Kamalova Dilobar Tairovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12030.
Ilmiy rahbar: Homidov Husniddin Ko‘paysinovich , pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jabborova Saodat Zoirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning ichki qadriyatlari, kasbiy e’tiqodi, emotsional holati va tashqi pedagogik xulq-atvori o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan shaxsiy, ijtimoiy va predmetli kongruentlik darajalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda o‘zini anglash, refleksiya, empatik muloqot va kasbiy o‘zini baholash jarayonlarini integrativ tashkil etish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, kreativ va innovatsion pedagogika, pedagogik texnologiyalar hamda boshlang‘ich ta’lim metodikasi fanlarining mazmuniy-funksional integratsiyasini dialogik ta’lim muhiti, refleksiv muloqot, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, hamkorlikda o‘qitish va muammoli topshiriqlar bilan uzviy bog‘lash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish modeli maqsadga yo‘naltirilgan, mazmuniy-integrativ va natijaviy komponentlarning uzviyligini ta’minlash, pedagogik shart-sharoitlar, individual va guruhli ta’lim shakllari, interaktiv metodlar, multimedia va didaktik vositalar hamda gamifikatsiya, STEAM, differensial va individual ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash, rivojlanish natijalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida baholash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi ichki qadriyat – kasbiy pozisiya – emotsional barqarorlik – pedagogik xatti-harakat uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan loyihaviy, hamkorlikdagi, muammoli va refleksiv ta’lim texnologiyalarini real pedagogik vaziyatlar, keys-stadi, individual rivojlanish topshiriqlari va qayta aloqa (feedback) bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash hamda talabaning o‘z-o‘zini anglash, baholash, boshqarish va kasbiy refleksiya faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning ichki qadriyatlari, kasbiy e’tiqodi, emotsional holati va tashqi pedagogik xulq-atvori o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan shaxsiy, ijtimoiy va predmetli kongruentlik darajalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda o‘zini anglash, refleksiya, empatik muloqot va kasbiy o‘zini baholash jarayonlarini integrativ tashkil etish asosida aniqlashga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan  oliy ta’lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 30-apreldagi 02/01-01-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarida kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil etish dolzarb muammo ekanligini asoslash imkoniyati yaratilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, kreativ va innovatsion pedagogika, pedagogik texnologiyalar hamda boshlang‘ich ta’lim metodikasi fanlarining mazmuniy-funksional integratsiyasini dialogik ta’lim muhiti, refleksiv muloqot, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, hamkorlikda o‘qitish va muammoli topshiriqlar bilan uzviy bog‘lash orqali takomillashtirishga doir takliflardan Erasmus dasturi doirasida “Markaziy Osiyoda “Big Data Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilsh va kurslarni ishlab chiqish” loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2026-yil 26-martdagi 01/04-89-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish modeli maqsadga yo‘naltirilgan, mazmuniy-integrativ va natijaviy komponentlarning uzviyligini ta’minlash, pedagogik shart-sharoitlar, individual va guruhli ta’lim shakllari, interaktiv metodlar, multimedia va didaktik vositalar hamda gamifikatsiya, STEAM, differensial va individual ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash, rivojlanish natijalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida baholash orqali takomillashtirilgan tavsiyalar “Xalqaro baholash dasturlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 24-iyundagi 1481-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ yondashuv asosida kongruentlik kompetensiyasi rivojlantirishining texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi ichki qadriyat – kasbiy pozisiya – emotsional barqarorlik – pedagogik xatti-harakat uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan loyihaviy, hamkorlikdagi, muammoli va refleksiv ta’lim texnologiyalarini real pedagogik vaziyatlar, keys-stadi, individual rivojlanish topshiriqlari va qayta aloqa (feedback) bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash hamda talabaning o‘z-o‘zini anglash, baholash, boshqarish va kasbiy refleksiya faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida aniq va tabiiy fanlarni integratsiyalash metodikasi” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (Shahrisabz davlat pedagogika instituti Kengashining 2026-yil  29-yanvardagi 06-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan). Natijada, talabalarda kongruentlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish