalarida muallif estetik tafakkuri (Li Gvansu, Kim Donin, Fitrat va Cho‘lpon ijodi misolida) takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
XX asr birinchi yarmida koreys va o‘zbek adabiy jarayonlarida ma’rifatparvarlik hamda jadidchilik harakatlarining badiiy matnlarga g‘oyaviy-estetik ta’siri qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, ularning mushtarak va farqli jihatlari ilk bor aniqlanib, mazkur ilmiy yangilik va xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida koreys adabiyoti bo‘yicha o‘quv fanlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 28-iyundagi 1321/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy koreys hikoyachiligida qo‘llanilgan badiiy detal va ramzlar, oila, nikoh hamda qizlar taqdiri bilan bog‘liq masalalar o‘quv fanlari mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
Li Gvansu, Kim Donin hamda Fitrat, Cho‘lpon ijodi qiyoslanib, ularning estetik qarashlaridagi milliy o‘zlikni anglash, erk tuyg‘usi, ozod shaxs konsepsiyalari umumbashariy va milliy-mintaqaviy xususiyatlar nuqtai nazaridan tasniflangan hamda koreys va o‘zbek ma’rifatparvar-jadid hikoyachiligida an’anaviy tasvir usulidan voz kechib, ixcham kompozisiya, ichki monolog va psixologik tahlilga asoslangan yangi badiiy shakl hamda yangi tipdagi qahramon (ma’rifatparvar ziyoli, ruhiy iztirobdagi shaxs) yaratilishi asoslangan bo‘lib, tadqiqotda olingan ushbu ilmiy natijalardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutida koreys va o‘zbek adabiyotini qiyosiy o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 03-17-09-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, koreys adabiyotida davrning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarining badiiy aks etishi, o‘zbek jadid adabiyotida esa davr ruhini ifodalash tamoyillari bilan bog‘liq nazariy materiallar o‘quv fanlari mazmunini boyitgan;
Ikki adabiyotdagi ramz va detallarning badiiy-funksional vazifasi ochib berilib, ayol obrazining passiv qiyofadan faol, mustaqil qaror qabul qiluvchi yangi tipdagi obraz darajasiga ko‘tarilgan evolyusiyasi dalillangan bo‘lib, ushbu ilmiy xulosa va nazariy umumlashmalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oilaviy” telekanali muharririyati tomonidan tayyorlangan “Foreign language” nomli dastur ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy mazmuni boyitilib, milliy uyg‘onish davri koreys va o‘zbek adabiyotining etuk namunalari hamda mazkur adabiyotlarda ilgari surilgan ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va inson qadrini ulug‘lash g‘oyalari keng jamoatchilikka etkazilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oilaviy” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 30-apreldagi 04-25-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy jihatdan boyitilib, milliy uyg‘onish davri koreys va o‘zbek ijodkorlarining sara asarlari keng ommaga havola etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish