Murodova Ra’no Bo‘ronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish va pedagogik jarayonlarni tashkil etish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11256.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xazratov Fazliddin Xikmatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish asosida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish va pedagogik jarayonlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim sharoitida “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanini o‘qitish jarayoni mazmuni o‘quv kontentini shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallashtirish va adaptivlik tamoyillari asosida talabaning individual ta’lim ehtiyojlariga moslashtiruvchi “adaptiv ta’lim traektoriyasi” modelida kognitiv uslub (vizual, audio, kinestetik), o‘zlashtirish sur’ati va ruhiy-emotsional holatni SI yordamida real vaqt rejimida diagnostika qilish orqali aniqlashtirilgan;
sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari “talaba – SI – pedagog” uchligida adaptiv metodik ko‘mak, tezkor teskari aloqa va pedagogik nazorat funksiyalarini differensial taqsimlash, talabaning individual o‘quv ehtiyojlariga muvofiq o‘zaro ta’sir jarayonlarini uzviy tashkil etuvchi tashkiliy-metodik bosqichlarni integratsiyalash asosida kengaytirilgan;
masofaviy ta’limda talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanining mazmuniy-didaktik xususiyatlariga muvofiq, sun’iy intellekt yordamida talabaning “raqamli izi”dan olingan o‘quv faolligi, topshiriqlarni bajarish dinamikasi, xatolar takroriyligi va o‘zlashtirish sur’atini diagnostik indikatorlarga transformatsiya qilish, ularning individual rivojlanish dinamikasini adaptiv baholash hamda natijalarga ko‘ra ta’lim traektoriyasini avtomatik korreksiyalash mexanizmlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etish metodikasi “Adaptiv generativ topshiriqlar sikli” asosida talabaning o‘zlashtirish natijalariga muvofiq keyslar, testlar va virtual laboratoriya ssenariylarining murakkablik darajasini dinamik differensiallashtirish, generativ modellar yordamida individual topshiriqlarni shakllantirish, bajarilgan ishlarni mezonli dastlabki baholash, pedagogik verifikatsiya va korreksiyadan so‘ng navbatdagi topshiriq parametrlarini adaptiv qayta belgilash bosqichlarini uzviy integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish asosida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish va pedagogik jarayonlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy ta’lim sharoitida “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanini o‘qitish jarayoni mazmuni o‘quv kontentini shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallashtirish va adaptivlik tamoyillari asosida talabaning individual ta’lim ehtiyojlariga moslashtiruvchi “adaptiv ta’lim traektoriyasi” modelida kognitiv uslub (vizual, audio, kinestetik), o‘zlashtirish sur’ati va ruhiy-emotsional holatni SI yordamida real vaqt rejimida diagnostika qilish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarining 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar» nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Buxoro davlat universiteti rektorining 2026-yil 3-iyundagi 414-U-son buyrug‘i, Guvohnoma №414-27). Natijada, talabalarning algoritmik tafakkuri, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va fan bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshirildi, o‘quv materiallarini individuallashtirilgan tarzda o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirildi hamda «Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar» fanini masofaviy ta’lim sharoitida o‘qitish sifati yaxshilanishiga erishilgan;
sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari “talaba – SI – pedagog” uchligida adaptiv metodik ko‘mak, tezkor teskari aloqa va pedagogik nazorat funksiyalarini differensial taqsimlash, talabaning individual o‘quv ehtiyojlariga muvofiq o‘zaro ta’sir jarayonlarini uzviy tashkil etuvchi tashkiliy-metodik bosqichlarni integratsiyalash asosida kengaytirilgan takliflardan «Robokit» MChJ da bajarilgan «STEM yo‘nalishida arduino bazasiga asoslangan DIY (do it yourself) konstruktorlarini yaratish hamda ularni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish» Startup loyihasida foydalanilgan («Robokit» MChJning 2025-yil 26-iyuldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning STEM yo‘nalishidagi amaliy-topshiriqlarni bajarish faolligi, mustaqil ta’lim kompetensiyasi va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari oshishiga, murakkab mavzularni o‘rganishda individual yondashuv va tezkor teskari aloqa mexanizmlarining takomillashishiga erishilgan;
masofaviy ta’limda talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanining mazmuniy-didaktik xususiyatlariga muvofiq, sun’iy intellekt yordamida talabaning “raqamli izi”dan olingan o‘quv faolligi, topshiriqlarni bajarish dinamikasi, xatolar takroriyligi va o‘zlashtirish sur’atini diagnostik indikatorlarga transformatsiya qilish, ularning individual rivojlanish dinamikasini adaptiv baholash hamda natijalarga ko‘ra ta’lim traektoriyasini avtomatik korreksiyalash mexanizmlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan tavsiyalar asosida chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar va xulosalardan 60610500 – Sun’iy intellekt va 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun «Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 11-iyundagi 02/01-01-524-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar» fanini o‘qitishda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning adaptiv mezonlari amaliyotga joriy etilgan, o‘quv jarayonini individuallashtirish hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish imkoniyatlari kengaygan;
sun’iy intellekt vositasida masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etish metodikasi “Adaptiv generativ topshiriqlar sikli” asosida talabaning o‘zlashtirish natijalariga muvofiq keyslar, testlar va virtual laboratoriya ssenariylarining murakkablik darajasini dinamik differensiallashtirish, generativ modellar yordamida individual topshiriqlarni shakllantirish, bajarilgan ishlarni mezonli dastlabki baholash, pedagogik verifikatsiya va korreksiyadan so‘ng navbatdagi topshiriq parametrlarini adaptiv qayta belgilash bosqichlarini uzviy integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar 60610500 – Sun’iy intellekt va 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun «Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 11-iyundagi 02/01-01-524-son). Natijada, o‘quv topshiriqlarini yaratish va baholash jarayonlarini avtomatlashtirish, talabalarning individual ta’lim ehtiyojlariga mos adaptiv o‘quv muhitini shakllantirish hamda fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.